Mudofaa va
xavfsizlikni
ta'minlashda
Qurolli
Kuchlarning
o'rni
Konstitutsiyaning 125-moddasida: "O'zbekiston
Respublikasi Qurolli Kuchlari O'zbekiston
Respublikasining davlat suvereni- tetini va hududiy
yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsiz- ligini
himoya qilish uchun tuziladi", - deb qayd qilingan. Bu
bilan nima uchun qurolli kuchlarni tashkil qilish kerakligi
va ularning vazifasi aniq belgilangan. Demak, Qurolli
Kuchlarning Konstitu- tsiyaviy vazifasi:
- davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini;
- aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilishdir.
U shu maqsadda tuziladi.
Bundan tashqari, Konstitutsiyaga asosan qabul
qilingan "Mu- dofaa to'g'risida"gi Qonunda Qurolli
Kuchlarga urushlar va qurolli mojarolarni qaytarish
hamda oldini olish vazifasi ham yuklatilgan.
Qurolli
Kuchlarning
tuzilishi va
Qurolli
Kuchlar- ni
boshqarish
Konstitutsiyaning 126-moddasida: "O'zbekiston Respublikasio'z
xavfsizligini ta'minlashuchun yetarli darjada Qurolli Kuchlari- ga
ega", deb belgilangan.
"Mamlakatimiz sarhadlarining daxlsizligi va hududiy yaxlitli- gini
saqlash, el-yurtimizning osuda hayotini ishonchli himoya qi- lishga
qodir, zamonaviy qurol-aslaha va texnika bilan ta'minlangan,
yaxshi tayyorlangan va bugungi kun talablariga to'liq javob be-
radigan, son jihatidan ixcham va harakatchan Qurolli Kuchlarni
vujudga keltirish O'zbekistonimizning buyuk kelajagini barpo etish
yo'lidagi eng muhim vazifalarimizdan biridir", - deb bu masalaning
mohiyatini ko'rsatib bergan edi Prezidentimiz.
O'zbekistonda hozirgi kunda Qurolli Kuchlarning qat'iy tizi- mi
barpo etildi va u Konstitutsiyaning 126-moddasida belgilangan
darajaga mos keladi.
Qurolli Kuchlar o'z ichiga Mudofaa vazirligi va Chegara qo'shinlari
bo'linmalarining. Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsiz- lik
xizmatining maxsus qismlarini, shuningdek boshqa idoralar- ning
harbiy tuzilmalarini oladi. Ya'ni, yuqoridagi bo'linma va tu- zilmalar
birlashib, Qurolli Kuchlarni tashkil etadi.
|