94. S: Xalqaro voleybol federatsiyasi qachon tashkil topgan? J: Xalqaro voleybol federatsiyasi (FIVB) 1947 yili tashkil topgan.
95. S: Voleybol sport turi nechanchi yildan beri olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritilgan? J: Voleybol 1964 yildan beri olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritilgan.
96. S: Voleybolda (o‘g‘il bolalar 14 yoshgacha) setkaning balandligi qancha? J: 2 m 20 sm.
97. Voleybolda (qizlar 14 yoshgacha) setkaning balandligi qancha? J: 2 m 10 sm.
98. S: 16 yoshgacha o‘g‘illar va qizlar setkaning balandligi qancha? J: 2 m 352,2 sm.
99. 18 yosh va undan yuqori yoshdagilar uchun voleybol setkasining balandligi qancha? J: 2 m 43 sm.
100. S: Voleybol o‘yini necha partiyadan va necha hisobgacha o‘ynaladi? J: Umuman olganda voleybol o‘yini 25 hisobgacha taybrek usulida o‘ynaladi. Partiyalar soni 5 yoki 3 ta oxirgi partiyalarda 15 gacha o‘ynaladi.
101. S: Yugurib kelib, balandlikka sakrash yo‘lakchasi necha metrni tashkil etadi? J: 15 metrni. 102. S: Balandlikka sakrash plankasining og‘irligi qancha va u qanday o‘lchamga ega? J: Sakrash plankasi yo‘g‘onligi 3 sm, og‘irligi 2 kg planka uzunligi 366 smdan 402 smgacha bo‘ladi.
102. S: Uzunlikka sakrash brusogini o‘lchami haqida so‘zlab bering. J: Uzunlikka sakrash brusogini eni 20 sm, uzunligi 122 sm. 103. S: Uzunlikka sakrash chuqurchasini o‘lchami qancha? J: Uzunasi 6 m, eni 2 m 75 sm. Yugurish yo‘lakchasini eni 1 m 25 sm. Sakrash uchun 45 metr uzoqlikda yugurib kelish mumkin. 104. S: To‘siqlardan olib yugurishdagi to‘siqlarni o‘lchami haqida nima bilasiz? J: Erkaklar uchun to‘siqlarning balandligi 120 sm, uzunasi 70 sm yo‘g‘onligi 2 sm, og‘irligi 10 kg. Ayollar uchun to‘siqning balandligi 84 sm.
105. S: Yoshlar va qizlar necha sm balandlikdagi to‘siqlardan foydalanadilar? J: Yoshlar (o‘g‘il bolalar) 100 sm. Qizlar 76,2 sm.