85. S: “Boksyor”lar kiyimi haqida nima bilasiz?
J: Ularning kiyimi mayka, trusik hamda ustidan maxsus moslama kiyiladi. Ularning og‘zida “tishlari” ham bo‘ladi.
86. S: “Boks” sport turida qanday “snaryadlar” ishlatiladi?
J: Boksyorlar qopi, maxsus osma nok, maxsus trenajyorlar himoya maskasi, mashg‘ulotlar uchun alohida qo‘lqoplar, haqiqiy boks qo‘lqoplari.
87. S: Boks sport turida nechta guruhda musobaqalar olib boriladi?
J: To‘rttala guruh orasida olib boriladi. (10-12 yosh), (12-14 yosh), (14-16 yosh), (16-18 yosh), (18 yosh va undan ortiq).
88. S: Boksdagi vazn toifalari haqida so‘zlab bering.
J: 10-12 yosh – 32, 34, 36, 38, 40, 42, 44, 46, 48, 51, 54, 57, 60, 63, 66, 69 va 69 dan og‘ir. 12-14 yosh – 42, 45, 48, 51, 54, 57, 60, 63, 66, 69, 72, 75 va 75 dan og‘ir.
14-16 yosh va undan kattalar – 48, 51, 54, 57, 60, 63,5, 67, 71, 75, 81, 91 va undan ortiq.
89. S: “Boks” sport turidan III o‘smirlar darajasini olish uchun necha marta g‘olib chiqish mumkin?
J: III o‘smirlar darajasini olish uchun boksyor 6 marta ringda yangi ringga chiqqan o‘quvchilardan g‘olib chiqish lozim.
90. S: Yunon-rum kurashi haqida nima bilasiz?
J: Bizning eramizdan 3000 yil oldin ham bu kurash to‘g‘risida tarixiy manbalarda aks etgan. Bu kurash bizning “belbog‘lik” kurash sport turiga o‘xshab ketadi. Bunda kurashchi beldan tepasida kurashadi. O‘sha zamonlarda agar ayol bilan erkak bir-biridan ajraladigan bo‘lsa qozining amri bilan erkak kishini beligacha ko‘mib qo‘yishib, ayol bilan kurashtirishgan.
91. S: “Kurash” deb nimaga aytiladi?
J: Kurash deb ikki mard pahlavon yigitning maydondagi bellashuviga aytiladi.
92. S: “Erkin” kurash deganda nimani tushunasiz?
J: Erkin kurash musobaqasida kurashchilar oyoq va tananing belgilangan joylaridan ushlab (ustiboshidan ushlash mumkin emas) kurashishadi.
93. S: Voleybol o‘yini tarixi haqida so‘zlab bering.
J: Voleybol o‘yini 1895 yili Amerika qo‘shma shtatlarida tashkil topgan. Bu o‘yinni Massachusetes kolledj o‘qituvchisi Uilyam Morgan tomonidan topilgan.
Dostları ilə paylaş: |