Министерство здравоохранения республики узбекистан ташкентская медицинская академия


Fanlararo va fanlar ichidagi bog’liqliklar



Yüklə 367,5 Kb.
səhifə3/54
tarix01.03.2023
ölçüsü367,5 Kb.
#86071
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Endokrinologiya

5. Fanlararo va fanlar ichidagi bog’liqliklar
Bu mavzuni o’rgatish talabalarning 4 kursda endokrinologiya tsiklida olgan bilimlariga va boshqa poliuriya va polidisiya bilan kechuvchi kasalliklarni qiyosiy tashhisini o’tkazishda terapiyadan olgan bilimlariga tayaniladi.Mashg’ulot davomida olingan bilimlar 6 va 7 kurslarda terapiyada as qotadi.


6. Mashg’ulot mazmuni
6.1 Nazariy qism
Mashg’ulotning nazariy qismida navbat bilan qandli diabet,qandsiz diabet,Konn sindromida va feoxromotsitomadagi poliruriya va polidipsiyaning o’ziga hosligi ko’rib chiqiladi.
Ko’rib chiqiladigan savollar:
1. Osmosni boshqaruvchi sistema
2. Poliuriya sabablari
3. Qandsiz diabetdagi poliuriya va polidipsiyaning patogenezi
- qandsiz diabet tashxisi usullari va uning psixogen polidipsiya,enurez,pielo- va glomerulonefrit bilan qiyosiy tashxisi
- qandsiz diaetning boshqa shakllarining sabablari va davosi
4. Konn sindromida tungi poliuriyaning sabablari
- Konn sindromining enurez,diabetic nefropatiya bilan qiyosiy tashxisi
5. Giperparatireozda poliuriyaning sabablari
- дифференциальная диагностика с почечной формой несахарного диабета qandsiz diabetning buyrak shakli bilan qiyosiy tashxisi
- Konn sindromini tashxislash va davolash metodlari
6. Qandli diabetdagi poliuriya va polidipsiya patogenezi
- yaqqol va latent qandli diabet diagnostikasi
- uning psevdoglyukozouriya ,renal glyukozouriya va homiladorlikdagi diabet bilan qiyosiy tashxisi
- dandli diabetning og’irlik darajalri,kompensatsiya bosqichlari,asorati va profilaktikasi
- Homiladorlikdagi va yondosh kasalliklar bilan kechuvchi QD da bemorlar kasallikning kechishi va davosi
Qandli diabet (QD, diabetes mellitus) —Absolyut(1 tip) yoki nisbiy (II tip) insulin yetishmovchiligi oqibatida kelib chiqadigan sistemali geterogen kasallik bo’lib,avvaliga uglevodlar almashinuvi,keyinchalik esa hamma moddalar almashinuvi,ohir oqibat esa organizmning hamma sistemalari faoliyati ishdan chiqishiga olib keladi.QD-1 bila 20 yoshgacha bulgan aholining 0,25 % aziyat chekadi.Shularning 54% ni bolalar tashkil qiladi.Bu shakl o’smirlar diabeti yoki insulinga bog’liq QD(IBQD).”insulinga bog’liqlik” tushunchasi “insulinterapiya” tushunchasi bilan ekvvalent emas,balki ubu tushuncha bemorlarga insulin hayotiy muhim ekanligini anglatadi. QD-II kategoriali bemorlarga uzoq yillar moaynida qond miqdorni kamaytiruvchi preparatlar buyuriladi va qachonki d-hujayralar holdan toyib absolyut insulin yetishmovchiligi rivojlangandan so’ng ularga insulin buyuriladi.QD-II ---QD ning ko’p uchraydigan turi bolib,nasliy moyillikka va turmush tarziga bog’liq.QD II katta oshlilar diabeti.yoki insulinga bog’liq bo’lmagan diabet deb ham yuritiladi.

Yüklə 367,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin