Министрество высшего и среднего образования республики узбекистана



Yüklə 290,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix25.12.2023
ölçüsü290,69 Kb.
#194611
  1   2   3   4   5   6   7   8
siroj3333



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI 
 
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI 
 
 
 
__
 
5A140301-MEXANIKA VA MATEMATIK MODELLASHTIRISH 
 
MAGISTRATURA MUTAXASSISLIGIGA 
KIRISH SINOVLARI UCHUN 
MAXSUS FANLARDAN 
 
DASTUR VA BAHOLASH MEZONI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Samarqand - 2021 



Annotatsiya 
 
Dastur 5A140301 - Mexanika va matematik modellashtirish magistratura 
mutaxassisligiga kiruvchilar uchun 5140300 - Mexanika ta’lim yo‘nalishining 
2017/2018 o‘quv yilida tasdiqlangan o‘quv rejasidagi asosiy fanlar asosida 
tuzilgan. 
TUZUVCHI: 
 
Xudoynazarov X. – SamDU “Nazariy va amaliy mexanika” kafedrasi 
mudiri, t.f.d., professor. 
Dastur Matematika fakultetining 2021 yil 28 iyundagi 10-sonli Kengashi 
yig‘ilishida, Universitet Kengashining 2021 yil 30 iyundagi 11-son yig‘ilishida 
muxokama qilingan va tavsiya etilgan.. 



KIRISH 
 
5140300 – Mexanika bakalavariat ta’lim yo‘nalishi 
– 
ilm-fan va texnika 
sohasining tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘lib, u inson faoliyatida tabiat jarayonlarini, 
hodisalar qonuniyatlarini matematik modellarini yaratish yo‘li bilan o‘rganish va 
soha istiqbolini belgilash, kasbiy ko‘nikma va inson faoliyatining bilim vositalari va 
uslublari majmuasini o‘z ichiga oladi. SHuningdek, texnika taraqqiyotida 
qo‘llaniladigan vositalar va usullar majmualarini yaratish ham kiradi. 
5140300 – Mexanika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning kasbiy 
faoliyati quyidagilarni qamrab oladi: kasblar va lavozimlar milliy klassifikatoriga 
muvofiq oliy ma’lumotli shaxs egallashi lozim bo‘lgan lavozimlar bo‘yicha 
faoliyat ko‘rsatadi;tabiat hodisalarini mexanik nuqtai- nazardan o‘rganish 
usullarini tadqiqot qilajdi; mexanik jarayonlarni matematik modellarini yaratadi
tahlil qiladi; qattiq jism, suyuqlik va gazlarda kechadigan ichki jarayonlarni 
mexanik modellar yordamida o‘rganadi; muhandislik masalalarining matematik 
ta’minotini ishlab chiqish, algoritmlarini qurish, echimlarini olish va ularni 
mexanik nuqtai– nazardan tahlil etadi; ilmiy, amaliy tadqiqotlar olib boradi, tajriba 
natijalarini tahlil qiladi; ilmiy muammolarni echishda tizimli yondoshishdan 
foydalanib tadqiqotlarning yangi usullarini ishlab chiqadi va hayotga tadbiq etishda 
qatnashadi; internet tarmog‘ida eng yangi ilmiy ma’lumotlarni maqsadga 
yo‘nalgan holda qidirish va topish qobiliyatiga ega bo‘ladi; ishlab chiqarish 
jarayonlari va ularning resurslarini rejalashtiradi, bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavf-
xatarlarni tahlil qiladi, loyiha jamoasini boshqarish;ilmiy tadqiqot korxonalari 
faoliyatining sifatini boshqarish jarayonlarini ishlab chiqadi va tatbiq 
qiladi;zamonaviy axborot texnologiyalari tizimlarini qo‘llash va ularning 
mexanizmlarini ishlab chiqadi. 
5140300 – Mexanika ta’lim yo‘nalishi negizidagi 5A140301 - Mexanika va 
matematik modellashtirish magistratura mutaxassisligiga kiruvchi talabalar uchun 
ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasiga asosan 2 ta ixtisoslik fanlari bo‘yicha: “Analitik 
mexanika”, “Gidrodinamika” va 5 ta umumkasbiy fanlar bo‘yicha: “Nazariy 
mexanika”, “Tutash muhitlar mexanikasi asoslari”, “Materiallar qarshiligi”, 
“Suyuqlik va gaz mexanikasi asoslari”, “Oddiy differensial tenglamalar” test 
savollari shakllantirilgan. Bu fanlar o‘z negizida qamrab olingan ma’lumotlar 
quyida batafsil keltirilgan. 

Yüklə 290,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin