2
Annotatsiya
Dastur 5A140301 - Mexanika va matematik modellashtirish magistratura
mutaxassisligiga kiruvchilar uchun 5140300 - Mexanika ta’lim yo‘nalishining
2017/2018 o‘quv yilida tasdiqlangan o‘quv rejasidagi asosiy fanlar asosida
tuzilgan.
TUZUVCHI:
Xudoynazarov X. – SamDU “Nazariy va amaliy mexanika” kafedrasi
mudiri, t.f.d., professor.
Dastur Matematika fakultetining 2021 yil 28 iyundagi 10-sonli
Kengashi
yig‘ilishida, Universitet Kengashining 2021 yil 30 iyundagi 11-son yig‘ilishida
muxokama qilingan va tavsiya etilgan..
3
KIRISH
5140300 – Mexanika bakalavariat ta’lim yo‘nalishi
–
ilm-fan va texnika
sohasining tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘lib, u inson faoliyatida tabiat jarayonlarini,
hodisalar qonuniyatlarini matematik modellarini yaratish yo‘li bilan o‘rganish va
soha istiqbolini belgilash, kasbiy ko‘nikma va inson faoliyatining bilim vositalari va
uslublari majmuasini o‘z ichiga oladi. SHuningdek,
texnika taraqqiyotida
qo‘llaniladigan vositalar va usullar majmualarini yaratish ham kiradi.
5140300 – Mexanika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning kasbiy
faoliyati quyidagilarni qamrab oladi: kasblar va lavozimlar milliy klassifikatoriga
muvofiq oliy ma’lumotli shaxs egallashi lozim bo‘lgan lavozimlar bo‘yicha
faoliyat ko‘rsatadi;tabiat hodisalarini mexanik nuqtai- nazardan o‘rganish
usullarini tadqiqot qilajdi; mexanik jarayonlarni
matematik modellarini yaratadi,
tahlil qiladi; qattiq jism, suyuqlik va gazlarda kechadigan ichki jarayonlarni
mexanik modellar yordamida o‘rganadi; muhandislik masalalarining matematik
ta’minotini
ishlab chiqish, algoritmlarini qurish, echimlarini olish va ularni
mexanik nuqtai– nazardan tahlil etadi; ilmiy, amaliy tadqiqotlar olib boradi, tajriba
natijalarini tahlil qiladi; ilmiy muammolarni echishda
tizimli yondoshishdan
foydalanib tadqiqotlarning yangi usullarini ishlab chiqadi va hayotga tadbiq etishda
qatnashadi; internet tarmog‘ida eng yangi ilmiy ma’lumotlarni maqsadga
yo‘nalgan holda qidirish va topish qobiliyatiga ega bo‘ladi; ishlab chiqarish
jarayonlari va ularning resurslarini rejalashtiradi, bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavf-
xatarlarni
tahlil qiladi, loyiha jamoasini boshqarish;ilmiy tadqiqot korxonalari
faoliyatining sifatini boshqarish jarayonlarini ishlab chiqadi va tatbiq
qiladi;zamonaviy axborot texnologiyalari tizimlarini qo‘llash
va ularning
mexanizmlarini ishlab chiqadi.
5140300 – Mexanika ta’lim yo‘nalishi negizidagi 5A140301 - Mexanika va
matematik modellashtirish magistratura mutaxassisligiga kiruvchi talabalar uchun
ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasiga asosan 2 ta ixtisoslik fanlari bo‘yicha: “Analitik
mexanika”, “Gidrodinamika” va 5 ta umumkasbiy fanlar bo‘yicha: “Nazariy
mexanika”, “Tutash muhitlar mexanikasi asoslari”, “Materiallar qarshiligi”,
“Suyuqlik va gaz mexanikasi asoslari”, “Oddiy differensial tenglamalar” test
savollari shakllantirilgan. Bu fanlar o‘z negizida qamrab olingan ma’lumotlar
quyida batafsil keltirilgan.