МИНТАҚАВИ ИҚТИСОДИЁТ ФАНИДАН МУСТАҚИЛ ТАЬЛИМ ИШИ 1-ТОПШИРИҚ 2022 — 2026 йилларга мўлжалланган янги Ўзбекистоннинг Тараққиёт Стратегиясининг МИЛЛИЙ ИҚТИСОДИЁТНИ ЖАДАЛ РИВОЖЛАНТИРИШ ВА ЮҚОРИ ЎСИШ СУРЪАТЛАРИНИ ТАЪМИНЛАШ бўлимидаги мақсадларни ёритинг. 2- ТОПШИРИҚ САВОЛЛАР Транспорт ва ахборот коммуникация инфратузилмасининг минтақавий ривожланиш хусусиятлари
Ишлаб чиқарувчи кучларни жойлаштириш қонуниятлари ва тамойиллари
3- ТОПШИРИҚ Фаргона вилоятида тўқимачилик саноатини ривожлантириш бўйича SWOT таҳлилини амалга оширинг ва таҳлил натижасига кўра шарх ёзинг.
1-Topshiriq III. MILLIY IQTISODIYOTNI JADAL RIVOJLANTIRISh VA YUQORI O‘SISH SUR’ATLARINI TA’MINLASH 21-maqsad: Iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni — 1,6 baravar va 2030-yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming AQSh dollaridan oshirish hamda “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirish uchun zamin yaratish.
Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va yillik inflatsiya darajasini 2023-yilgacha bosqichma-bosqich 5 foizgacha pasaytirish.
Davlat budjeti taqchilligini qisqartirish va 2023-yildan yalpi ichki mahsulotga nisbatan uning 3 foizdan oshib ketmasligini ta’minlash.
Har bir tuman budjetining kamida 5 foizini “Fuqarolar budjeti” dasturi doirasida aholining takliflari asosida eng dolzarb muammolarni yechishga sarflashni tashkil qilish.
Davlat qarzini boshqarishda yiliga yangi jalb qilingan tashqi qarz miqdori 4,5 milliard AQSh dollaridan oshib ketmasligini ta’minlash.
22-maqsad: Milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash va yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushini oshirishga qaratilgan sanoat siyosatini davom ettirib, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 1,4 baravarga oshirish.
Sanoatning yetakchi tarmoqlari va iqtisodiyotni yanada liberallashtirish hamda transformatsiya jarayonlarini yakunlash.
Energiya resurslari va tabiiy gaz bozorlarini ijtimoiy himoya kafolatlarini belgilagan holda erkinlashtirib, sohaga xususiy investitsiyalarni keng jalb qilish hamda ehtiyojmand aholini himoya qilish uchun ijtimoiy iste’mol normalarini kiritish.
Iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga neft-gaz mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash.
Mis sanoati klasterini tashkil etish orqali mis va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 2 baravar ko‘paytirish hamda 8 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqarish uchun asos yaratish.
Kimyo va gaz-kimyosi sohalarini rivojlantirish va tabiiy gazni qayta ishlash darajasini 8 foizdan 20 foizga yetkazish orqali kimyo sanoatida 2 milliard AQSh dollariga teng mahsulot ishlab chiqarish.
Avtomobil sanoatida kooperatsiyani yanada rivojlantirish orqali ishlab chiqarish hajmini 1,4 baravarga, eksport hajmini 2 baravarga ko‘paytirish va mahalliylashtirish darajasini oshirish. Chirchiq shahrida qishloq xo‘jaligi mashinasozligi ishlab chiqarishini yagona sanoat klasteri usulida tashkil etish.
Qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga ko‘paytirish.
To‘qimachilik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga ko‘paytirish.
Charm-poyabzal sohasini rivojlantirish orqali ishlab chiqarish hajmini 3 baravarga ko‘paytirish.
Farmatsevtika sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 3 baravar ko‘paytirish va mahalliy bozorni ta’minlash darajasini 80 foizga yetkazish.
Elektrotexnika sanoatida yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga va eksportini 3 baravarga oshirish.
Mebel mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2,8 baravarga ko‘paytirish.
Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish dasturini amalga oshirish.
Yirik sanoat tarmoqlari va hududiy korxonalar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish.
Sanoat tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish dasturlarini keng joriy qilish.
23-maqsad: Geologiya-qidiruv ishlari hajmini keskin oshirish, sohaga xususiy investorlar va ilg‘or xorijiy kompaniyalarni keng jalb qilish.
Istiqbolli maydonlarda geologiya-qidiruv va konlarda qazib olish ishlariga shaffof mexanizmlar asosida mahalliy va xorijiy investorlarni keng jalb qilish.
Iqtisodiyot uchun zarur mineral xomashyo bazasini kengaytirish.
Uglevodorod xomashyosi mavjud konlar, geologiya-qidiruv maydon va strukturalarini tahlil qilgan holda ularga shaffof mexanizmlar asosida investorlarni jalb qilish orqali qazib chiqarish hajmlarini oshirish.
Geologiya sohasida zamonaviy ta’lim standartlarini keng joriy etgan holda malakali kadrlarni tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish hamda ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish.
24-maqsad: Iqtisodiyotni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash hamda “Yashil iqtisodiyot” texnologiyalarini barcha sohalarga faol joriy etish, iqtisodiyotning energiya samaradorligini 20 foizga oshirish.
2026-yilga kelib elektr energiyasi ishlab chiqarish ko‘rsatkichini qo‘shimcha 30 milliard kVt.soatga oshirib, jami 100 milliard kVt.soatga yetkazish.
2026-yilga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 25 foizga yetkazish evaziga yiliga qariyb 3 milliard kub metr tabiiy gazni tejash.
O‘zbekiston energetika tizimining qo‘shni davlatlar energetika tizimlari bilan barqaror ishlashini ta’minlash.
Sanoat tarmoqlarida yo‘qotishlarni kamaytirish va resurslarni ishlatish samaradorligini oshirish.
Uy-joy-kommunal xo‘jaligi, ijtimoiy soha obyektlari va boshqa sohalarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish va energiya samaradorligini oshirish.
Elektromobillar ishlab chiqarish va ulardan foydalanish bo‘yicha choralarni ko‘rish.
Iqtisodiyot tarmoqlarining havoga chiqaradigan zararli gazlar hajmini bir birlik Yalpi ichki mahsulot hisobida 10 foizga qisqartirish.
25-maqsad: Raqamli iqtisodiyotni asosiy “drayver” sohaga aylantirib, uning hajmini kamida 2,5 baravar oshirishga qaratilgan ishlarni olib borish.
Raqamli infratuzilmani yanada rivojlantirish orqali barcha aholi maskanlarini va ijtimoiy obyektlarni hamda magistral avtomobil yo‘llarini keng polosali ulanish tarmoqlari bilan qamrab olish.
Iqtisodiyotning real sektorida hamda moliya va bank sohalarida ishlab chiqarish va operatsion jarayonlarni raqamlashtirish darajasini 2026-yil yakuniga qadar 70 foizgacha oshirish.
Dasturiy mahsulotlar industriyasi hajmini 5 baravar, ularning eksportini esa 10 baravar oshirib, 500 million AQSh dollariga yetkazish.
26-maqsad: Mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash va uning jozibadorligini oshirish, kelgusi besh yilda 120 milliard AQSh dollari, jumladan 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalarni jalb etish choralarini ko‘rish.
Investitsiyalardan samarali foydalanish hamda eksport hajmlarini oshirish bo‘yicha, “pastdan-yuqoriga” tamoyili asosida, yangi tizimni yo‘lga qo‘yish.
2026-yilgacha Xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish strategiyasini amalga oshirish.
Davlat-xususiy sheriklik asosida energetika, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ekologiya, kommunal xizmatlar, suv xo‘jaligi va boshqa sohalarga 14 milliard AQSh dollarga teng investitsiya jalb etish.
Respublika hududlari va xorijiy mamlakatlar biznes vakillari o‘rtasida tashqi iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish, jumladan Sirdaryo viloyatining Xitoy Xalq Respublikasi, Surxondaryo viloyatining Rossiya Federatsiyasi hamda Jizzax viloyatining Hindiston biznes doiralari bilan investitsiya va tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish.
Surxondaryo viloyatida “Investorlarga ko‘mak markazi”, Navoiy viloyatida Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan “Biznesga ko‘maklashish markazi” va Toshkent shahrida “Ilg‘or loyihalar va injiniring markazi” va har bir tumanda “Innovatsiya va texnologiya markazlari” tashkil qilib, tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatish.
Toshkent shahrida har yili “Toshkent xalqaro investitsiya forumi”ni o‘tkazib borish.
27-maqsad: Iqtisodiyotda moliyaviy resurslarni ko‘paytirish maqsadida, kelgusi 5 yilda fond bozori aylanmasini 200 million AQSh dollaridan 7 milliard AQSh dollariga yetkazish.
Mamlakatimizda kapital harakatini bosqichma-bosqich erkinlashtirish hamda yirik korxonalarni va ulardagi ulushlarni (aksiyalarni), shu jumladan fond birjasi orqali xususiylashtirish.
Davlat ulushiga ega tijorat banklarida transformatsiya jarayonlarini yakunlab, 2026-yil yakuniga qadar bank aktivlarida xususiy sektor ulushini 60 foizgacha yetkazish.
28-maqsad: Respublikaning eksport salohiyatini oshirish orqali 2026-yilda respublika eksport hajmlarini 30 milliard AQSh dollariga yetkazish.
Eksportchi korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini faol davom ettirish orqali respublika eksport salohiyatini oshirish.
Mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solgan holda mahalliy sanoat tarmoqlari eksport salohiyatini yanada rivojlantirish.
Tashqi bozor va xalqaro talablarga javob beradigan standartlarni joriy etish va mashhur brendlarni jalb qilish.
Xususiy sektorning eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish.
Avtotransport vositalari eksportini 3 baravarga oshirish va 1 milliard AQSh dollariga yetkazish.
Turizm, transport, axborot-kommunikatsiya, jumladan dasturiy ta’minotlar va boshqa xizmatlar eksportini 1,7 baravarga oshirish yoki 4,3 milliard AQSh dollariga yetkazish.
Eksportchi korxonalarga ko‘rsatilayotgan tashkiliy va moliyaviy yordam berish tizimini takomillashtirish.
Eksport tarkibida tayyor va yarim tayyor mahsulotlar hajmini 3,3 baravar ko‘paytirib, Yevropa davlatlariga GSP+ tizimi doirasida tayyor mahsulotlar eksportini kengaytirish.
Mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xorijiy davlatlarga chiqarishda ko‘maklashish tizimini takomillashtirish hisobiga eksportchi korxonalar sonini hozirgi 6 500 tadan 15 000 taga, tovarlarning eksport geografiyasini 115 tadan 150 taga yetkazish.
“Yangi O‘zbekiston — raqobatbardosh mahsulotlar yurti” g‘oyasi asosida 200 ta eksportchini ochiq tanlov asosida saralab, ularni yetakchi eksportyorlarga aylantirish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash.
Qo‘shni davlatlar bilan chegara hududlarda erkin savdo zonalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
29-maqsad: Tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va doimiy daromad manbalarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish, xususiy sektorning Yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 foizga va eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish.
Har yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan “Ochiq muloqoti”ni o‘tkazish.
Hududlarda 200 ta yangi sanoat zonalarini tashkil etish va biznes-inkubatorlar tizimini rivojlantirish. Sharoiti og‘ir bo‘lgan tumanlarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish.
Ilg‘or xorijiy tajriba asosida faktoring amaliyotini rivojlantirish.
2026-yilga borib tadbirkorlik subyektlariga soliq yuklamasini yalpi ichki mahsulotning 27,5 foizidan 25 foizi darajasiga kamaytirish.
Hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mavjud tuzilmalar faoliyatini takomillashtirish.
Tadbirkorlik subyektlari o‘z faoliyatini boshlashi uchun zarur ma’lumotlarni erkin foydalanishga chiqarish. Qurilish faoliyatida qurilish nuqsonlari yoki muammolarining oldini olish.
Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektorga keng yo‘l ochish. Iqtisodiy munosabatlarda erkin bozor tamoyillarini joriy etishni kengaytirish.
30-maqsad: Qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq xo‘jaligining yillik o‘sishini kamida 5 foizga yetkazish.
Tumanlarni aniq mahsulot turini yetishtirishga ixtisoslashtirish.
Qishloq xo‘jaligida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish va sug‘urtalashning yangi mexanizmlarini amalga oshirish.
Yangi va foydalanishdan chiqqan 464 ming gektar maydonni o‘zlashtirish va klasterlarga ochiq tanlov asosida ajratish. 200 ming gektar paxta va g‘alla maydonlarini qisqartirish hamda aholiga ochiq tanlov asosida uzoq muddatli ijaraga berish.
Eksportbop mahsulotlar yetishtirish hamda meva-sabzavotchilikni rivojlantirish, intensiv bog‘lar maydonini 3 baravar va issiqxonalarni 2 baravar ko‘paytirib, eksport salohiyatini yana 1 milliard AQSh dollariga oshirish.
Tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilish.
Ilm-fan va innovatsiyaga asoslangan agroxizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish. Agrosanoat korxonalarini xomashyo bilan ta’minlash va ishlab chiqarish hajmini 1,5 baravar oshirish.
Agrologistika markazlarini rivojlantirish va zamonaviy laboratoriyalar sonini ko‘paytirish. Urug‘chilik va ko‘chat yetishtirish bo‘yicha milliy dasturni amalga oshirish.
Aholi tomonidan tomorqalardan samarali foydalanilishi uchun sharoitlar yaratish.
31-maqsad: Suv resurslarini boshqarish tizimini tubdan isloh qilish va suvni iqtisod qilish bo‘yicha alohida davlat dasturini amalga oshirish.
Suv resurslaridan samarali foydalanish hisobiga kamida 7 milliard kub metr suvni iqtisod qilish.
Suv xo‘jaligi obyektlarida elektr energiyasi iste’molini kamaytirish.
Suv xo‘jaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida boshqarish.
32-maqsad: Chorvachilik ozuqa bazasini kengaytirish va ishlab chiqarish hajmini 1,5 — 2 baravar ko‘paytirish.
Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini 1,5 — 2 barobarga oshirish.
Chorvachilik ozuqa bazasini mustahkamlash.
33-maqsad: Hududlarni mutanosib rivojlantirish orqali hududiy iqtisodiyotni 1,4 — 1,6 baravarga oshirish.
14 ta hudud bo‘yicha tuman va shaharlar kesimida ishlab chiqilgan besh yillik hududiy dasturlarni amalga oshirish. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish reyting ko‘rsatkichlari “qoniqarsiz” bo‘lgan shahar va tumanlar bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Hududlarda aholining yashash sharoitini yaxshilash uchun urbanizatsiya siyosatini yanada takomillashtirish. Samarqand va Namangan shaharlarini istiqbolda “millionlik shaharlar”ga aylantirish bo‘yicha choralar ko‘rish. 450 ming aholiga mo‘ljallangan Yangi Andijon shahrining dastlabki bir nechta mavzelarini qurib, foydalanishga topshirish. Qashqadaryo viloyatining urbanizatsiya darajasini 50 foizga yetkazish.
Shaharlardagi aholining turmush tarzi qulayligini baholovchi “Shaharlar qulayligi” indeksini joriy etish.
Shaharlarni raqamlashtirish, qurilish va loyihalashtirish ishlari sifatini oshirish va “Aqlli shahar” konsepsiyasiga muvofiq rivojlantirish.
Toshkent shahrida barpo etilgan “INNO” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkini 4 ta hududda tashkil etish. Innovatsion hududga aylantirilayotgan tumanlarda yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyalarini o‘zlashtirish.
Oliy ta’lim muassasalarida arxitektura-qurilish sohasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish.
Qurilish sohasini texnik tartibga solish. Aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tizimini tubdan takomillashtirish va shaharsozlik hujjatlari bilan ta’minlash dasturini ishlab chiqib, amalga oshirish.
Aholini joylashtirishning bosh sxemasini ishlab chiqish. Renovatsiya va uy-joylar dasturlari asosida shaharlarda eskirgan uylar o‘rniga 19 million kvadrat metrdan ortiq zamonaviy uy-joylarni barpo etish, 275 mingdan ziyod oilaning yangi massivlarga ko‘chib o‘tishi uchun sharoit yaratish.
34-maqsad: Hududlarning muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma tizimini hamda xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini rivojlantirish.
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida hududlarning “o‘sish nuqtalari”dan kelib chiqib, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurishga alohida e’tibor qaratish.
Respublika hududlarida qariyb 80 ming kilometr magistral va taqsimlovchi elektr tarmoqlari, 20 mingdan ortiq transformator punktlari hamda 200 dan ziyod podstansiyani qurish va yangilash.
Respublika aholisining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini 87 foizga yetkazish, 32 ta yirik shaharlar va 155 ta tuman markazlarida oqova suv tizimlarini yangilash.
Suv ta’minoti quvurlaridagi suv sirqish nuqtalarini sun’iy yo‘ldosh texnologiyasi orqali masofadan zondlab aniqlash va ta’mirlashga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish.
Toshkent shahrida oqova suvini tozalash tizimini shahar hududidan tashqariga chiqarib, davlat-xususiy sheriklik asosida yangi inshootlarni barpo etish.
Hududlarda xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini rivojlantirish orqali keyingi 5 yilda xizmat ko‘rsatish hajmini 3 baravarga oshirish hamda ushbu yo‘nalishda jami 3,5 million yangi ish o‘rinlarini yaratish.
Shahar va tumanlar markazlarida aholining kundalik ehtiyoji yuqori bo‘lgan maishiy va kommunal xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha pullik santexnika, elektrik, uy jihozlarini ta’mirlash, keytering kabi xizmatlarni ko‘rsatish punktlarini rivojlantirish.
Respublika hududlarida savdo va yo‘lbo‘yi xizmatlarini rivojlantirish orqali 130 ta zamonaviy bozorlar va savdo komplekslari, shuningdek, yo‘lbo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha 65 ta yirik hamda 5000 ta kichik xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish.
Servis sohasida yashirin iqtisodiyot ulushini 3 baravarga qisqartirish. Xizmatlar sohasining jozibadorligini oshirish maqsadida sohadagi tadbirkorlik subyektlariga qo‘shimcha imtiyozlar taqdim etish.
35-maqsad: “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling” dasturi doirasida mahalliy sayyohlar sonini 12 million nafardan oshirish hamda respublikaga tashrif buyuradigan xorijiy turistlar sonini 9 million nafarga yetkazish.
To‘siqsiz turizm infratuzilmasini mamlakatning asosiy turizm shaharlarida keng joriy qilish. 2026-yilgacha turizm sohasida band bo‘lgan aholi sonini 2 baravar oshirib, 520 ming nafarga yetkazish.
Turizm va madaniy meros obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish hamda 8 mingdan ortiq madaniy meros obyektlaridan samarali foydalanish bo‘yicha davlat dasturini qabul qilish.
Zomin, Forish, Baxmal tumanlari va “Aydar-Arnasoy” ko‘llar tizimida qo‘shimcha turistik zonalar va dam olish maskanlarini barpo etish, 300 million AQSh dollariga teng loyihalarni amalga oshirish, 25 ming ish o‘rinini yaratish.
Samarqandni “Turizm darvozasi”ga aylantirish orqali kelgusi besh yilda turizm xizmatlari hajmini kamida 10 baravarga oshirish. Turizm sohasida 40 ming kishi bandligini ta’minlash. 2022-yilda “Abadiy shahar” tarixiy majmuasini o‘z ichiga olgan Samarqand turizm markazini va zaruriy infratuzilmani tashkil etish.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Orol bo‘yida ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha alohida dasturni amalga oshirish. Bunda, Mo‘ynoqning yangi aeroporti imkoniyatlaridan keng foydalanish.
Xorazm viloyatida turizm yangi ish o‘rinlarini yaratishda asosiy drayver soha bo‘lishi uchun alohida dastur qabul qilish.
Buxoro viloyatida turizmni jadal rivojlantirish bo‘yicha alohida dasturni amalga oshirish.
Navoiy viloyatida ziyorat va ekoturizm salohiyatidan samarali foydalanish.
Toshkent shahrida turizm infratuzilmasini yanada yaxshilash.
Toshkent viloyatida turizm salohiyatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish.
36-maqsad: Barcha transport turlarini uzviy bog‘lagan holda yagona transport tizimini rivojlantirish, yirik shaharlar o‘rtasida kunlik transport qatnovlari asosida manzilga yetib borish va qaytib kelish imkoniyatini yaratish.
Toshkent shahri va hududlarda jamoat transporti tizimini takomillashtirish va uning infratuzilmasini rivojlantirish.
Shaharlararo va shahar atrofi temir yo‘l qatnovlari jozibadorligini oshirish.
Transport va logistika xizmatlari bozori va infratuzilmasini rivojlantirish, temir yo‘l infratuzilmasini elektrlashtirish darajasini 60 foizga yetkazish va avtomobil yo‘llari tarmog‘ini jadal rivojlantirish.
Transport sohasida tashqi savdo uchun “yashil koridorlar” hamda tranzit imkoniyatlarini kengaytirish va tranzit yuk hajmini 15 million tonnaga yetkazish.