Mintakaviy ekologik muammolar



Yüklə 67,82 Kb.
tarix14.12.2023
ölçüsü67,82 Kb.
#176932
Mintakaviy ekologik muammolar


Mavzu: Global mintaqaviy mahalliy ekalogik muammolar
Reja:


1. Orol dengizi muammosi va uni kutkarish yullari.
2. Arnasoy kullaridagi muammolar.
3. Sarez kuli muammolari.

Orol dengizi muammosi va uni қutқarish yo`llari


Orol dengizi bundan 35 ming yil ilgari paydo bo`lib, suv xajmi jixatidan dunyodagi 4-o`rinda turadi. 1911-1960 yillar davomida Orol dengiziga xar yili o`rtacha 52 km2 suv қuyilib kelgan va uning satҳi muntazam ravishda 53 m mutlaқ balandlikda bo`lgan. Orol dengizining suv maydoni 66458 km2, suv xajmi 10226 mln m2, o`rtacha chuқurligi 16 m va eng chuқur joyi 68 m bo`lgan. Orol dengizida 300 tadan ortiқ kichik orolchalar bo`lgan va suvning sho`rlanish darajasi 10—11%ni tashkil etgan.
Ҳozir esa axvol umuman o`zgacha: Markaziy Osiyo mintaқasining ulkan suv xavzasi bo`lmish Orol dengiziga Amudaryo va Sirdaryodan oқib kelayotgan suvning xajmi va suv satҳining balandligini pasayib borishi 1961 yildan boshlab kuzatila boshlandi. Қuyidagi jadvalda orol dengizi suv rejimining yillar davomida o`zgarishlari ko`rsatilgan.
Shuni aloxida ta`kidlash kerakki, 1911-1960 yillar davomida dsngizga kelib қo`shiladigap suv miқdori bilan, uning suv sarfi deyarli teng bo`lgan. Ammo 1970—1989 yillar davomida ro`y bergan suv takchilligi tufayli bu mutanosiblik buzilgan. Aynan mana davrda Uzbekistonda suggoriladigan erlarning maydoni yiliga 100 ming gektarga kamayib borgan.
1990 yilga kelib Orol dengiziga kelib қo`shiladigan suvlarning mikdori 10 baravarga kamaydi, suv maydoni esa, 1,5 baravarga қiskardi. Agar 1994 yilda suv satxining balandligi 36,6 mni tashkil etgan bulsa, 1996 yilga kelib bu ko`rsatgich 36,6 m ni tashkil etgan.
Shuni aloxida ta`kidlash kerakki, oxirgi 40 yildan ko`proқ vaқt davomida Orol dengizi o`zining azaliy қirgoқlaridan қarib 100-140 km ichkariga қarab cheklangan. Ҳozirgi Orol dengizi tuzlar va zaxarli kimyoviy moddalar bilan to`yingan 2 ta ko`lga aylanib bormoқda. Natijada 3,5 mln gektardan ortiқ dengiz tubi tuzli saҳroga aylanib, undan atmosfera ҳavosiga yiliga 100 mln t dan ko`proқ zaҳarli tuzlar, changlar va kimyoviy moddalar ko`tarilib atrof—muҳitni ifloslantirmoқda. Orol dengizi tubidan ko`tarilayotgan chang-to`zonlar yapon orollarigacha etib borganligi, ҳamda, Oroldagi Tiklanish orolchasi 40 yildan ko`proқ vaқt davomida bakteriologik қurollari sinab қurilganligi ҳaқida ma`lumotlar mavjud.
Shunday қilib, Markaziy Osiyo mintacasida қum—tuz aerazollarning nixoyatda kuchli yangi manbai vujudga keldi. Chang tuz to`zonlarning atmosfera xavosiga ko`tarilishini birinchi marotaba 1975 yilda kosmonavtlar koinotdan turib kuzatganlar. Chang—tuz to`zonlarining uzunligi 400 km, eni 40 km va radiusi 300 km ni tashkil etadi. Chang—tuz aerozollarning erga yoғilishi paxta va sholi xosildorligiga katta salbiy ta`sir ko`rsatmoқda.
Tuproқning sho`rlanishi ҳisobiga қishloқ xo`jalik maxsulotlari Turkmanistonda 40% ga, O`zbekistonda 30% ga, Қozoғistonda 30—33% ga, Қirғizistonda 20% va Tojikistonda 19% ga pasayib ketdi.
Shuni ҳam ta`kidlash kerakki, қirgoқ chiziғi 60—80 km ga cheklangan xududlarda ochilib қolgan tuzli maydonlar 23 ming km2 ni tashkil etadi. eng yomon axvol Janubiy Orol mintaқasida tuzilmoқda. Bu mintaқaga shimoliy-ғarbiy Қizilқum, Zuangauz Қoraқumi, Janubiy Ustyurt va Amudaryo deltasi kiradi. Agar Orol bo`yining umumiy maydoni 473 ming km2 ni tashkil etsa, Janubiy қismining maydoni 245 ming km2 ni tashkil etadi. Bunga Қoraқalpoғiston, Xorazm va Toshxovuz viloyatlari kiradi.
Janubiy Orol bo`yida dengizning қurigan қismidan yiliga 90-100 ming t tuz va sho`r changlar xavoga ko`tarilib, 10 ming km2 maydonga tushmoқda, ya`ni, ularning miқdori xar bir gektar maydonga 90-100 kg dan to`ғri kelmoқda.
Orol dengizi satxining pasayib borishi, Amudaryo va Sirdaryo deltalariga suvning muntazam kelmay қo`yganligi, eng daxshatlisi, suv sho`rligining muttasil ortib borishi, xamda turli zaxarli chiқindilar bilan ifloslanishi tufayli Orol bo`yi ҳududlarida 60—yillarning boshlaridan buyon bir қator ekologik, ijtimoiy— iқtisodiy va boshқa muammolar vujudga keldi. Daryo suvlarining taқchilligi va ifloslanishi, iқlimiy o`zgarishlar (xavo nisbiy namligining kamayishi, shamollar, chang, tuzga to`yingan to`zonlarning kuchayishi), tuproқ tarkibining buzilishi, er osti suvlarining sho`rlik darajasining yuқoriligi, o`simlik va xayvonot turlarining kamayib borishi va shunga o`xshagan ko`pgina ekologik muammolar Orol dengizi ҳavzasidagi tabiiy muxitni o`zgartirib yubordi. Natijada axolining yashash sharoiti ancha murakkablashib қoldi. Orol dengizi atrofida yashab kelayotgan 3 mln dan ko`proқ axoli orasida turli kasalliklarga chalinish ko`rsatgichlari Mustaқil Davlatlar Ҳamdo`stligi ko`rsatgichlardan 20 marta yuқoridir. Xususan chaқaloқlar va yosh bolalarning barvaқt ҳayotdan ko`z yumishi 2 baravar oshgan. Ҳozirgi paytda Orol xavzasida va umuman Markaziy Osiyo xududida yashab kelayotgan 50 mln dan ko`proқ axoli Orol dengizi inқirozi ta`sirida қolib ketayapti. Shuning uchun Orol dengizi inқirozi nixoyatda katta global muammo deb e`tirof қilinmoқda.
Ushbu inқirozning paydo bo`lishiga Orol xavzasida yangi suғoriladigan erlarni o`zlashtirish, siғimi katta bo`lgan suv omborini қurish, sertarmoқ zovur sistemalarini ishga tushirish kabi ko`p yillarga mo`ljallangan ulkan irrigaciya va melioraciya Suv omborlari va ҳavzalaridan foydalanish, ularga texnik
xizmat ko`rsatish ҳamda xavfsizligini ta`minlashda mintaқa
davlatlarining o`zaro kelishib ish tutishi.
Suvdan oқilona foydalanish.
Suvning sho`rlanishiga қarshi kurashish.
Shuni aloxida ta`kidlash kerakki, O`zbekiston Prezidenti to`rtinchi ustivor yo`nalish sifatida ijtimoiy omilni (ya`ni, aҳoli soғligiii) belgilash tuғrisida taklif kiritdi.
Ushbu yo`nalishlarni amalga oshirish uchun Jaҳon banki kelgusi 5 yil davomida bu boradagi loyiҳalarga 380 mli AҚSh dollari mikdorida sarmoya sarflashni taklif қildi. Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan Orol jamgarmasiga to`lanadigan joriy yillik Padallar xar bir mamlakat byudjetining 0,3% miқdorida belgilandi.
Arnasoy kullaridagi muammolar
Ma`lumki, Orol inқirozi insoniyat tarixida eng yirik ekologik va ijtimoiy—iқtisodiy fojealardan biri bo`lib қolmoқda. Mana shu inkiroz bilan birga respublikamizda bir-biriga zid yana bir ekologik muammo vujudga keldi. Gap shundaki, bir tomondan Orol dengizining kurib borishi, Sirdaryo ҳavzasi (asosan o`rta va қuyi қismlari)ning sayozlanishi, suv zaҳiralarining, ayniқsa, ichimlik suvining o`ta taқchilligi bo`lsa, ikkinchi tomondan, suv toshқinlari, unumdor erlarning botқoқlikka aylanishi, er osti suvlari satҳining ko`tarilishi, yangi suv ҳavzalarining paydo bo`lishi oxirgi yillarda ko`pchilikni taҳdidga solib kelmoқda.
Tabiat in`omlariga nisbatan loқaydlik va bepisandlikning bir «namunasi» sifatida, 1969 yili Sirdaryodan (Chordara suv omboridan) Jizzax viloyati ҳududlariga 21 km2 suv oқizilishi natijasida umumiy maydoni 2175 km2 ga teng Arnasoy ko`llari (Arnasoy, Aydar va Tuzkon ko`llari) paydo bo`ldi.
Suv taқchil bo`lgan keyingi yillarda ko`lga daryo suvlarining oқizilishi to`xtatildi. Ammo ko`lga Mirzacho`l va Jizzax ko`llaridan yiliga 2,0-2,5 km2 oқova suvlari zovurlar orқali kelib tushar edi. Ko`lga oқib kelayotgan oқovalar bilan birga 25 ming t tuzlar va zaҳarli moddalar kelib tushdi. Suvning gatҳi esa, 1,5—2,0 m gacha pasayib ketdi.
70-yillarning oxiriga kelib Chordara suv omboridan chuchuk suvning Arnagoy ko`llariga kelib tutishiiing to`xtatish oқibatida ko`llardagi suvning satҳi 4 m ga pasaydi, suv tarkibidagi tuzlarning miқdori esa Tuzkon ko`lida ҳar 1 l suvda 10-11 g ga va Aydar ko`lida 14—15g ga etdi.
Suv ҳavzasidagi biologik saloҳiyatni saқlab қolish maқsadida ko`llarni rekonstrukciya қilishga kirishildi. Aydar va Tuzkon ko`llari tutashgan joyda maxsus to`siқ—damba va suv o`tkazuvchan yo`lak қurildi. Natijada 80-yillarga kelib minerallashgan suvlar miқdori barқarorlashib, suv satҳi 237 m2 ni tashkil etdi. Baliқchilik rivojlandi va 1985 yilda ko`llardan 4129t baliқ tutildi. Ammo ko`llardagi ekologik sharoitning salbiy tus ola boshlashi (asosan ko`llarga oқizilgan minerallarga va tuzlarga boy bo`lgan zovur suvlari ҳisobiga), ixtiofaunaga ҳam salbiy ta`sir etdi. 90-yillarga kelib ko`llardan baliқ ovlash ҳajmi keskin қiskardi.
Biroқ, 1993 yildan boshlab To`xtagul suv omboridai қish paytida elektr energiya olish maқsadida suv kuyib yuborilishi natijasida Sirdaryoda suv miқdori keskin ko`paydi. Sirdaryoning қuyi қismida daryo o`zanining muzlashi va sayozlanishi oқibatida Chordara suv omboridai Arnasoy ko`llariga yana suv қuyila boshlandi. Sunggi 8 yil davomida Chordara suv omboridan Arnasoy ko`llariga ҳammasi bo`lib kariyb 27 km3 chuchuk daryo suvi kelib tushdi. Natijada suv satҳining absolyut balandligi 245,15 m ga, suv ҳajmi 36,45 m2ga, suv maydoni esa 3299 km ni tashkil etdi. Natijada 134 ming gektar maydondagi yaylovlarni suv bosdi, uzunligi 44 km elektr tarmoқlari va 61 km kollektor ҳavzalari ishdan chiқdi, Nurato—Boymurot yo`nalishidagi 3,5 km yo`lni suv yuvib ketdi.
Bundan tashқari, Arnasoy ko`llari bo`yidagi suv sevar o`simliklarni suv bosishi oқibatida ko`llarning o`z-o`zini tabiiy tozalash xususiyatlarini keskin pasaytirib yubordi va o`txur baliқlarning ozuқasiga putur etkazdi. Ҳozirgi paytda ko`llardan ovlangan baliқlarning miқdori 1400 t dan oshmayapti.
Mutaxassislarning ҳisob kitoblariga қaraganda, agar ko`llarga Chordara suv omboridan 1,5 km2 dan ko`proқ suv oқizilsa, yangi-yangi erlarni suv bosishi yanada davom etadi. Ushbu miқdordan oshgan xar 1 km2 suv uning balandligini 0,2—0,3 m ga ko`taradi va 50—70 km2 maydonlarni suv bosadi. Bundan tashқari, Arnasoy botiғining bundan buyon suv bilan to`ldirilishi Mirzacho`ldagi minerallashgan suvlarni oқizib kelayotgan kollektorlarning ko`lga kelib қuyiladigan joyidagi nishabini yanada қisқartirib yuboradi. Bu esa, Mirzacho`l va Jizzax cho`llarining meliorativ ҳolati yomonlashishiga olib keladi. Buniig ustiga, Arnasoydagi mavjud suvning satҳi pasaygan taқdirda ҳam, suvdan bo`shalgan erlarni rekultivaciya қilish ishlari ko`p moddiy mablaғlarni talab kiladi va u kisқa cho`zilib ketadi.
Sarez ko`li muammosi.
Markaziy Osiyoda o`z echimini kutayotgan eng katta ekologik muammo bu Sarez ko`li muammosidir.
Sarez ko`li Tojikiston Respublikasi Murғob voҳasi (Toғli Badaxshon avtonom viloyati)da joylashgan. 1911 yil 19 dan 20 fevral o`tar kechasi 9 ballik zilzila sodir bo`lib, Murғob voҳasidagi Usoy қishloғida yashab kelgan 200 ta xonadon aҳolisi er ostida қolib ketdi. Natijada ҳajmi 3 km2 bo`lgan toғ jinslari ko`chib, daryo oқimini ko`mib tashladi. Shuni ҳam ta`kidlab o`tish kerakki, ҳozirgacha olimlar o`rtasida paydo bo`lgan savolga (zilzila toғning kulashi(o`pirilishi)ga sabab bo`lganmi, yoki aksincha, tokning o`prilishi zilzilani vujudga keltirganmi?) aniқ javob yo`қ.
Tabiiy ҳolda paydo bo`lgan Usoy suv to`ғonining uzunligi 3 km va balandligi 550 m ni tashkil etadi. To`ғonning orқasida yoғingarchiliklar va muzliklarning erishi tufayli ҳamma vaқt suv yiғilib turadi.
Mana shu fojiadan 30 yil o`tgandan keyin Sarez ko`li va Shodau ko`li paydo bo`ldi. Sarez ko`li dengiz satҳidan 3 km balandlikda joylashgan bo`lib, uning uzunligi 60 km, eni 3 km va chuқurligi 500 m dan oshadi. Sarez ko`liga ҳar sekundiga 50m2 suv muzliklardan kelib қo`shiladi va қariyb shuncha suv ko`chkilardan o`tib filtirlanib turadi.
Sarez ko`li nafaқag Tojikiston xalқlari ҳayotida, balki butun Markaziy Osiyo xalқlari ҳayotida migli ko`rilmagan ekologik muammoni vujudga keltirmoқda. Gap shundaki, balandligi 550 m bo`lgan Usoy suv to`ғonida tabiiy ҳodisalar tufayli teshik yoki yorishma paydo bo`lib kolgudek bo`lsa, suv nafaқat tojik xalқlarini, balki Markaziy Osiyoda yashab kelayotgan barcha xalқlarni er yuzidan yo`қ қilib yuborishi mumkin.
Ҳozirgi paytda olimlar orasida Sarez ko`li suvlarini Orol dengiziga oқizilish va shu bilan, Orol muammosini echish mumkin degan ғoyalar mavjud. Ammo tabiatning biron-bir ob`ektini boshқa ob`ekt ҳisobidan muҳofaza қilish mumkin emasligi tarixdan ma`lum, chunki bunda tabiiy muvozanat buziladi. Sarez ko`li suvlarini Orol dengiziga oқizish iқlim o`zgarishiga olib kelishi mumkin. Sarez ko`liga energetik inshoot yoki energiya manbai sifatida қarash ҳam kaltabinlik ҳisoblanadi. Chunki Markaziy Osiyo mintaқasida Sarez ko`liday o`simliklar va xayvonot dunyosini muҳofaza қilib biladigan tabiiy baland toғli қuriқxona mavjud emas.
Amudaryo suv oқimini muntazam saқlab turishiga va Orol dengizi muammosini echishga Sarez ko`li suvlarining ҳissasi beқiyosdir. Sarez ko`li atrofida milliy boғlar va dam olish maskanlari barpo etish nafaқat Pomirning tabiiy potencialini, balki Orol ҳavzasining ekologik muvozanatini saқlashda ko`mak berishi mumkin.
Hozirgi vaqtda inson faoliyati ta'sirida biosferaning cfzgarishi juda tezlik bilan borayapti. Inson Yer kurrasining qiyofasini o'zgartirishda katta geologik kuch sifatida vujudga kelganini V.I.Vernadskiy tomonidan takidlab o'tilgan edi. Insonning tabiiy jarayonlardan noto'g'ri foydalanishi natijasida XX asrning o'rtalarida ekologik muammolar juda avj olib ketdi. Ekologik muammo deganda insonning tabiatga ko’rsatayotgan ta'siri bilan bog^liq xolda tabiatning insonga aks ta'siri, ya'ni uning iqtisodiyotida, hayotda xo'jalik ahamiyatiga molik bo’lgan jarayonlar, tabiiy xodisalar bilan bog'liq bo’lgan har qanday xodisa tushuniladi. (iqlim o’zgarishi, hayvonlarning yalpi ko'chib ketishi) tabiatdagi muvozanatning buzilishi oqibatida turli miqyosdagi ekologik muammolar shakllanmokda. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin.

1. Global (umumbashariy).




  1. Regional (mintaqaviy).


  2. Lokal (mahalliy).




Global ekologik muammolar dunyo bo'yicha kuzatiladigan tabiiy, tabiiy antropogen va sof antropogen ta'sirlar natijasida yuzaga kelib umumbashariyatga tegishlidir.

Ana shunday ekologik muammolarning ba'zilari bilan tanishamiz:
Atmosferaning dimiqish xodisasi. Keyingi yillarda atmosfera tarkibidagi SO2 miqdori ortib borayotganligi ma'lum bo'lib qoldi.
Natijada Yer yuzasining harorati oxirgi 100 yil ichida 0,5-
1,0 gradus ortdi. Iqlimning keng ko'lamda o’zgarishi atmosferaning sanoat chiqindilari va avtotrasnportlardan chiqayotgan gazlar bilan bogMiq, Yer yuzasining global isishi, ya'ni atmosferaning dimiqishi SO2 ning havo tarkibida ortib ketishi, o'rmonlarning kesilishi, toshko'mir va benzin kabi yoqilg^ilarning yonishidan atmosferada to'planadigan SO2 gazi tufaylidir. Ana shu zaylda ahvol o'zgarmasa XXI asrning o'rtalarida yer yuzasining harorati 1,5-4,5 gradusgacha ortishi mumkin. Natijada:

1. Iqlimning o'zgarishi ayniqsa, cho'llanish jarayonining kuchayishi. Yogingarchilikning o’zgarishi. Dengiz va okeanlar satxining ortishi Muzliklarning Yerishi va kamayishi hamda boshqa hodisalar kuzatiladi.



Ozon qatlamining siyraklanishi:

Ozonosfera atmosferaning muhim tarkibiy qismi hisoblanib, u iqlimga va yer yuzasidagi barcha tirik organizmlarni nurlanishdan saqlab turadi. Atmosferadagi azonning eng muhim xususiyati uning doimo hosil bcflib va parchalanib turishidir. Ozon quyosh nurlari ta'sirida kislorod, azot oksidi va boshqa gazlar ishtirokida hosil bo’ladi. Ozon kuchli ultrabinafsha nurlarni yutib qolib yer yuzidagi tirik organizmlarni himoya qiladi. Ultrabinafsha nurlar miqdorining ortishi tirik organizmlarga salbiy ta'sir qiladi. Ultrabinafsha nurlari ta'sirida nurlanish odamlarda terini kuyishiga sabab bo’ladi. Bugungi kunda teri raki bilan kasallanish ushbu nurlar ta'sirida kelib chiqayotganligi aniqlandi. Hozirgi davrda freonlardan keng foydalanish tufayli hamda aviatsiya gazlari, atom bombalarini portlatishlar atmosferada etarli miqdorda ozon to'planishiga imkon bermayapti.



Chuchuk suv muammosi:

Quruqlikda chuchuk suv va uning biosferadagi roli nihoyatda katta. Gidrosferada chuchuk suv miqdori juda oz (2-2,5 %). Jamiyatning rivojlanishi bilan aholining chuchuk suvga bo’lgan talabi ortib bormoqda. Bizning asrimizda chuchuk suvdan foydalanish 7 marta ortgan. Yiliga 3-3,5 ming km3 suv sarflanadi. Qurg'oqchil zonalarda daryolar suvidan to’liq foydalanilgan xolda ularning suvi etmay qolmoqda.



1980 yil boshlarida bundav holat Afrika, Avstraliya, Italiya, Ispaniya, Meksika, Nil, Amudaryo, Sirdaryo va ba'zi bir boshqa daryolarda kuzatila boshlandi. Daryolarning sanoat va maishiy zaxarli moddalar bilan ifloslanishi o'sib bormoqda. Sanoat yiliga 160 km3 sanoat va oqova suvlarini daryolarga tashlaydi. Bu ko’rsatgich daryolarning umumiy suv miqdorining 10% ini tashkil etadi. Daryolardagi toza suvlarda yildan yilga har xil YYYerigan moddalar, zaxarli kimyoviy moddalar va bakteriyalarning miqdori ortib bormoqda. Pestitsidlardan foydalanish muammosi. Ushbu zaxarli kimyoviy moddalar guruhiga begona o'tlar, zararkunanda hashoratlar, o’simliklarda kasalliklarni keltirib chiqamvchi mikroorganizmlarga qarshi kurashda foydalaniladi. Pestitsidlardan qishloq xo'jaligida urmonchiliklarda, aviatsiadan foydalanish keng ko'lamda atrof muhitning ifloslanishiga olib keladi. Pestitsidlar atmosferada uzoq masofalarga tarqalishi shuningdek suv orqali dala, daryo, ko'llardan o'tib dunyo okeanlarida to'planadi. Eng xavfli joyi shundaki ular ekologik oziq zanjiriga, qo'shilib ketmoqda. Ular tuproq va suvlardan o’simliklarga undan hayvonlar va odam organizmiga o'tadi. Pestitsidlar har bir bo'g'inda zararli va ziyon keltiradi. Pestitsidlarning zaharli ta'sirini oldini olish uchun quyidagi chora tadbirlarga amal qilish lozim.
1 . Hayvon va odamlarga ta'sirini susaytirish.
2. Tuproq va suvlarda to'planishining oldini olish.
3. Tez parchalanuvchi va beqaror pestitsidlarni sintez qilish.
4. Pestitsidlardan foydalanishni iloji boricha cheklash.
5. O’simliklarni biologik himoya qilish.
6. Tirik tabiatdagi o’simlik va hayvon turlari sonining qisqarishi muammosi.
O'simliklar dunyosi, ayniqsa yer yuzidagi hayotni ta'minlashda o'rmonlarning ahamiyati juda katta. Aholi sonining ortishi xo'jalik faoliyatining kengayishi tufayli tabiatning inson qo'li tegmagan oyi qolmayapti. O’simliklar va hayvon turlarini davlat muhofazasiga olish qonunlar orqali ovchilikni to'g"ri yo'lga qo'yish, shuningdek ko’rikxonalar, zakazniklar, milliy bog'lar, botanika bog'lari va qizil kitoblar o'simliklar va hayvonlar lurlarini saqlashda katta rol o'ynaydi. Cho'llanish jarayoni:Yer kurrasi quruqligining 40 mln km.kv maydoni qurg'oqchilik mintaqasi bo"lib, dunyo aholisining 15% dan ortig'i ushbu hududga mujassamlashgan qishloq xo'jaligining tezkor rivojlanishi, sug'oriladigan yerlar va yaylovlardan noto'g"ri foydalanish oqibatida, o'rmonlarning betartib kesilishi natijasida cho'llanish darajasi yil sayin ortmoqda. Inson ta'sirida vujudga kelgan cho'llar 9,1 mln. km. kv.ga etdi. Hozir sayyoramizda yiliga 6 mln.ga yer cho'lga aylanmoqda. Mintaqaviy (regional) ekologik muammolar. Yer yuzasining ayrim mintaqalariga xos tabiiy-iqlim, ijtimoiy-ekologik, tabiat bilan inson o'rtasidagi o'zaro aloqalari natijasida yuzaga keladigan ekologik muammolar regional ekologik muammolar deb ataladi. Mintaqaviy ekologik muammolarga baho berishning mezoni havo va suvning ifloslanishi, tuproq eroziyasi, yaylovlarning ishdan chiqishi, o'rmonlarda daraxtlarning kesilishi. belgilangan miqdordan oshib ketishi va boshqalar hisoblanadi. Markaziy Osiyodagi mintaqaviy ekologik muammolardan eng muhimi Orol va Orol bo'yi ekologik muammosidir. Orol dengizi yaqin vaqtlargacha eng yirik dengizlardan biri hisoblangan. U muhim baliqchilik, ovchilik, transport va rekreatsion ahamiatga ega edi. Sug'oriladigan dehqonchilikning rivojlanishi natijasida Amudaryo va Sirdaryoning suv quyishi 1970 yilga kelib 37,8 km3, 1980 yilda esa 11,1 km3 gacha kamayib ketdi. Suvning sho'rlanish darajasi litriga 9-10 g dan 34-37 g/litr gacha ortdi. Hozirgi kunda dengiz satxining yillik o'rtacha pasayishi 80-110 sm (oldin 53 sm bo’lgan 33 metr ga tushsa orol 2 ga bo'linib qoladi, hech bo'lmaganda 33,5 metr balandlikda saqlab qolish kerak). Orolning qurigan tubi yirik chang to'zon makoniga aylandi. Aholi ichadigan suv pestitsidlar bilan ifloslangan, keyingi 10 yil ichida o'lim 2 marta ortgan. Bolalar o'limi har tug'ilayotgan!000ta chaqaloqdan 45-90 taga to"g'ri keladi. Ayollarning 80%ida kamqonlik xastaligi uchraydi. Bolalarning 90%ida siydigida tuzlar miqdori ortib ketgan. Orol muammosining hal qilinishining tub mohiyati suv resurslaridan oqilona foydalanishni amalga oshirishga bog^liq. Orolni saqlab qolish uchun Markaziy Osiyo Respulikalari bilan birgalikda qisqa vaqt ichida yiliga 20-21 kub km suv Orolga quyiladigan miqdorda yagona suv xo'jalik siyosatini ishlab chiqish bunda Orolbo'yidagi barcha tabiiy ko'llarni saqlab qolish e'tiborga olinishi lozim. Mahalliy ekologik muammolar. (lokal.) Mahalliy ekologik muammolar turli korxonalar faoliyati, yerlarni sug'orish, yaylovlardan noto’gri foydalanish natijasida vujudga kelsada malum hududlar uchun xosdir. Bugungi kunda Mustaqil O’zbekiston yirik sanoat va agrar mintaqa bo’lib kelajakda dunyoga yuz tutgan mashinasozlik, energetik, kimyo, oziq-ovqat sanoati, transport majmuini yanada rivojlantirish ko'zda tutilmoqda. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi respublikada ijtimoiy ekologik holatiga muayyan darajada salbiy ta'sir ko’rsatadi. Respublikamizda tabiatni muhofaza qilishga oid muammolar quyidagilar. l.Yirik xududiy sanoat majmualari joylahgan rayonlarda tabiatni muhofaza qilish muammolari. (Angren, Olmaliq, Chirchiq, Farg'ona, Marg'ilon, Navoiy va hakozo.) 2.Orol va Orolbo'yi muammolari, suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan maqbul tarzda foydalanish. S.Tabiatdagi suvlarning sanoat chiqindilari pestitsidlari va mineral ug'itlar bilan ifloslanishi.4.O"simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va qayta tiklash muammolari, va milliy bog'lar tarmog'ini kengaytirish. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 1 .Ekologik muammo deganda nimani tushunasiz? 2.Atmosferaning dimiqish hodisasini tushuntiring? 3.Ozon qatlamining siyraklashish muammosini tushuntiring? 4.Pestitsidlardan foydalanish qanday ekologik muammolarni keltirib chiqaradi? S.Orol va orolbo’yi ekologik muammolarning yuzaga kelish sabablarini tushuntiring? birgalikda qisqa vaqt ichida yiliga 20-21 kub km suv Orolga quyiladigan miqdorda yagona suv xo'jalik siyosatini ishlab chiqish bunda Orolbo'yidagi barcha tabiiy ko'llarni saqlab qolish e'tiborga olinishi lozim. Mahalliy ekologik muammolar. (lokal.) Mahalliy ekologik muammolar turli korxonalar faoliyati, yerlarni sug'orish, yaylovlardan noto’gri foydalanish natijasida vujudga kelsada malum hududlar uchun xosdir. Bugungi kunda Mustaqil O’zbekiston yirik sanoat va agrar mintaqa bo’lib kelajakda dunyoga yuz tutgan mashinasozlik, energetik, kimyo, oziq-ovqat sanoati, transport majmuini yanada rivojlantirish ko'zda tutilmoqda. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi respublikada ijtimoiy ekologik holatiga muayyan darajada salbiy ta'sir ko’rsatadi. Respublikamizda tabiatni muhofaza qilishga oid muammolar quyidagilar. l.Yirik xududiy sanoat majmualari joylahgan rayonlarda tabiatni muhofaza qilish muammolari. (Angren, Olmaliq, Chirchiq, Farg'ona, Marg'ilon, Navoiy va hakozo.) 2.Orol va Orolbo'yi muammolari, suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan maqbul tarzda foydalanish. S.Tabiatdagi suvlarning sanoat chiqindilari pestitsidlari va mineral ug'itlar bilan ifloslanishi. 4.O"simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va qayta tiklash muammolari, va milliy bog'lar tarmog'ini kengaytirish.
Adabiyotlar:


1. Abdullaev O., Toshmatov Z., Uzbekiston ekologiyasi bugun va ertaga. T. Fan, 1992 y.
2. Rafikov A.A., Geoekologik muammolar. T.Ukituvchi, 1997, 112b.
3. Otaboev Sh., Nabiev M. Inson va biosfera. T.Ukituvchi, 1995, 320 b.
4. Tuxtaev A.S. ekologiya. T.Ukituvchi, 1988, 192b.
5. Shodimetov Yu. Ijtimoiy ekologiyaga kirish. T.Ukituvchi, 1994.
6. www.ziyonet.uz
Yüklə 67,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin