• regionallik qoidasi har bir regionning tabiiy resursidan foydalanishda bu resursning o‘sha joydagi miqdorini hisobga olish zarurligiga asoslangan. Masalan, Yer yuzining turli regionlarida suv resurslari turlicha joylashgan. Agar shimoliy regionlarda suv syerobligidan yer botqoqlashgan bo‘lsa, janubda suv tanqisligidan yerlar qaqragan. SHuning uchun suvdan foydalanishda bu joylarda hisob-kitobli ish yuritilishi lozim; • o‘zaro bog‘liqlik qoidasi tabiiy resurslar holatining o‘zaro bog‘liqligiga asoslangan bo‘lib, unga ko‘ra biror tabiiy resursdan foydalanish u bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa resursga ham ta’sir o‘tkazadi. Masalan, ma’lum maydonda rudali ma’danlarning ko‘plab qazib olinishi o‘sha joyning relfi, gidrorejimi va boshqa tabiiy holatlariga ta’sir qiladi, natijada bu joyning o‘simlik va hayvon dunyosi o‘zgarib ketadi; elementar resurs hisoblangan azotning havodan ko‘plab so‘rib olinishi uning o‘rnini boshqa gazlar egallashiga olib keladi va hakazo.