27 Axolining xarajatlari va uning ko'rsatkichlari. "Aholi turmush darajasi" tushunchasi juda murakkab va ko'p qirrali bo'lib,uni tavsiflash uchun biror indikatorni tanlash qiyin, shuning uchun bu atamaning turli jihatlarini tavsiflaydigan bir qator statistik ko'rsatkichlar hisoblab chiqiladi. Bugungi kunda aholining turli guruhlari manfaatlari hisobga olinmoqda, ish bilan bandlikning samarali tizimi va ish haqi to’lash tizimi, aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo'yicha chora-tadbirlarni ko’rish orqali har bir insonga munosib hayot bilan ta’minlanmoqda. So`nggi yillarda hukumatimiz tomonidan aholi daromadlari va turmush darajasini yanada oshirish, fuqarolarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida aholi jon boshiga to`g`ri keladigan daromadlar, ish haqi va pensiyalar izchil ravishda o`sib borgani yaqqol namoyon bo`lmoqda. Quyida keltirilgan ma`lumotlarga ko`ra, 2000-2017 yillarda aholi jon boshiga daromadlar, ish haqi va pensiyalarning yildan yilga o`sib borish tendensiyalarini kuzatish mumkin. Ammo so`nggi yillarda daromadlarning tarkibidagi asosiy manbalaridan hisoblangan ish haqi hamda pensiyalarning o`sish sur`atlari pasaygan bo`lib, bu holat aholining umumiy daromadlariga ham o`z ta`sirini ko`rsatgan.Aholi daromadlarini oshib borishi bilan bir vaqtda mamlakatimizda iste`mol tovarlarining mahalliylashtirilishi hamda ularni ishlab chiqarish hajmini oshirish, aholiga xizmat ko`rsatish turlarini kengaytirish hisobidan ushbu daromadlardan samarali foydalanish uchun sharoitlar yaratib kelinmoqdaShuningdek, aholining iste`mol xarajatlari tarkibi yildan yilga optimallashib, oziq-ovqat mahsulotlari uchun xarajatlar barqarorlashib, nooziq-ovqat va xizmatlarga qilinayotgan xarajatlar ulushi ortib bormoqda. Buni quyida keltirilgan grafikda ham ko`rish mumkin.2017 yilda 2000 yilga nisbatan aholining 28 iste`mol xarajatlari tarkibida oziqovqat mahsulotlarining ulushi 14,2 birlikka kamaygan bo`lsa, nooziq-ovqat mahsulotlarini sotib olishga qilingan xarajatlar 7,0 birlikka va xizmatlarga qilingan xarajatlarning ulushi 7,2 birlikka oshganiste`mol xarajatlari tarkibini yanada kengroq talqin etish orqali, aholi tomonidan eng ko`p oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olishga (44,3%), boshqa nooziq-ovqat mahsulotlariga (21,2%), kiyim kechak va oyoq kiyimlarga (10,7%), kommunal xizmatlarga (6,9%) xarajatlar amalga oshirilayotganligini ko`rish mumkin.Respublika doimiy aholi o`rtacha soni 2000-2017 yillarda 31,4 % oshganiga qaramay, oxirgi 17 yil davomida aholi daromadlarining muntazam o`sishi moliyaviy imkoniyatlarning mustahkamlanishini va aholi tomonidan asosiy oziqovqat mahsulotlarini iste`mol qilish hajmining oshishini ta`minladi. Jumladan, 2017 yil yakunlari bo`yicha sabzavotlar – 2770 kg, mevalar – 145,2 kg, tuxum –215 dona, go`sht va go`sht mahsulotlari – 43,2 kg, sut va sut mahsulotlari –270,0 l. ni, kartoshka – 55,2 kg, shakar – 31,0 kg, o`simlikyog`i – 24,0 l.ni tashkil etdi.Shuni alohida ta`kidlash lozimki, mustaqilligimizning dastlabki yillaridaiste`mol uchun zarur bo`lgan g`alla, go`sht, go`sht- va sut mahsulotlari, kartoshkava boshqa mahsulotlar chetdan keltirilgan bo`lsa, bugungi kunga kelib ushbumahsulotlarni ishlab chiqarilishining jadal rivojlanishi natijasida xalqimizehtiyojlarini to`liq ta`minlabgina qolmay ko`plab chet mamlakatlariga eksport qilib kelinmoqda.2000-2017 yillarda aholi jon boshiga to`g`ri keladigan iste`mol hajmi, asosiyoziq-ovqat mahsulotlaridan go`sht va go`sht mahsulotlari - 1,3 marta, sut va sutmahsulotlari - 1,7, tuxum - 4,6, sabzavot va poliz ekinlari - 2,2, kartoshka - 1,5, shakar va qandolat mahsulotlari - 2,0, meva va rezavorlar - 3,5, o`simlik yog`i esa -2 martaga oshgan.Bundan tashqari, shaxsiy kompyuterlar, ya`ni stolga qo`yiladigan, ko`chma kompyuterlar (noutbuklar, netbuklar), planshetlar hamda uyali aloqa telefonlarining aholi hayotiga 29 shiddat bilan kirib kelishi va bu vositalarning imkoniyatlari kundan kunga kengayib borishi, aholi uchun aloqa qilish, axborot almashish va dunyodagi yangiliklardan tezkor ravishda xabardor bo`lish bilan bir qatorda ijtimoiy hayotda faol ishtirok etish imkoniyatini yaratib berdi.Aholi daromadlarini oshib borishi bilan bir vaqtda mamlakatimizda iste`mol tovarlarining mahalliylashtirilishi hamda ularni ishlab chiqarish hajmini oshirish, aholiga xizmat ko`rsatish turlarini kengaytirish hisobidan ushbu daromadlardan samarali foydalanish uchun sharoitlar yaratib kelinmoqda.Shuningdek, aholining iste`mol xarajatlari tarkibi yildan yilga optimallashib, oziq-ovqat mahsulotlari uchun xarajatlar barqarorlashib, nooziq-ovqat va xizmatlarga qilinayotgan xarajatlar ulushi ortib bormoqda. Buni quyida keltirilgan grafikda ham ko`rish mumkin.2017 yilda 2000 yilga nisbatan aholining iste`mol xarajatlari tarkibida oziqovqat mahsulotlarining ulushi 14,2 birlikka kamaygan bo`lsa, nooziq-ovqat mahsulotlarini sotib olishga qilingan xarajatlar 7,0 birlikka va xizmatlarga qilingan xarajatlarning ulushi 7,2 birlikka oshgan 30 Quyidagi grafikda iste`mol xarajatlari tarkibini yanada kengroq talqin etish orqali, aholi tomonidan eng ko`p oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olishga (44,3%), boshqa nooziq-ovqat mahsulotlariga (21,2%), kiyim kechak va oyoq kiyimlarga (10,7%), kommunal xizmatlarga (6,9%) xarajatlar amalga oshirilayotganligini ko`rish mumkin.