Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə5/9
tarix22.09.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#146529
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Baxodir

14
Axoli daromadlarining tabaqalashuvi.
Aholi daromadlari va ularning turlari.
Aholi daromadlari-bu aholi yoki uning oila a’zolari tomonidan ma’lum davr ichida olingan yoki ishlab chiqarilgan pul va natural mablag’lar yig’indisidir.
Daromadlar pul va natural shaklda bo’lishi mumkin. Aholining pul daromadlari mehnatkashlar uchu nish haqi hisobidagi barcha pul mablag’lari tushumi; pensiyalar, stipendiyalar, turli nafaqalar; mulkdan foiz, dividentlar, foyda, renta ko’rinishidagi daromadlar; aktsiyalar, qimmatli qog’ozlar, ko’chmas mulk; chorva hayvonlari, tomarqa xo’jaligi mahsulotlari, turli buyumlar va boshqa tovarlari sotishdan tushadigan pul tushumlari, turli xizmatlar ko’rsatish uchun haqLar va hokazolardan tashkil topadi.
Ish haqi ko’pchilik aholining asosiy daromadi. Rivojlangan mamlakatda jami daromadlarning 70-80 foizini ish haqi tashkil etadi. Ish haqi –yollanib ishlovchilarning ishlab topgan daromadi, ishlovchilar va ularning oilasini boqish uchun ketadigan tirikchilik voistalarini xarid eti shva pul jamg’armasini hosil qilish uchun ishlatiladi. Ish haqi uch qichmdan tashkil topadi:
1.Asosiy ish haqi.
2.Mukofot tarzidagi (bonus) ish haqi.
3.Belgilangan ish vaqtidan ortiqcha ishlaganlik uchun beriladigan pul to’lovi.
Ishlovchining qo’liga tegishiga qarab, ish haqi brutto (umumiy) va netto (sof) ish haqiga bo’linadi. Brutto ish haqini yalpi, ishlovchi hisobiga yozilgan ish haqi desa ham bo’ladi. Netto ish haqi esa yalpi ish haqidan har xil to’lovlar chigirib tashlagandan so’ng, qoladigan sof ish haqi, ya’ni ishlovchining hamyoniga kelib tushadigan puldir.Bajarilgan ishni o’lchami mezonga qarab
15
ish haqi vaqtbay va ishbay (donabay) ish haqiga bo’linadi. Vaqtbay ish haqi ma’lum malaka va tajriba ega bo’lgan xodimning ishlagan vaqtiga, ya’ni necha kun yoki soat ishlaganiga, vaqt sarfiga qarab to’lanadi. Ishbay ish haqi muayyan malakali ishchi yaratgan sifati tovar miqdori yoki bajargan ish hajmi uchun oladigan haqidir. Uning miqdori mehnat unumdorligiga nisbatan to’g’ri mtanosiblikda o’zgaradi. Masalan, ishchiga bir dona mahsulot uchun 40 so’m ish haqi belgilangan. U bir ish kunida 5 dona mahsulot yaratsa, 200 so’m, agar ish unumini oshirib, 6 ta mahsulot yaratsa, 240 so’m oladi.
Ish haqining miqdori o’zgaruvchan bo’lib, bu o’zgarish asosan uch omil ta’sirida yuz beradi:
1.Ish haqiga talab va uning taklifi. Ish kuchi tovar bo’lar ekan, uning narxi bo’lgan ish haqi mehnat bozoridagi talab va taklif nisbatiga bog’liq bo’ladi. Mehnatga talab oshganda ish haqi ko’payadi, mehnat taklifi oshganda esa ish haqi kamayadi. Mehnat bozoridagi talab va taklif tenglashgan taqdirda muvozanat ish haqi yuzaga keladi, ish haqi bir me’yorda saqlanadi.
Ish kuchiga talab 400 kishini tashkil etadi, uni mehnat bozori qondirdi. Ish kuchi bozorida talab va taklif tenglashganda ish haqi 4000 so’m darajasida muvozanatlashadi. Agar talab oshsa, ish haqi 6000 so’m yoki 7000 so’mga yetishi taklif ko’paysa, 3000 yoki 2500 so’mga tushishi mumkin.
2.Mehnat unumdorligi. Ish haqitalab va taklifdan qat’i nazar, mehnat unumdorligi ta’sirida ham o’zgaradi. Ish bilan bandlik sharoitida ish haqi mehnat unumdorligi oshsa ko’payadi yoki aksincha.
3.Bozor uchun ishlay bilish. Ish haqi umuman ishlaganlik uchun emas, balki bozor talabiga mos ravishda bajarilgan mehnat uchun beriladi. Tovarlar bozorbop bo’lib, yaxshi sotilsa, ish haqi ko’payadi, ular bozorda o’tmay
16
qolsa, ish haqi kamayadi. Firmalar tovarlarini sota olmasligi oqibatida ishchilarga ish haqini vaqtida to’lay olmaydi yoki uni kam to’laydi.
Pensiya daromadning maxsus turi bo’lib, u qarilik yoki nogironlik tufayli ishga yaramay qolganlarga davlat va firmalar tomonidan to’lanadi. Qarilik pensiyasi ishlab topilgan, lekin berilishi kechiktirilgan daromadga kiritiladi. Har bir kishi ishlagan kezlarida topgan pulining bir qismini pensiya jamg’armasiga o’tkazib boradi, bu pul xodim pensiyaga chiqqach, unga ma’lum me’yorda qaytariladi. Nogironlik pensiyasi ishlab topilgan pul bo’lmay, o’zini-o’zi boqa olmaydigan kishilarni moddiy ta’minlab turish uchun jamiyat tomonidan ajratilgan puldir. Pensiyalar miqdori xodim ishlagan kezlarida olgan pul daromadiga, hamda, ishga yaroqsizlarning qobiliyatini qay darajada yo’qotganligiga qarab tabaqalashadi.
Nafaqa daromadning maxsus turi bo’lib, ijtimoiy yordamga muhtojlarga, odatda kambag’allarga bir yo’la yoki muqim ravishda davlat, firmalar yoki xayriya tashkilotlari beradigan puldan iboratdir. Nafaqaning miqdori moddiy imkoniyatlarga bog’liq.
Stipendiya ham daromad turi bo’lib, uni talabalar oladi, amalda bu yordam puli bo’lib, ularning kelajakda jamiyatga naf keltirishi e’tiborga olib beriladi.
Stipendiyani davlat yoki firmalar to’laydi.
Foyda tadbirkorlarning pul sarflab tavakkaliga ish qilib, xavf-xatarni zimmasiga olgani uchun ularga tegadigan pul daromadi hisoblanadi. Tadbirkorning foydaga ega bo’lishi yoki uni boy berishi boshlagan ishining natijasiga bog’liq. Ish yurishib ketsa, yaxshi foyda ko’riladi, agar ish o’ngidan kelmasa, foyda o’rniga zarar ko’rish mumkin. Tabiatan foyda kafolatlanmagan daromad bo’lib, tez-tez o’zgarib turadi. Aholi daromadlari tarkibida foydaning hissasi katta bo’lmaydi, chunki tadbirkorlik bilan g’oyat
17
ozchilik shug’ullanadi. Masalan, AQShda foydaning aholi daromadlaridagi hissasi taxminan 15-18 foizni tashkil etadi.
Divident foydaning aktsiyadorlarga ulush sifatida tegadigan qismi. Divident aktsiya chiqargan korxonaning rentabel ishlashiga bog’liq. Shu sababdan, turli firmalarning aktsiyasiga har xil divident beriladi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan sari dividentning daromaddagi hissasi ortib boradi, chunki aholining tobora ko’proq qismi aktsiyadorlarga aylanadi.
Foiz-pul egasi o’z pulini o’zgalarga qarzga bergani uchun oladigan daromadi. Foiz darajasi kreditga (qarzga) bo’lgan talabga va uning taklifiga bog’liq bo’ladi. Talab oshsa, foiz qarzga berilgan pul summasiga nisbatan ulush darajasida belgilanadi. Masalan, foiz qarz puliga nisbatan yuzdan o’n hissa (10%) bo’lsa, uning egasi har bir so’m puli uchun 10 tiyin oladi, agar yuzdan o’n besh hissa (15%) bo’lsa, 15 tiyin bo’ladi. Ko’pgina mamlakatlarda banklar aholidan pulni qarzga oladilar va foiz to’laydilar. Foizning daromadlardagi hissasi ortib boradi, chunki aholi pulining bir qismi xarajatlardan ortib qolib, daromad ko’rish uchun banka qo’yiladi.
Aholining natural daromadlari qishloq xo’jaligi mahsulotlarining barcha tushumlari: dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik mahsulotlari, bog’-qo’rg’on, sabzavot-poliz ekinlari uchastkasi, shaxsiy tomarqa, tabiat in’omlaridan shaxsiy, oilaviy ehtiyojlar uchun tayyorlanadigan mahsulotlar kabi tushumlardan iborat.
Bulardan tashqarii, daromadning quyidagi turlari ham mavjud:
-shaxsiy daromad;
-firma daromadi;
-davlat daromadi.
Daromadning o’zini ikki guruhga bo’lish mumkin: birinchisi- mehnat bilan

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin