Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment


Asosiy vositalarga bo’lgan yillik statistikalar



Yüklə 281,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/22
tarix24.12.2023
ölçüsü281,1 Kb.
#193215
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
134331 (2)

Asosiy vositalarga bo’lgan yillik statistikalar .
14

2.3 1 - jadval

_________________________________________________________ 


14 
Manba : O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika Qo`mitasi 


35 

Jadvalda ko’rishimiz mumkinki viloyatlar o’rtasida 2012 – 2019 yillar orasida 


investitsiyalarning qancha mlrd do’mda oshib boryotgan statistikasini tasdiqlab 
beardi.
 
a) O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Dasturni, shu 
jumladan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (keyingi 
o‘rinlarda — XMI/XHMT), O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot 
jamg‘armasi, 
to‘g‘ridan 
to‘g‘ri 
xorijiy 
investitsiyalar 
va 
boshqa 
markazlashtirilmagan manbalar mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan 
investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxatini shakllantirish, shuningdek Dasturning 
amalga oshirilishini umumiy monitoring va nazorat qilish bo‘yicha vakolatli organ 
hisoblanadi; 
b) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi: 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda budjet tizimining 
budjetlari hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli 
ro‘yxatini shakllantirish, shuningdek unga aniqliklar va yangiliklar kiritish, ularning 
amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish yuzasidan vakolatli organ 
hisoblanadi; 
2019-yil 25-iyunga qadar Dastur loyihasini jamlash uchun ushbu kichik bandning 
ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan loyihalarning manzilli ro‘yxatini belgilangan 
tartibda loyihalarning tashabbuskorlari bilan kelishilgan, taklif etilayotgan 
loyihalarni joylashtirish, ularning quvvatlari va manbalari uyg‘unlashtirilishini 
ta’minlashni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi 
savdo vazirligiga taqdim etadi; 
v) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi investitsiya loyihalarini amalga 
oshirish uchun ajratiladigan prognoz limitlari o‘z vaqtida taqdim etilishini, 
shuningdek 
loyihalar 
markazlashtirilgan 
manbalar 
hisobidan 
to‘liq 
moliyalashtirilishini ta’minlaydi; 
g) Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik 
vakolatxonalari bilan birgalikda Dastur loyihasiga kiritiladigan investitsiya 


36 
loyihalarini amalga oshirish uchun salohiyatli xorijiy investorlarni jalb etishda
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga, tarmoqlar va 
hududlarga ko‘maklashadi; 
d) loyiha tashabbuskorlari — davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro 
hokimiyati organlari (keyingi o‘rinlarda — loyiha tashabbuskorlari) o‘zlariga 
tegishli qismlarda, investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxatini o‘z vaqtida ishlab 
chiqish, ularni Dastur loyihasiga kiritish uchun taqdim etish, tarmoq jadvallari va 
loyiha hujjatlarini sifatli tayyorlash, shuningdek qurilish-montaj, ishga tushirish-
sozlash, mablag‘larni to‘liq hajmda o‘zlashtirish va ishlab chiqaruvchi quvvatlarni 
ishga tushirish borasidagi barcha tadbirlarning so‘zsiz va sifatli bajarilishini 
ta’minlaydilar. 
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha, 2019-yil 1-iyunga qadar to‘g‘ridan 
to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobiga aniq investitsiya loyihalarini O‘zbekiston 
Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga taqdim etilishini ta’minlasin; 
e) “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va 
import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK loyihaoldi 
hujjatlari, shuningdek texnik topshiriqlar va tender hujjatlarining kompleks 
ekspertizasi belgilangan tartibda o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini ta’minlaydi; 
j) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy 
aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hamda O‘zbekiston Respublikasi 
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi oyiga kamida bir marotaba xorijiy 
investorlar bilan uchrashuv o‘tkazadilar, aniq investitsiya takliflari (loyihalari)ni 
taqdim etadilar (prezentatsiya qiladilar) hamda ularning amalda ro‘yobga 
chiqarilishini ta’minlaydilar. 


37 

Yüklə 281,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin