Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment


Investitsion loyihalar samaradorligini baholashning usullari



Yüklə 281,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/22
tarix24.12.2023
ölçüsü281,1 Kb.
#193215
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
134331 (2)

2.2 Investitsion loyihalar samaradorligini baholashning usullari.
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi Investitsiya dasturida nazarda tutilgan 
investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishning, yangi ishlab chiqarish quvvatlari va ish joylarini 
yaratish, infratuzilmani takomillashtirish hamda hududlarni obodonlashtirish va 
xalq farovonligi darajasini oshirishning g‘oyat muhim omili hisoblanadi.
 
Shu bilan birga, mazkur sohadagi ishlarning holatini tahlil qilish investitsiya 
loyihalarini o‘z vaqtida va to‘la-to‘kis amalga oshirishga, investitsiyalarni jalb etish 
va o‘zlashtirishga to‘sqinlik qilayotgan ayrim tizimli kamchiliklar mavjudligini 
ko‘rsatdi. 
Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishning 
amaldagi tizimi istiqbolli investitsiya loyihalarini bosqichma-bosqich tayyorlashni, 
loyiha hujjatlari o‘z vaqtida ishlab chiqilishini ta’minlamayapti, bu esa 
moliyalashtirishning ochilishi, mablag‘lar o‘zlashtirilishi, oqibatda esa quvvatlar 
ishga tushirilishi kechiktirilishiga olib kelmoqda. Investitsiya dasturlarini ishlab 
chiqish va monitoring qilish jarayoniga ilg‘or axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari tatbiq etilmagan.Investitsiya dasturlarini shakllantirishning sifat 
jihatidan yangi tizimini joriy etish, O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi 


34 
Investitsiya dasturi so‘zsiz, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini, investitsiya 
loyihalarini monitoring qilishning samarali mexanizmlari joriy etilishini, iqtisodiyot 
tarmoqlari va ijtimoiy sohaga investitsiyalarni jalb etishni ta’minlash, barcha 
darajadagi davlat organlari, tashkilotlar rahbarlari va hokimlarning ushbu sohadagi 
shaxsiy javobgarligini kuchaytirish maqsadida: 
1. Belgilansinki, 2020-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya 
dasturi tarmoqlar va hududlarni rivojlantirishning tasdiqlangan konsepsiyalari va 
dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining 
qarorlari asosida uning asosiy ko‘rsatkichlarini har yili aniqlashtirib va yangilab 
borgan holda uch yillik davrga shakllantiriladi. 
2. 2020 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi loyihasini 
(keyingi o‘rinlarda — Dastur) shakllantirish sxemasga muvofiq tasdiqlansin.


Yüklə 281,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin