O`zbekistonga globallashuvda protektionizming havfi. O`zbekiston bozori mamlakatning o`zi kabi yetarli tarzda kichik. Shu sababdan Xitoy, Hindiston va Rossiya kabi gigantlar bilan solishtirganda O`zbekistonni muhim bir nyuansi bor – har qanday narsani ishlab chiqarish juda murakkab.Texnalogik rivojlanish nuqtai nazaridan mamlakt ancha orta, shu sababli yopiq bo`lishi juda havfli. Chnki mamlakat ichida mahsulotlarni raqobatbardosh qiluvchi ustunlik yo`q.(Fernando Kortinyas 2020).
Misol tariqasida, Kanada va AQSH, Avstrya va Germaniyani keltirishimiz mumkin. Kanadada taxminan 30 million kishi yashaydi AQSHda esa 300 milliondan ziyod, Avstriya va Germaniya o`rtasida farq 8 barobarga yetadi. Har ikkala holatda ham mamlakatlar katta qo`shnisiga ochilishi kerakligini tushunib yetishgan. Bunday ochilish mamlakatlar ozining qandaydir o`ziga xosligini yo`qotmaydi. O`zbekistonda yana bir muammo bo`lgan masala uning dengizga chiqish yo`li yo`qligi. Bu muammo avtomatik ravishda mamlakatni o`rab turgan qo`shnilar bilan nisbatan ochiq bo`lishi kerak bo`lgan vaziyatga qo`yadi, chunki ularsiz dengizga chiqa olishning iloji yo`q. Protektsionizm siyosatini qo‘llab mustaqil ravishda rivojlanishni faqat kuchli ichki bozorga ega katta o‘yinchilar qo‘llashi mumkin. Agar mamlakatda bu bo‘lmasa, protektsionizm — hech qayoqqa eltmaydigan yo‘l. O‘zbekiston kabi mamlakatlar uchun eng maqbul strategiya — yirik qo‘shnilar bilan savdo hamkorligini yo‘lga qo‘yish. Avvaliga ularga tabiiy resurslarni yetkazish mumkin. Bu voqealar rivojining eng sodda varianti. So‘ngra nafaqat resurslar, ishlab chiqaruvchilar yasayotgan, qo‘lda yasalayotgan mahsulotlarni eksport qilish mumkin. Bu juda mavaffaqiyatli strategiya bo‘lishi mumkin, chunki mamlakatimizda qo‘l mehnati juda ko‘p davlatlardagidan arzon. Bu esa mahsulot tannarxini arzon qiladi. Lekin muhim nyuans bor — ish kuchining sifati. Mamlakatimizda murrakab va innovatsion tovarlar ishlab chiqarish uchun malakali kadrlar yo`q.
Jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilishda ikkita holat bo‘ladi: birinchisi — hammasi bosqichma-bosqich amalga oshishi, integratsiya davri 5–10 yilni olishi, bu davrda qandaydir yo‘l bilan mahalliy gigantlar mudom yangi o‘yinchilar paydo bo‘lishiga ko‘nika borishi kerak. Ikkinchi holat — agar mamlakat ochiladigan bo‘lsa sohalarni differensiallash juda muhim, ulardan qay biri kuchli va tashqi kompaniyalar kela boshlashidan foyda chiqarishini tushunish kerak. Shunda xalqaro bitimlarni tuzishda O`zbekistonda kuchliroq pozitsiya, hamkorlarda esa O`zbekistondan o‘z manfaati yo‘lida foydalanish uchun imkoniyat kamroq bo‘ladi. Hamkorlar ham mamlakat tomonidan ishchi kuchi va xomashyo yetkazish bilan chegaralanib qolmasdan, aynan birgalikda ishlay boshlaydi.
Yuqorida Butanning chaqaloq sanoati argumentida aytib o`tkanimiz kabi chaqaloq sanoatini qachon tugatish kerakligi haqida aniq muddat belgilanishi yoki bu siyosat o`z natijasini ko`rsatmasa uni darhol tugatish kerak. O`zbekiston uchun ham shunday holat jahon trendlaridan juda ortda qolib ketgan sohalarni esa… «yo‘qotamiz». Qanchalik qayg‘uli ko‘rinmasin, bir soha foyda keltirishi uchun ikkinchi bir sohani qurbon qilishga to‘g‘ri keladi. Agar bu ikki qoidaga rioya qilinsa, mamlakat moslashuv jarayonini qiynalmasdan bosib o‘tish imkoniga ega bo‘ladi.
Lekin bu yerda siyosiy elementni yoddan chiqarmaslik kerak: ayrim sohalar o‘ta raqobatbardosh bo‘lishi mumkin, g‘arblik hamkorlar bilan iqtisodiyotga ko‘p foyda keltiradigan nisbatan teng ittifoq tashkil etish mumkin, lekin bu yuz bermayotgan bo‘lsa — hammani mavjud holat qoniqtirayotgan bo‘ladi.(Fernando Kortinyas 2020).
Hozir davlat va umuman olganda u yoki bu kompaniyaning mamlakat ichkarisida va tashqarisidagi bozorda muvaffaqiyat qozonishi uchun roli ham juda katta. Global bozorga chiqish haqida gapirar ekanmiz, rol yanada oshadi — jahon miqyosida mamlakat qaysi strategiya bo‘yicha harakatlanishini aynan hukumat hal qiladi. Bu yerda mamlakat rahbariyatining ishida uchta asosiy omil mavjud:
1. U barqarorlikni kafolatlashi kerak. Chunki biznes uchun mamlakat rahbariyati qabul qiladigan qarorlar oldindan taxmin qilish mumkin bo‘lishi juda muhim.
2. Hamkorlik formatlarining ko‘plab variantlari ichidan hukumat ichki bozorga qadam qo‘yayotgan mamlakat yoki kompaniyalar bilan mamlakat rivojlanishi uchun eng optimal bo‘lgan bitimlarni tanlay bilishi lozim. Ya'ni o‘z ishlab chiqaruvchisini qo‘llab-quvvatlash, uning kuchli va ojiz tomonlarini bilish.
3. Mamlakatdan arzon ishchi kuchi va xomashyo manbasi sifatida foydalanishdek negativ ssenariy ro‘y bermasligi uchun aholining bilim darajasi yuqori bo‘lishi uchun katta e'tibor berish va doimo ko‘mak ko‘rsatishi juda muhim. Misol tariqasida Estoniyani olish mumkin. Uning bozori katta emas, aholisi ham kam, xomashyosi qariyb yo‘q, lekin aholisi juda bilimli va shuning uchun Estoniya global miqyosda juda raqobatbardosh. Birinchi navbatda IT-xizmatlar sohasida, chunki u yerda yuqori malakali dasturchilar juda ko‘p. Ularning paydo bo‘lishiga esa ta'lim darajasining juda yuqoriligi sabab bo‘lgan.
Albatta, bu narsalar ko‘p vaqtni oladi, hech kim bir darajadan ikkinchisiga sakrab o‘tish haqida gapirmayapti. Avvaliga bor narsadan foydalanish kerak, bunda Ispaniya va Dominikana tajribasidan foydalansa bo‘ladi. Ular iqlimi yaxshi ekanligini tushunib, turizmni rivojlantirishga pul tikishgan. Shundan so‘ng ta'lim va boshqa sohalarga investitsiya kirita boshlashdi. Qozog‘iston ham shunday — hozir ular neft qazib olib, uning foydasidan qandaydir qismini to‘plashmoqda va undan keyinchalik aholi uchun investitsiya sifatida foydalanish mumkin.
Aynan shuning uchun davlat o‘zi maksimal darajada raqobatbardosh bo‘lgan asosiy sektorlarni aniqlashtirib olishi kerak. Shundan so‘ng shu sohalar, kompaniyalar, jumladan monopoliyalarni ham qo‘llab-quvvatlab, ular ichki bozorda raqobatdan qo‘rqmasdan jahon bozoriga chiqishlari uchun subsidiyalar berishi lozim. Janubiy Koreya va Yaponiyada kuchli kompaniyalar Honda, Toyota va Hyundai’ni tanlab, ularni faol qo‘llab-quvvatlab global bozorga ochilganda shunday yo‘l tutishgan.
Globalizatsiyaning katta o‘yinidagi kichik mamlakatning omadli qartasi — o‘zining unikalligi va ustun taraflarini nazarda tutadigan, jahon trendlari va bozor chaqiriqlarini puxta o‘rgangan holda aholining bilim darajasini oshirish va bosqichma-bosqich integratsiyani qamrab oladigan mamlakat darajasidagi maqsadli yondashuv bo‘lib chiqmoqda. Shundagina mamlakat aslida erishmasligi ham mumkin bo‘lgan farovonlikka erishadi. Bu esa bir qaraganda paradoksdek ko‘rinadi, globallashuv qaramlikni kuchaytirar ekan, lekin bu qaramlik muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlarini oshiradi. Agar avval mamlakatlar qo‘shnilar bilan minimum darajada aloqa qilib, mahalliy darajada kun kechirib rivojlangan bo‘lsa, hozir doimo formada bo‘lish, majburiy-ixtiyoriy ravishda jahon poygasida ishtirok etishga to‘g‘ri kelmoqda. Agar bu muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirilsa, Finlandiya va Singapur kabi keskin o‘zish va misli ko‘rilmagan natijalarga erishish mumkin.
Hamkorlarni qanday qilib to‘g‘ri tanlash ham bosh masala bo‘lib turibdi. Integratsiya sharofati bilan hattoki alohida resurslarga ega bo‘lmagan kichik davlatlar ham «kerakli qarta»ni sug‘urib olib, undan to‘g‘ri foydalanib, juda muvaffaqiyatli bo‘lishi va yangi darajaga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Bu ma'noda O‘zbekistonning oldida murakkab tanlov turibdi. Chunki tarixiy xotira bor, possovet blok, Rossiya bilan aloqalar mavjud, katta avlod aynan mana shu yo‘nalishda harakat qilishni ko‘proq istaydi. Lekin qudratli Xitoy ham borki, uning o‘zi mintaqaga sekin-asta kirib kelmoqda. Ehtimol, yangi avlod Rossiyadan ko‘ra Xitoyga yaqinroq bo‘lishni istab qolishi ham mumkin.(Fernando Kortinyas 2020)
Xulosa Xulosa qilib shuni aytish mumkinki iqtisodiyot doimiy ravishda o`zgarib boruvchi, har soniyada yangiliklar paydo bo`luvchi va bir so`z bilan aytkanda inson kabi trik yashovchi organizmga o`xshaydi. Milliy iqtisodiyotni haddan ziyot himoyalash uni raqobatbardoshligini o`ldiradi, aksincha har bir sohani erkin qo`yib yuborish ham inqirozga olib kelishi mumkin. To`gri yuritilgan iqtisodiy siyosat bilan ular o`rtasida muvozanat o`rnatish esa maqsadga muvofiq bo`ladi. Mamlakatlarning o`ziga xos jihatlarini topishi va ularni yanada rivojlantirishi orqali iqtisodiy farovonlikka erishish mumkin. Yaxshi o`rnatilgan savdo hamkorligi esa bu siyosat natija berayotkanligiga yaqqol misol bo`la oladi.
Savdo oqimini cheklashning uchta vositasi mavjud: tariflar, import kvotalari va tarifsiz to'siqlar. Tariflar, kvotalar yoki tarif bo'lmagan to'siqlarni qo'llashidan qat'i nazar, chet eldan importga cheklovlar qo'yganda, u proteksionizmni qo'llaydi. Protektsionizm ichki bozorda himoyalangan tovar narxini oshiradi, bu esa mahalliy iste'molchilarning ko'proq pul to'lashiga, lekin mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ko'proq daromad olishiga olib keladi.
Xalqaro savdoning o'sishi bilan u ish o'rinlarining iqtisod qiyosiy ustunlikka ega bo'lmagan tarmoqlardan va qiyosiy ustunlikka ega bo'lgan tarmoqlarga siljishiga yordam beradi. Savdoning mehnat bozorlariga ta'sir qilish darajasi ko'p jihatdan ushbu mamlakatdagi mehnat bozorining tuzilishi va boshqa tarmoqlardagi moslashuv jarayoni bilan bog'liq. Jahon savdosi samaradorlikni oshirish orqali ish haqining o'rtacha darajasini oshirishi kerak.
Biroq, o'rtacha ish haqining bu o'sishi ma'lum bir ish va sanoatdagi ishchilarning daromadlarini ham, boshqalarning yo'qotishlarini ham o'z ichiga olishi mumkin.
Kam daromadli mamlakatlarda mehnat amaliyoti haqida fikr yuritganda, nima haqida o'ylash yoqimsiz va ma'naviy jihatdan nomaqbul bo'lgan narsalar o'rtasidagi chegarani chizish foydalidir. Misol uchun, kambag'al mamlakatlarda kam ish haqi va uzoq ish vaqti haqida o'ylash yoqimsiz, ammo dunyoning kam daromadli qismlarida odamlar uchun bu ular uchun eng yaxshi variant bo'lishi mumkin. Bolalar mehnati va majburiy mehnat kabi amaliyotlar ma'naviy jihatdan nomaqbuldir va ko'plab mamlakatlar ushbu amaliyotlardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni import qilishdan bosh tortadilar.
Importni cheklashni qo'llab-quvvatlovchi bir qator dalillar mavjud. Ushbu dalillar sanoat va raqobat, atrof-muhit muammolari va xavfsizlik va xavfsizlik masalalariga asoslangan.
Protektsionizm uchun chaqaloq sanoati argumenti shundan iboratki, kichik mahalliy sanoatlar kuchli raqobatchilarga aylanishlari uchun vaqtincha tarbiyalanishi va xorijiy raqobatdan himoyalanishi kerak. Ayrim hollarda, xususan, Sharqiy Osiyoda bu yondashuv ishlagan. Biroq, ko'pincha, chaqaloq sanoati hech qachon rivojlanmaydi. Boshqa tomondan, dempingga qarshi argumentlar (bu raqobatchilarni bozordan haydab chiqarish uchun ishlab chiqarish tannarxidan past narxlarni belgilash) ko'pincha protektsionizmni joriy qilish uchun qulay bahona bo'lib tuyuladi.
Kam daromadli mamlakatlar odatda yuqori daromadli mamlakatlarga qaraganda pastroq ekologik standartlarga ega, chunki ular oziq-ovqat, ta'lim va sog'liqni saqlash kabi bevosita asoslar haqida ko'proq tashvishlanadilar. Biroq, oz sonli ekstremal holatlar bundan mustasno, savdoni to'xtatish atrof-muhitni tozalashning samarali usuli bo'lishi dargumon.