Miqdoriy analizning fizikaviy va fizik kimyoviy usullari Reja


Kolorimetrik aniqlashlarni bajarishda ba‘zi koidalarga rioya qilish talab etiladi, jumladan



Yüklə 104 Kb.
səhifə3/5
tarix22.06.2022
ölçüsü104 Kb.
#62075
1   2   3   4   5
Miqdoriy analizning fizikaviy va fizik kimyoviy usullari

Kolorimetrik aniqlashlarni bajarishda ba‘zi koidalarga rioya qilish talab etiladi, jumladan:
1. Tekshirilayotgan eritmaga qanday reaktiv, qaysi tartibda va qancha miqdorda qo’shiladigan bo’lsa standart eritma ham usha reaktiv, shu tartibda va shuncha miqdorda qo’shiladi, ikkala xolda ham bir xil o’lchov idishdan foydalanish kerak. Ranglari solishtirilayotgan eritmalarning temperaturalari ham bir xil bo’lishi lozim
2. Rang paydo kiluvchi reaktiv qo’shishdan oldin tekshirilayotgan modda eritmasi rangsiz bo’lishi kerak, Agar u rangli bo’lsa, uni rangsizlantirish kerak.
3.Tekshirilayotgan eritma rangining intensivligi juda katta yoki kichik bo’lmasligi kerak.
4. Eritmaning rangi butun analiz davomida barkaror intensivlikka ega bo’lishi lozim. Odatda eritmalar tayyorlangach ma‘lum vaqtdan so’ng eritmalar rangi solishtiriladi
5. Tekshirilayotgan va standart eritmalarning bir kyuvetada solishtirib kuriladi.
Kolorimetriya usuli tortma va xajmiy analiz usullariga nisbatan bir qator afzalliklarga ega. Kolorimetr analizi juda tez bajariladi. Kolorimetrik usuldan tuproq, usimliklardan olingan namunalar, rudalar, kotishmalar tarkibining aniqlashda keng foydalaniladi.
Eritmalarning rangini solishtirish usullari
Eritmalar ranglarining intensivligini solishtirishda asosan vizual va fotoelektrokolorimetrik usullardan foydalaniladi. Vizual usul bilan olingan natijalarning aniqlik darajasi ancha past, chunki olingan natija tajriba o’tkazuvchining sub‘ektiv xolatiga bog’liq. Fotokolorimetrik usulda eritma rangining intensivligini o’lchash orqali ob‘ektiv ma‘lumotlar olinadi va ularning aniqlik darajasi yuqori.
Vizual solishtirish usullari
Standart seriyalar usuli. Bu usulda bitta standart eritma tayyorlanmay . balki aniqlanadigan ionning asta-sekin ortib boradigan kontsentratsiyalarga ega bo’lgan 10-15 ta standart eritmalar seriyasi tayyorlanadi. Masalan: Si2+ ionini standart seriyalar usuli bilan aniqlash uchun bir xil xajmli probirkalardan 10-15 ta olib ularga SiSO4 standart eritmasidan ortib boradigan miqdorlarda (masalan 1,00:2,00:3,00 ml ) solinadi, Si2+ ionlarini intensivligi zangori rangli [Cu (NH3)4]2+ kompleks ionlariga aylantirish uchun tegishli reaktiv (masalan NH4OH) eritmasidan barcha probirkalarga bir xil xajmda solinib, ularning xajmi bir bo’lguncha disstillangan suv qo’shib, suyultiriladi. Shunday qilib, tekshiriladigan eritmadagi misning qaysi kontsentratsiyasiga qanday rang to’g’ri kelishini Ko’rsatadigan kolorimetrik shkala hosil qilinadi. Tekshiriladigan eritmaga ham NH4OH eritmasidan qo’shib xuddi yuqoridagi kabi disstillangan suv kuyib suyultiriladi. Tayyorlangan eritmaning ranggi kolorimetrik shkaladagi standart eritmalar rangi bilan solishtirilib kuriladi. Eritmalar ranglarini intensivligingi solishtirishda komparatar asbobidan keng foydalaniladi.

Yüklə 104 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin