Boshlang’ich sinflarning dasturida matematik material bilan uzviy bog’liqlikda turli miqdorlarni ham o’rganish nazarda tutilgan. Miqdorlarsiz tabiatni, borliq olamni o’rganish mumkin emas. Chunki miqdorlarda turli narsalarning, borliq dunyoning xossalari aks etgan. Miqdor tushunchasi narsa yoki hodisaning xossasi bo’lib, bu tushunchalar o’quvchilarning butun o’qishi davrida shakllanadi.
Biz o’quvchilarga uzunlik, jismning massasi (og’irlik), hajmi, vaqt, figuraning yuzi kabi miqdorlar to’g’risida tushuncha berishimiz kerak. Bu tushunchalarni o’rganish arifmetik material bilan qo’shib o’qitiladi.
Masalan: o’lchashni o’rganish, sanashni o’rganish bilan, o’lchov birliklari sanoq sismavzusi bilan, ismli sonlar abstrakt sonlarni nomerlash bilan miqdorlar ustida amallar arifmetik amallar bilan parallel o’qitiladi. Miqdorlarni o’qitish matematikani hayot, sharoit bilan bog’liq holda o’qitib, politexnik bilimlar berish demakdir.
Hisoblash va yasash ishlarini bajarilishini, mehnat tarbiyasini, estetik ta’lim berishni kuchaytiradi. Ayniqsa miqdorlarni ko’rgazmali, aynan o’zini va laboratoriyalarda tushuntirish imkoni mavjud. Atrof muhitdagi mavjud miqdorlar va ularni o’lchashni amaliyotda ko’radilar, kuzatadilar, haqiqatligiga ishonadilar. Hisoblash ishlarini yakka bajaradilar. Miqdorlarni tushuntirishda figuralar modellar, chizmachilik va o’lchash asboblaridan keng foydalanish kerak.

Kesma uzunligini eng avvalo taqqoalash bilan kesmalarning ‘teng’, ‘katta’, ‘uzun’, ‘qisqa’, ‘kalta’ kabi tushunchalarini beramiz. Amaliy ishlar bilan bir-birining ustiga qo’yib taqqoslaydigan uzunliklarni tayoqcha yoki metallar yordamida solishtiradilar. Turli xil o’lchov birliklarini tanlash mumkin.