O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro Davlat Universitetining Pedagogika Instituti



Yüklə 487,94 Kb.
səhifə1/4
tarix20.11.2023
ölçüsü487,94 Kb.
#162267
  1   2   3   4
Qo‘shuv ( ), ayiruv (-), barobar (=) ishoralari bilan tanishtirish


O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Buxoro Davlat Universitetining Pedagogika Instituti

Maktabgacha ta'lim” yo'nalishi


Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyasi” fanidan



MUSTAQIL ISH


Mavzu: Qo‘shuv (+), ayiruv (-), barobar (=) ishoralari bilan tanishtirish.
Guruh: 5MT-21 S
Bajardi: Roziqova Rushana.
Rahbar: Yashiyeva F.Y.


Buxoro - 2022

Mavzu: Qo‘shuv (+), ayiruv (-), barobar (=) ishoralari bilan tanishtirish.


Reja:

  1. Son va sanoq.

  2. Qoʼshuv (+), ayiruv (-), barobar (=) ishoralari bilan tanishtirish.

  3. Boshlang`ich sinflarda “tenglik” va “tehgsizlik” tushunchalarini o’rgatish.



Elementar matematik malakalar. Bola elementar matematik malakalarga ega. Jumladan quyidagilarni bajara olishi kutiladi:
hayotda son va sanoqning ahamiyatini tushunadi;
geometrik shakllar va figuralami biladi;
20gacha bo‘lgan ayrim matematik harakatlami bajaradi;
10 gacha qo‘shish va ayirishli sodda matematik vazifalami yechadi (son va belgilarni qo‘llagan xolda +, –, =);
son qatori haqida tushunchaga ega guruhlami teng yoki teng emasligini tahlil qiladi (qanchaga ko‘p?, qanchaga kam?);
hajmi, balandligi va qalinligiga qarab predmetlami ketma ket joylashtiradi;
shartli belgi asosida suyuq, sochiluvchan va qattiq materialni o‘lchaydi.
Elementar matematika (6-7 yosh). Elementar matematik koʼnikmalar va bilimlarni rivojlantirish. Bolaning mantiqiy tafakkurini va hisoblash malakasini oʼstirish.
Son va sanoq. Bolada soni 10 tagacha boʼlgan buyumlarni toʼgʼri va teskari sanash koʼnikmasini mustahkamlash, koʼrsatilgan songa binoan buyumlarni sanab chiqishni mashq qildirish.
0 dan 9 gacha boʼlgan raqamlarni yozib, bu qanday raqam ekanligini oʼrgatishni davom ettirish.
Birdan oʼngacha boʼlgan sonlarning har biri uchun oldingi va keyingi sonni topishni mashq qildirish; 1-10 sonlari oʼrtasidagi nisbatni tushunishni mustahkamlash; istagan sondan boshlab toʼgʼri va teskari tartibda son nomini aytish, “...gacha va keyin”, “oldingi va keyingi” iboralarni tushunish.
10 gacha tartib bilan sanash, miqdor va tartib sanoqni farqlash, “qancha?”, “hisob boʼyicha nechanchisi?” degan savollarga toʼgʼri javob bera olish.
Turli holatda joylashgan (doira, kvadrat, uchburchak ichida, bir qator) 10 tagacha boʼlgan bir xil va turli xil buyumlarning sonini aniqlashni mashq qilish orqali son buyumning joylashishiga bogʼliq emasligi haqidagi tasavvurlarni mustahkamlash.
Ikki kichik sondan 10 gacha boʼlgan sonlarni hosil qilishni (aniq material asosida) oʼrgatishni davom ettirish.
10 gacha boʼlgan sonni oʼzidan kichik boʼlgan ikkita songa (buyumlar misolida) ajratish. Masalan, “Senda 10 ta yongʼoq bor, beshtasini akangga berding. Oʼzingda nechta qoldi?” degan savol bilan murojaat qilish.
15 gacha tartib bilan sanash koʼnikmalarini (koʼrgazmalilikka tayanib) shakllantirish. 10 dan 15 gacha boʼlgan sonlarni yozuvda tanishtirish.
Yonma-yon turgan sonlarni qiyoslashni mashq qildirish (12-11 dan 1 ta koʼp, 11 esa 12 dan 1 ta kam). Sonlardan har birini 1 taga oshirish va kamaytirishga oʼrgatish (15 gacha boʼlgan sonlar ichida).
1 dan 20 gacha sanashni oʼrgatish. 1 dan 20 gacha boʼlgan sonlar oʼrtasidagi munosabatlarni (koʼrgazmalilikka tayanib) tushunishni mustahkamlash: 16 soni 15 dan 1 ta koʼp, agar 16 ni 1 ga kamaytirilsa 15 boʼladi; 15 soni 16 dan 1 ta kam, agar 15 ga 1 ta qoʼshsak 16 boʼladi.
15 dan 20 gacha boʼlgan sonlarni yozuvda tanishtirish. Аytilgan sondan oldingi va keyingi sonning nomini aytishga oʼrgatish.

Yüklə 487,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin