O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro Davlat Universitetining Pedagogika Instituti



Yüklə 487,94 Kb.
səhifə3/4
tarix20.11.2023
ölçüsü487,94 Kb.
#162267
1   2   3   4
Qo‘shuv ( ), ayiruv (-), barobar (=) ishoralari bilan tanishtirish

Fazoda moʼljal olish. Bolaga qogʼoz varagʼi sathida buyumlarning qanday joylashganligini (oʼng, oʼngroq, chap, chaproq, oʼrtasida, yuqori, yuqoriroq, past, pastroq) aniqlashga oʼrgatish.
Bola bilan tevarak-atrofdagi narsalarning vaziyatini aniqlashga doir mashqlarni bajarish.
Vaqt boʼyicha ilk tushunchalar. Bolani soat bilan tanishtirish. Bola bilan koʼproq suhbatlashish, undan ertalabdan kechqurungacha qanday oʼtganligini aytib berishnisoʼrash.
Kelgusi oy, sana nomi bilan tanishtirish. Kecha qanday sana boʼlganligini, ertaga qanday sana boʼlishini aytishga oʼrgatish.
Hafta kunlari va yil fasllari izchilligi haqidagi bilimlarni mustahkamlash, kelgusi oyning nomini aytishni mashq qildirish.
Taʼlimiy oʼyinlar. Bola egallagan bilim va koʼnikmalar quyidagi oʼyinlar orqali mustahkamlanadi:
“Nima oʼzgardi?”, “Nechta bir xil rangli doira?”, “Matematik estafeta”, “Domino”, “Uddaburon sanoqchiga – bayroqcha”, “Doirani aylantiring”, “Toping-chi, kimning boʼyi uzun?”, “Geometrik domino”, “Shakllarni toʼrtta choʼntakka joylang”, “Ziyrak boʼling”, “Berilgan shaklni kim tezroq tuza oladi?, “Qanday shakl hosil boʼladi?”, “Shaklni toping”, “Qaysi shakl yetishmaydi?”, “Men nimani aytsam shuni bajaring”, “Shakllarni toʼgʼri joylashtiring”, “Teskari sanoq”, “Qaerga borasan, nimani topasan?”, “Kecha, bugun, ertaga”, “Topgan-topaloq”, “Butun va qismlar”, “Rangli doiralar va ovallar”, “Hafta”, “Mozaika”, “Bayroqchaga qarab yur”, “Fasllar”, “Kim bilsa davomini sanasin”, “Bir xilini top”, “Ha-yoʼq”, “Toping nechta oʼyinchoq?”, “Shartli belgilar asosida harakat qilamiz”, “Munchoqlarni ipga tizing”, “Oʼngda- chapda, oldinda-orqada”, “Qoʼngʼiroqcha qaerda jiringlayapti?”, “Men qanday son oʼyladim?”, “Garaj”, “Etadimi?”, “Koʼp, oz, shuncha” vab.
Maktabgacha ta’limning maqsadi bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish; bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish; bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish.
Ta’lim-tarbiya jarayoniga bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy rivojlantirishni ta’minlaydigan zamonaviy ta’lim dasturlari, ilg‘or axborot texnologiyalarini joriy etish, tarbiyalanuvchilarni maktabga tayyorlash darajasini oshirish, maktabgacha ta’limni boshqarishning zamonaviy standartlarini yaratish bugungi kunda maktabgacha ta’lim tizimi oldida turgan asosiy vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim tizimining birlamchi yo‘nalishlaridan biri maktabgacha yoshdagi bolalarda bilish jarayonining rivojlanishi sohasi hisoblanadi.
Bilish jarayonining rivojlanishi sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:
bilim olishga faol qiziqishni namoyon etadi;
o‘quv va hayotiy faoliyat uchun axborotni mustaqil ravishda topadi va undan foydalanadi;
predmetlar, voqealar va ko‘rinishlar o‘rtasidagi oddiy aloqalarni tushunadi va ularni yaxlit bir butunlik sifatida idrok qiladi;
raqamlar, hisob-kitobni biladi va ularni hayotda qo‘llaydi;
makon, shakl va vaqtga mos ravishda ish tutadi;
elementar matematik hisoblashlarni amalga oshiradi;
atrof-muhitdagi voqea-hodisalar va ko‘rinishlarni kuzatadi va tadqiq qiladi;
atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona va munosabatni namoyon etadi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish sohasida davlat siyosatini muvaffaqiyatli yuritishga va ta’lim-tarbiya jarayonlarini talab darajasida tashkil etishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolar va kamchiliklar mavjud. Bular quyidagilar:
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim samaradorligini baholash va takomillashtirish bo‘yicha ilg‘or horijiy tajribalarni o‘rganish asosida ishlarni to‘laqonli yo‘lga qo‘yilmaganligi;
ta’lim-tarbiya usullarining ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiluvchi mexanizmlarning yo‘qligi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilar uchun zamonaviy sharoit va ehtiyojlar asosida ishlab chiqilgan o‘quv -metodik adabiyotlar yetarli darajada ta’minlanmaganligi;
mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan ta’limiy islohotlarga hamohang tarzda maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun tasviriy faoliyat bo‘yicha zamonaviy mazmun mohiyatini kasb etuvchi metodik ishlanmalar yetarli darajada yaratilmaganligi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining malakali pedagog kadrlar bilan to‘liq ta’minlanmaganligi;
matematika mashg‘ulotlarini tashkil etish uchun multimedia va didaktik materiallarning yetishmasligi;
maktabgacha ta’lim va boshlang‘ich ta’lim o‘rtasidagi uzviylikning mavjud emasligi;
zamonaviy o‘quv metodik materiallar va ko‘rgazmali qurollarning yetishmasligi;
ilg‘or ish tajribalarni ommalashtirish talab darajasida tashkil etilmaganligi.

Yüklə 487,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin