2.Vaqt birliklari bilan amallar bajarish. Bir necha dars vaqt birligi qatnashgan ismli sonlar ustida amallar bajarishga ajratiladi.
12 soat 45 minut, 15 soat 35 minut, 10 soat 30 minut, 8 soat 48 minut
Vaqtni qo’shishni o’rganishdan oldin, ana shunday mashqlar qaraladiki, ularda minutlar yoki sekundlar yig’indisi 24 soat dan kam, kunlar yig’indisi 30 dan yoki 31 dan kam,…
Ayrishni qarashda quyidagi misollar tavsiya qilinadi:
1 soat -34 min, 3 m -26 sekund
Bular uchun 1soat-34 min =60 min -34 min=26 minut
3 min-26 sek= 2 min 60 sek-26 sek = 2 min 34 sek deb tushuntirish lozim.
Bu mavzuni o’rganishda vaqt hisobini 1 sutkani 24 soat hisobida olib borish malakasi quyidagicha chizma bilan tushuntiriladi.
0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12
Bu chizma yordamida kechki soat 7-bu soat; 19;11 esa kechki soat 23; Kunduzi 3-bu soat 15 ekanligini tushuntiriladi.
Vaqt hisobiga oid masalalarni yechishda ham o’quvchilar shu chizmadan foydalanishadi. IV sinfda sutka ichida hisoblashga oid quyidagi masalalar qaraladi.
1) Hodisaning boshlanishi bilan oxiri orasida o’tgan vaqtga ko’ra uning oxirini topishga oid masalalar.
Misol:1) 1-soat 8 s 30 min boshlanadi, dars 45 minut davom etadi, tanaffus qachon bo’ladi?
2) Hodisaning boshlanishini uning oxiri va hodisa davom etgan vaqtga ko’ra toppish.
Misol katta tanaffus 30 minut davom etdi, kirish 11 s 45 minut bo’ladi. Katta tanaffusga chiqish qachon bo’lgan?
3) Berilgan hodisalar orasida o’tgan vaqtini hisoblash.
Misol: Mustaqillik kuni 1991 yil 1-sentyabrda bo’lgan. 2000 yil 1 dekabrda mustaqillikka qancha vaqt bo’lan?
Vaqt o`lchov birliklari Vaqt tushunchasini uzunlik, massa tushunchalariga nisbatan ancha murakkab bo‟lgan kattalik miqdor sifatida qaraladi, chunki vaqt oraliqlari uzunlik, yuz, og’irlik xossalariga o’xshash masalalariga ega. Kundalik hayotda vaqt bir voqeani ikkinchi voqeadan ajratib turadi. Vaqt birliklarini taqqoslash, qo’shish, ayirish mumkin. Insonning butun umri vaqt bilan, vaqtni o’lchash, taqsim qilish, qadrlash uquvi bilan bog’liq. Vaqt uzluksiz o’tadi, uni to’xtatish ham, qaytarish ham mumkin emas. Vaqt oraliqlari o’lchanadi. Birlik sifatida qabul qilingan vaqt oraligidan bir martagina foydalanish mumkin. Shuning uchun vaqt birligi muntazam ravishda takrorlanuvchi jarayon bo’lishi kerak. Xalqaro sistemada bunday birlik qilib sekund olingan. Sekund bilan bir qatorda vaqtning boshqa birliklari minut, soat, sutka, yil, hafta, oy, asr ishlatiladi. Yil va sutka birliklari tabiatdan olingan, soat, minut, sekund birliklari kishilar o’ylab topgan. Yil Yerning Quyosh atrofida aylanish vaqti, sutka Yerning o’z o’qi atrofida aylanish vaqti. Yil taxminan 365 sutkaga teng. Lekin kishilarning bir yilgi hayoti sutkalarning butun sonlaridan tuzilgan. Shuning uchun har yilga olti soatdan qoshis’h o’rniga har to’rtinchi yilga butun sutka qo’shiladi. Bu yil 366 kundan iborat bo’lib, kabisa yili deyiladi. Bizning eramizgacha 46- yilda Rim Imperatori Yuliy Sezarь o’sha paytda chalkashib ketgan kalendarni tartibga solish maqsadida yillar shunday navbat bilan keladigan kalendarni yaratdi. Shuning uchun bu yangi kalendar yulian kalendari deyiladi. Shu kalendarga asosan yangi yil 1- yanvardan boshlanadi va 12 oy davom etadi. Bu kalendarda vavilonlik astronomlar yaratgan vaqt o’lchovlaridan hafta ham saqlanib qolgan. Oy vaqtning uncha aniq bo’lmagan birligidir, u 31, 30, 28, 29 kundan iborat. Ammo bu birlik qadim zamonlardan beri mavjud va u oyning yer atrofida aylanishi bilan bog’liq. Oy taxminan 29,5 sutkada yerni to’la bir marotaba aylanib chiqadi va bir yilda taxminan 12 marta aylanadi. Shu ma’lumotlar qadimgi kalendarni tuzishga asos bo’ldi. Ko’p asr davomida izlanish, mukammallashtirish natijasida hozirgi kalendar vujudga keldi. Sutkaning hozirgidek 24 soatga bo’linishi ham qadimgi davrdan kelib chiqqan bo’lib, u qadimgi Misrda kiritilgan. Minut, sekund qadimgi Vavilonda kelib chiqqan.
1 soatni 60 minutligi, 1 minutni 60 sekundligini Vavilonlik olimlar topganlar. 1 soat = 60 minutga, 1 minut=60 sekundligiga vavilonlik olimlar yaratgan oltmishli sanoq sistemasining bor deb faraz qilinadi.
I-IV sinflarda bolalar yil, oy, hafta, sutka, soat, minut, sekund, asr “vaqt o’lchovi” ning asosiy birliklari haqida aniq tasavvurga ega bo’lishlari kerak.
Voqealarning vaqt bo‟yicha ketma-ketligi ham (nima avval bo‟lgan edi, nima keyin bo‟lgan edi) va hodisalarning davomiyligi haqidagi tushuncha ham bolalar tomonidan qiyin o’zlashtiriladi. Birinchi sinf o’quvchilarida vaqt haqidagi tasavvurlar maktabgacha yoshdagi bolalardagi kabi eng avvalo ularning amaliy faoliyatlarida shakllanadi; kun rejimi, tabiat kalendarining yuritilishi, hikoyalar, ertaklar o’qiganlarida va kinofilmlar ko’rganlarida voqealarning ketma-ket kelishini qabul qilinishi, har kuni daftarlarda ish kunini yozib borilishi vaqt o’zgarishini ko’rishga, vaqt o’tishini his qilishga yordam beradi. Dastur 1-sinfda bolalarni hafta kunlari va ularnig kelish tartibi bilan tanishtirishni ko’zda tutadi. Shu bilan birga dastur yildagi oylarning nomlarini va ularni kelish tartibini bilib olishlarini, tanish vaqt oraliqlarini taqqoslashni ya’ni nima uzoq davom etadi, darsmi yoki tanaffusmi, o’quv choragimi yoki kanikulmi, yoshi bir xil, yoshi kichik, yoshi har xil kabi tushunchalarni o’rgatishni nazarda tutadi. Bolalarda yig’ilgan bunday tasavvurlar ikkinchi sinfda vaqt o’lchovlarini o’rganishga zamin bo’ladi. Berilgan mavzuni o’rganishga bag’ishlangan birinchi darsda bolalarda yil, oy, hafta haqidagi tasavvurlarni shakllantirishga doir ishlar bajariladi. Yil, oy, hafta bilan tanishtirishda o’qituvchi tabel kalendardan foydalanadi. Bolalar tabel kalendar yordamida bir yilda o’n ikki oy borligi, davomiyligi bir xil bo’lgan oylarning nomini o’zlashtiradilar, ajratadilar: aprel , iyun, sentyabr, noyabr 30 kundan, qolgan 7 oy esa 31 kundan, oddiy yilning fevrali 28 kundan, kabisa yili esa 29 kundan iborat. Shu bilan birga kalendardan oyning tartib raqamini aniqlash o’rgatiladi. Masalan yilning beshinchi oyi qanday ataladi? Iyul, avgust, oktyabr tartib bo’yicha nechanchi oylar?
Agar oy va sana ma’lum bo’lsa, haftaning kunini aniqlaydilar va aksincha haftaning kunlari ma’lum bo’lsa, bu kun oyning qaysi sanasiga to’g’ri kelishini aniqlash mumkin.
Bolalarni kalendar bo’yicha quyidagi savollarga javob berishga o’rgatiladi: - Bu yil Mustaqillik bayrami, Navro‟z bayrami, Xotira kunlari haftaning nechanchi kunlariga to’g’ri keladi?
- Yanvar, mart, may, dekabr yilning nechanchi oylari?
- Yilda ikkinchi, to’rttinchi, sakkizinchi bo’lib keluvchi oyning nomi nima?
- Kalendardan biling-chi bahorgi kanikul necha kun davom etarkin? (bahorgi kanikul 21 martdan boshlanib 1 aprelgacha davom etadi.)
Bunday savollarni yana davom ettirish mumkin, yilda oyning kelish tartibini belgilashda rim raqamlaridan foydalaniladi.
Sutka tushunchasi sutkaning bolalarga yaqin bo’lgan qismlari-ertalab, kunduzi, kechqurun, tun (yoki eralabdan kechgacha bo’lgan kun va tun) orqali ochib beriladi. Bundan tashqari davomiyligining tartibi haqidagi tasavvurga tayaniladi: kecha, bugun, ertaga, ertadan keyin, oldingi kun, indin, o’tgan kuni. Bolalarga kecha ertalabdan bugun ertalabgacha o’tgan vaqt oralig’i sutka deb ataladi deb tushuntiriladi. Tabel-kalendardagi chislolar sutkalarni ifodalashini sutkalar kechasi soat 12 da boshlanishi tushuntiriladi: shundan keyin soat va minut tushunchasi o‟rgatiladi. Bolalarning bu vaqt oraliqlari haqidagi aniq tasavvurlari ularning amaliy faoliyatlari, kuzatishlari asosida shakllantiriladi. Masalan: 1 soat bitta 60 dars bilan katta tanaffusning davom etishidir. Bir minutning qancha davom etishini shakllantirish uchun mashqlar kiritiladi. Bu mashqlar yordamida bolalar bir minutda nima qilish mumkinligini bilib oladilar. Masalan bir minutda qancha sanay olasan? Nechta misol echa olasan? O’rtacha qadam bilan bir minutda necha metr bosish mumkin? Soat va minut bilan tanishtirishga bag’ishlangan birinchi darsdayoq vaqt o’lchovlari orasidagi munosabatlar aytiladi: bir sutka yigirma to’rt soatdan, bir soat oltmish minutdan iborat. Bu bosqichda soat bilan tanishtirish asosiy ish bo’lib hisoblanadi. Soatning demonstrasion modeli yordamida o’qituvchi soatning tuzilishi, ishlashini, hamma soatlar shunday yasalganini, ya’ni katta strelka bir kichik chiziqchadan ikkinchi kichik chiziqchagacha bir minutda ot’ishini, kichik strelka esa bir katta chiziqdan ikkinchi katta chiziqgacha bir soatda o’tishini aytadi. Shuning uchun katta strelkani minut strelkasi kichik strelkani esa soat strelkasi deyiladi.
Shundan keyin o’qituvchi bolalarga vaqt hisobi yarim kechadan yoki tushdan boshlanishini aytadi. Bolalar vaqtni soatga qarab aniqlashni o’rganishlari uchun siferblatli soat modellaridan foydalanadilar. So’ngra soat modellaridan foydalanishga doir mashqlar tavsiya qilinadi: masalan belgilangan vaqtini aytish va o’qituvchi aytgan vaqtni belgilash taklif qilinadi. So’ngra vaqtni soat va minutlar bilan aniqlashning turli ifodalanishi o’rgatilinadi: masalan: “9-u 30 minut, soat 9 dan 30 minut o’tdi, 9 yarim”, “soat 4-u 45 minut, 15 ta kam 5, chorakam 5”. Shu bilan birga dastur bolalarni kunduz yoki kechani birdan o’n ikkigacha bo‟lgan soatlarning aytilishi ham o’rgatiladi. Ya’ni soat modelida birdan o’n ikkigacha bo’lgan sonlar bor. Shuning uchun vaqtni aytishdan oldin hozir ertalab yoki kechqurun, kunduzi yoki kechasi ekanligini aniqlab olish lozim. Masalan kunduz soat 4 yoki kechasi soat 4. Sutka tungi soat 0 dan boshlanadi. Soat 0 dan kunduz soat 12 gacha sutkaning birinchi yarmi o’tadi. Bir soatdan keyin soat 13 (yoki kunduz soat 1) bo’ladi. Sutka boshidan 24 soat o’tgandan keyin soat yana soat 0 ni ko’rsatadi.
3-sinfda o’quvchilar o’zlari uchun yangi vaqt birliklari-sekund va asr bilan tanishadilar. Sekundning davomiyligi haqida aniq tasavvurlarga ega bo’lishi uchun bolalarga 1 sekunda 1-2 qadam bosish, 1 metr o’tish mumkinligi, 1 sekund ichida nima qilish mumkinligi o’rgatiladi.
Asr tushunchasini kiritish ancha murakkab, chunki bolalar bu ulkan vaqt oralig’ini fikran qamrab olishlari ancha qiyindir. O’qituvchining vazifasi vaqtning yilga nisbatan eng katta o’lchov birligi asrni tushuntirishda shunday misollarni tanlashdan iboratki, ular bolalarga ozgina bo’lsa ham 100 yilga teng vaqt oralig’I davomiyligi qancha bo’lishi haqida tasavvur bersin. Demak, 100 yil vaqt oralig’I davomiyligi haqida tasavvurni bolalar o’z yoshlarini, yaqin kishilarning yoshlarini asr bilan taqqoslash asosida oladilar. Asr ko’rilayotgan vaqt birliklari oarsidagi eng yirigidir. “Vaqt o’lchovlari” mavzusini o’rganish uchun bir qator darslar ajratiladi. Bu darslarning vazifasi vaqt o’lchovlari haqidagi bilimlarni kengaytirish va ularni sistemaga solishdan iborat. Bu mavzuni o’rganish vaqt o’lchovlari jadvalini tuzish va uni o’zlashtirishdan boshlanadi:
1 asr = 100 yil, 1 sutka = 24 soat, 1 yil = 12 oy 1 soat = 60 minut, 1 oy = 30 yoki 31 sutka ,1 minut = 60 sekund. Fevral oyi 28 yoki 29 sutka. Oddiy yil 365 sutka, kabisa yili 356 sutka.
Bir necha dars vaqt o’lchovlari qatnashgan ismli sonlarni qo’shish va ayirish bilan bolalarni tanishtirishga bag’ishlanadi.
4 soat 13 minut-59 minut = 3 soat 14 minut
194 minut = 3 soat 14 minut
1 soat-34 minut = 60 minut-34 minut = 26 minut.
Boshlang’ich sinflarda vaqt o’lchovlariga oid masalalar quyidagi mazmunda bo’ladi:
I. Hodisaning boshlanishi va boshlanishi bilan oxiri orasidagi o’tgan vaqtga ko’ra uning oxirini topishga oid masalalar.
II. Hodisaning boshlanishini uning oxiri va boshlanishi bilan oxiri orasidagi o’tgan vaqtga ko’ra topishga doir masalalar.
III. Berilgan hodisalar orasida o’tgan vaqtni hisoblashga oid masalalar. Bu o’zaro teskari masalalarni bir vaqtga kiritiladi va yechishga o’rgatiladi.
Nazorat savollari 1. Boshlang’ich sinflarga qaysi vaqt o’lchovlari o’rgatiladi?
2. Vaqt o’lchovlarini o’rganish nechanchi sinfdan boshlanadi?
3. Birinchi bo’lib qaysi birliklar o’rgatiladi?
4. Vaqt o’lchovlarini o’rganish uchun qanday ko’rgazmali qurollardan foydalaniladi?
5. Sutka nima asosida o’rganiladi?
6. Soat va minut qanday o’rgatiladi?
7. Asr va sekund o’lchov birliklari qanday o’rgatiladi?
8. Vaqt o’lchov birliklari ustida qaysi amallar bajariladi?
9. Vaqt o’lchovlariga oid masalalar qanday mazmunda bo’ladi?