Mirzayev Muzaffar Maxmudovich xmi va mamlakatshunoslik fakulteti 2-kurs magistranti



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix10.10.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#64819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Yaponiya iqtisodiyoti rivojlanish bosqichlarining xususiyatlari

1-bosqich. Yaponiyaning Ikkinchi jahon urushidagi mag’lubiyatidan 
so’ng Ittifoqchi qo’shinlar oliy shtabi iqtisodiy islohotlar yo’nalishlarini 
belgilab berdi. AQSHning Yaponiyadagi okkupatsion hukumati maslahatchisi 
Djozef Dodj tomonidan taklif etilgan “Dodj rejasi”ga (1949-1950 yillar) 
muvofiq, Yaponiya iqtisodiyotini qayta tiklash uchun istiqbolli ishlab chiqarish 
tizimi joriy etildi
2
. Bunday ishlab chiqarish tarmoqlariga qora metallurgiya, 
toshko’mir sanoati, elektroenergetika, temir yo’l va dengiz transporti kabilar 
kiritildi.
Bu tarmoqlarni rivojlantirishda to’g’ridan-to’g’ri nazorat metodlari (past 
narxlarning belgilab qo’yilishi, narxlar orasidagi farqni kompensatsiya qilish, 
imtiyozli kreditlash, import tovarlarini kvotalash) qo’llanildi. Shuningdek, 
soliqlar oshirilib, inflyatsiya darajasini kamaytirish maqsadi qo’yildi. Natijada 
Yaponiyada davlat byudjetining profitsit bilan bajarilishiga erishildi
3
.
Agrar islohotlar feodal yer egalik shaklini bekor qildi. Antimonopol 
chora-tadbirlar Yaponiya konsernlari tuzilmalarining qayta qurilishiga olib keldi. 
Urushdan voz kechish siyosati esa mamlakat harbiy xarajatlarining jahon 
bo’yicha eng minimal darajada, ya’ni YaIMga nisbatan 1 foiz atrofida qolishiga 
turtki berdi. Yuqorida sanab o’tilgan omillar Yaponiya iqtisodiyotining qayta 
tiklanishida hal qiluvchi rol o’ynadi. Bu davr iqtisodiyotning mehnat va kapital 
sig’imi yuqori bo’lgan tarmoqlarini rivojlantirishga urinish bilan ham 
tavsiflanadi. Urushdan keyin iqtisodiy rivojlanish mineral-xom ashyo 
resurslariga past narxlar belgilanishi sharoitida yuz bera boshladi. 
1.1-diagramma. 
Yaponiya YaIM dinamikasi, joriy narxlarda, AQSH dollarida 
2
Лебедева И.П., Тимонина И.Л. Экономика Японии. «Восточная литература», - М.: 2008, 15-bet. 
3
Мировая кризис и Япония / Рук. Проекта Э.В. Моладякова. – М., АИРО-XXI. 2009. – 256 с.


Bu Yaponiyaga importga tayanib rangli va qora metallurgiya, neftni qayta 
ishlash, kemasozlik va shu kabi energiya, resurs va kapital sig’imi yuqori 
bo’lgan sanoat tarmoqlarini barpo etish imkonini berdi. Masalan, 1953-1971-
yillar oralig’ida qayta ishlash sanoati 10,6 marta, mashinasozlik sanoati 
mahsulotlarini ishlab chiqarish 24,9 marta, neft mahsulotlari va toshko’mir 
ishlab chiqarish 19,3 marta, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish 12 marta 
hamda po’lat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 10 martaga oshdi. Kapital 
sig’imi yuqori bo’lgan tarmoqlarning rivojlanishi natijasida ish bilan bandlik va 
aholining turmush darajasi ko’tarildi. Qog’oz, radiotexnika, avtomobil kabi 
mehnat sig’imi yuqori sanoat tarmoqlari ham yonma-yon ravishda rivojlandi.
1964-1973-yillarda iqtisodiy o’sish sur’ati oldingi yillarga nisbatan 
yanada jadallashdi. Mamlakatning 1964-1973-yillardagi iqtisodiy rivojlanish 
davri mamlakat iqtisodiyoti tarixida “tez taraqqiyot” davri nomini oldi. Shu 
yillarda iqtisodiy o’sish yiliga o’rtacha 14 foizni tashkil qildi va “iqtisodiy 
mo’jiza”ga erishildi. 
Natijada 1970-yillardan boshlab Yaponiya mamlakati “kunchiqar 
mamlakat” deb atala boshlandi. Yalpi ichki mahsulot 1955-1973-yillar 
oralig’ida o’rtacha 10 foiz o’sdi
4

Yangi tarmoqlarning rivojlanishiga hukumat tomonidan olib borilgan 
protektsonizm siyosati ham yordam berdi. Bu siyosat doirasida hukumat moliya 
institutlarining kreditlari hamda turli imtiyozli soliqlar kabi dastaklardan 
foydalandi. Eksportni qo’llab-quvvatlash kompleks chora-tadbirlari amalga 
oshirildi. Xususan, faqat tashqi savdo operatsiyalarini sug’urta qiluvchi va 
kreditlovchi maxsus tashkilotlar tuzildi.
1950-60-yillarda mamlakatda qattiq valyuta nazorati tizimi amal qilgan 
bo’lib, bu xususiy milliy kapitalning xorijga “oqib” ketishi va xo’jalikka xorijiy 
kapitalning kirib kelishiga to’sqinlik qilar edi. O’sha davrda Yaponiya 
iqtisodiyoti kapital qo’yilmalar darajasi yuqoriligi bilan ajralib turardi. Bu 
ko’rsatkich bir necha yillar mobaynida yuqorilab borib, 1970-yillarning birinchi 
yarmida sanoati rivojlangan mamlakat uchun juda katta ko’rsatkich – 39 foizga 
chiqdi. 
Xorijiy kapitalning portfel investitsiyalar, qarzlar va zayomlar shaklida 
ishlatilishi jamg’arish normasining ko’tarilishiga olib keldi. Lekin 1950-1960-
yillar oralig’ida xorijiy valyutadagi qo’yilmalarning yalpi kapital qo’yilmlardagi 
ulushi 2,5 foiz atrofida bo’ldi. 1950-1975-yillar oralig’ida qariyb 32 mlrd. 
AQSH dollari miqdorida mablag’ jalb etildi. Yangi tarmoqlarning shakllanishi 
va tez rivojlanishida xorijiy kapital muhim ahamiyat kasb etdi. Qarz va 
zayomlar Yaponiyaga AQSHning eksport-import banki tomonidan taqdim etildi. 
Kapital qo’yilmalarning yuqori normasi mavjud ishlab chiqarishning 
qayta jihozlanishi hamda qurilishning katta hajmlarda amalga oshirilishini 
bildirar edi. Asosiy vositalar yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga 
4
N.To’xliyev “Osiyo taraqqiyot modeli”. –T.: “O’zbekiston”, 2015. -176b. 


sarflandi. Bu esa asbob-uskunalarning eng so’nggi modelda bo’lishini ta’minlab 
berdi. Ularning o’rtacha foydalanish muddati 5,5 – 6 yil qilib belgilandi. 
AQSHda esa bu ko’rsatkich 9-10 yildan iborat edi. Seriyali ishlab chiqarish esa 
kapital qo’yilmalarning yuqori samaradorligini ta’minladi
5
.
1960-yillarning o’rtalarigacha ishlab chiqarish fondlari hajmi o’sishi 
qishloq xo’jaligidagi mehnat resurslarining ommaviy oqimi bilan ta’minlangan. 
Arzon, ammo yetali darajada malakaga ega bo’lgan ishchi kuchini ishlatish 
raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish imkonini bergan.
Yaponiyaning 1950-60-yillardagi xo’jalik rivojlanishi xorijdan texnik va 
texnologik patent va litsenziyalarni sotib olish siyosatining o’ziga xosligi bilan 
ham ajralib turadi. Ya’ni chet davlatlarning ilm-fan sohasidagi yutuqlaridan 
o’zida uncha katta bo’lmagan texnologik takomillashtirishni aks etgan mahsulot 
ishlab chiqarishda foydalanish keng tus oldi. Bu avvalambor moddiy va 
moliyaviy resurslarni tejash hamda vaqtdan yutish, shuningdek, ham anhanaviy, 
ham zamonaviy sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarish turlarini kengaytirish 
imkonini berdi. Bu siyosat natijasida 1950-60-yillarda YaIM yiliga o’rtacha 11-
12 foiz o’sib bordi. Yaponiya shu yillarda jahon sanoat ishlab chiqarishidagi o’z 
pozitsiyasini mustahkamlab oldi. 1960-yilda Yaponiyaning yalpi jahon ishlab 
chiqarishidagi ulushi 3 foizni tashkil etdi. 1970-yilga kelib esa bu ko’rsatkich 
ikki baravar oshdi va 6 foizga yetdi. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin