Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti ekologiya fakulteti talabalari uchun 3-oktyabrdab 3-dekabrgacha 180 soatga mo’ljallangan pedogogik amaliyot o’tash to’g’risida dastur ishlab chiqilgan



Yüklə 14,69 Kb.
tarix19.06.2023
ölçüsü14,69 Kb.
#132712
Mirzo Ulug


Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti ekologiya fakulteti talabalari uchun 3-oktyabrdab 3-dekabrgacha 180 soatga mo’ljallangan pedogogik amaliyot o’tash to’g’risida dastur ishlab chiqilgan. Dasturga muvofiq Ekologiya fakulteti talabalari Toshkent viloyati Bekobod tumanida joylashgan 59-umumiy o’rta ta’lim maktabida amaliyot o’tash uchun biriktirildi.
Amaliyotni ilk haftasida menga biriktirilgan biologiya fani o’qituvchisi Djurayeva.N va tabiiy fanlar o’qituvchisi Oxunova.M bilan hamda ular dars beradigan sinflar bilan tanishdim. Ularning dars o’tish jarayonlarini kuzatdim. Metodlarini tahlil qildim. Undan tashqari boshqa fan o’qituvchilarining dars tahlillariga kirib ularning ham dars o’tish jarayonlarini kuzatdim. Men asosan 3-6-7-8-9-sinflar bilan ekologiya faniga kirish, fanning mazmun mophiyati, ekologiya fani asosi hamda shu kabi ekologik bilimlarni maktab darsligi hamda universitetda olgan bilimlarimni birlashtirgan holda dars o’tdim. Darslarda men aqlni charxlovchi aqliy hujumlardan bolalarni taqdirlovchi bal kartochkalaridan, bundan tashqari turli tarqatma materiallardan foydalandim. Amaliyotim davrida boshqa o’qituvchilar darslariga tahlilga kirdim. Ularning dars o’tish jarayonini kuzatdim. Yutuq va kamchiliklarini o’rgandim. Shu qatori ular ham mening dars tahlilimga kirishdi.
O’quvchilar bilan masofa saqlash, shu bilan birga ular bn yaqin bo’lish ularning psixologiyasini o’rganish lozimligini ular bilan qay tarzda muloqot qilinishi va amaliyot davomida qiladigan ishlarimiz haqida aytib o’tdilar.
Xulosa
Ushbu amaliyot davomida men nazariy jihatdan o'rgangan ko'plab metodlarimni, bilimlarimni amaliy jihatdan qo'llab ko'rdim va ma'lum darajada o'zimda pedagogik mahoratni shakllantirdim. Metodlarni o'quvchilarning yoshiga va sinflarning bilim darajasiga qarab tanlash kerakligini tushundim. Amaliyot davomida yillik taqvimiy rejalar, sinf jurnali va boshqa hujjatlardan foydalanishni o'rgandim. Amaliyot olib borganimiz sababli pedagogiklik kasbi nechog'lik murakkab va mashaqatli kasb ekanligiga amin bo'ldim. O'quvchilar bilan do'stona munosabatda bo'lish kerakligini tushundim va buni kelajakda albatda inobatga olaman. Amaliyot Dvrida o’zimga ketrakli bo’lgan bilimlarni egalladim. Kelajakda shu soxa bo’yicha kerakli kadr bo’lib yetishaman.
Ekologiya fakulteti 5 kurs 501-guruh talabasi H.Sanginov
Amaliyotga maktab tomonidan taynlangan rahbar M.Djo’rayeva
Amaliyotga kafedradan tayinlangan rahbar A.Doniyorov
Yüklə 14,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin