HISOBOTI 2-hafta (06.10.2023-09.10.2023) Ilmiy tadqiqot institutida haftaning olti kuni mobaynida faoliyatimiz amaliyot bilan band bo`ldi. Amaliy bilimlarni chuqurlashtirish yuzasidan maʼlumotlar oldik.
Biz oʻz mavzularimiz doirasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetining axborot-resurs markazi bazasidan foydalanishni oʻrgandik va kerakli adabiyotlardan foydalandik.
Kafedraning ilmiy seminarida ishtirok etdik.
Rahbarimiz bilan tajriba-sinov dasturi asosida nazorat va tajriba guruhlarini shakllantirish usullari, qanday jarayonlar olib borish, tajriba uchun tuzilgan test, anketa va topshiriqlar yuzasidan suhbat, tahlil va maʼlumotlar toʻpladik. Har bir talaba bilan oʻz tajriba sinov uchun tayyorlagan anketa soʻrovnomasi, test savollari va topshiriqlari yuzasidan oʻzaro fikr almashdik.
Hafta mobaynida bajarilgan ishlar yuzasidan hisobot tayyorladik.
Bektemir tumanidagi 293-umumiy o‘rta ta’lim maktab o’quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari D.O.Astanova
Talaba M.F.Mirzayeva Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti 70112101 - Ijtimoiy fanlar fakulteti, milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq talim yonalishi 5-kurs talabasi Mirzayeva Mahliyoning 2023-yil 3-oktabrdan 2-dekabrga qadar belgilangan pedagogik amaliyot xususidan haftalik HISOBOTI 3-hafta (13.10.2023-16.10.2023) Haftaning birinchi kunida zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan tanishish vazifasi yuzasidan kutubxonaga kirib, mavjud adabiyotlarni tahlil qildik.
Zamonaviy texnika va texnologiyalardan amaliyot doirasida amaliy foydalanish yo‘l-yo‘riqlari bilan tanishib, shular doirasida foydalandik.
Amaliyot mavzusi doirasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti axborot-resurs markazi bazasidan foydalangan holda takomillashtirdik.
Amaliyot ishi mavzusi bo‘yicha tajriba-sinov ishlari olib borish tartibi bilan tanishgan holda har birimiz o‘zimiz tanlagan maktabda tajriba-sinov faoliyatini olib bordik. Men Bektemir tumanidagi 293-umumiy o’rta ta’lim maktabida tajriba-sinov ishlarini amalga oshirdim.
“Ona tili-millat ko‘zgusi” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Hafta davomida amaliyot yuzasidan shaxsiy ish rejasining haftalik hisobotini tayyorladim.