Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Jizzax fillialining Psixalogiya fakulteti Oila psixologiyasi yoʻnalishi 412-22-guruhi 2-bosqich talabasi, Subhiddinov Sayfiddin Qahramon oʻgʼliga berilgan tavsiyanoma
Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti Jizzax fillialining Psixalogiya fakulteti Oila psixologiyasi yoʻnalishi 412-22-guruhi 2-bosqich talabasi, Subhiddinov Sayfiddin Qahramon oʻgʼliga berilgan TAVSIYANOMA Subhiddinov Sayfiddin Qahramon oʻgʼli 2001-yil 12-iyun kuni Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida tug‘ilgan. U 2022-yilda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali “Psixologiya” fakulteti oila psixologiyasi bakalavriat taʻlim yo‘nalishiga Davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan. Hozirgi kunda Subhiddinov Sayfiddin Qahramon oʻgʼli ushbu taʻlim yo‘nalishining 2-bosqich 412-22 guruhi talabasi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlaming barchasi ertangi kunimizning davomchisi bo’lgan yoshlarga nisbatan keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligining yaqqol namunasidir. Talaba yoshlami o’z ustida muntazam ishlash va ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug’illanishga undash, ularning iste’dodlarini namoyon etish va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, bilimli va iqtidorli yoshlami yanada qo’llab quvvatlash, shuningdek, 2017- 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi “Yoshlami qo’llab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida muhim islohotlar olib borilmoqda. Bugungi kunda barkamol avlodni tarbiyalash masalasi davlatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shu bois, yoshlarimizning ma’naviy, jismoniy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo’llab quvvatlash orqali, kelajakda qobiliyatli, bilimdon, ijodkor, izlanuvchan, o’z sohasining yetuk mutaxassislarini tarbiyalash imkoniyatiga ega bo’lamiz.
Subhiddinov Sayfiddin Qahramon oʻgʼli tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, respublikamizda boʻlib oʻtayotgan ilmiy tadqiqot ishlari boʻyicha alohida ahamiyatga ega.
Ilmiy faoliyatga layoqatli talaba Subhiddinov Sayfiddin Qahramon oʻgʼli ilmiy izlanish mavzulari dolzarb bo‘lib, aksariyat qismi ta’limda zamonaviy o’qitish metodikasini joriy etish va ta’lim tarbiya jarayonini takomillashtirishga qaratilgan.Tanlangan sohalar jamiyat hayotida zamonaviy psixologik-pedagogik metodikalarini qo’llash, ta’lim jarayonlarini tashkil etishda zamonaviy axborot qo’llanmalarini joriy etish kabi istiqbolli mavzular yoritilishi va talqin qilinishi bilan ham qiziqarli, ham dolzarbdir. Shu bois ilmiy faoliyat va izlanishlar natijalari nashr qildirilgan ilmiy-ommabop risolalar, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallarida ilmiy maqolalarida yoritilgan. Hozirgi vaqtga qadar 3 ta xalqaro jurnallarda maqolasi chop etilgan va 1ta maqolasi Oʻzbekiston Respublikasi ilmiy tadqiqot jurnalida chop etilgan.
2022-yil Xorijiy tillar kafedrasi oʻqituvchisi Qosimova Nilufar boshchiligidagi "Apple day" tadbirida karvin tayyorlab sertifikat va boshqa sovgʼalar bilan taqdirlangan.
2022-yil Noyabr oyida boʻlib oʻtgan "Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi" mavzusida oʻtkazilgan filial miqyosidagi tanlovda qatnashib faxrli 2-oʻrinni egallagan.
2023-yil mart oyida eʼlon qilingan "Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi" mavzusida oʻtkazilgan filial miqyosidagi videroliklar tanlovida tayyorlagan materiali bilan birga 3-oʻrin sohibi boʻlgan.
Shu bilan birgalikda Subhiddinov Sayfiddin Qahramon oʻgʼli “Oila-muqaddas qoʻrgʼon” mavzusiga qaratilgan seminar – treningda faol ishtirok etganligi uchun esdalik sovgʻalari bilan taqdirlangan va guruh aʼzolarini faollikka chorlay olgan.
Iqtidorli talabalar qatorida barcha fanlarni “a’lo” baholarga o‘zlashtirishi bilan birga, fakultet va universitet miqyosidagi jamoatchilik ishlarida ham faol ishtirok etadi.
Universitetda o‘tkazilgan barcha maʻnaviy-maʻrifiy tadbirlar tashkilotchisi va ishtirokchisidir. Subhiddinov Sayfiddin Qahramon oʻgʼlining hozirgi kunga qadar 10ga yaqin sheʼr va maqolasi tuman va viloyat gazetalarida bosilgan.Ushbu sheʼrlaridan "Otam derman", "Oshiq", "Minnatdorman", "Ota-ona","Sport derlar","Urush xotiralari","Onajonim" va "Xotira" nomli adabiy maqolasi chop ettilgan.
Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat tuyg‘ularini diliga joylagan talabamiz Subhiddinov Sayfiddin Qahramon oʻgʼli kelajakda Vatanimiz rivojiga hissa qo‘shadigan farzand bo‘lib kamol topishiga ishonamiz.
Subhiddinov Sayfiddin Qahramon oʻgʼlini "Iqtidorli talaba” nomzodiga tavsiya qilamiz.