Mirzo Ulug‘bek nomidagi
O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali
“Amaliy matematika” fakulteti
“Amaliy matematika va informatika” kafedrasi
“O‘zbekiston rivojlanish strategiyasi” fanidan
Mustaqil ishi
Mavzu: Ijtimoiy sohadagi islohotlarni chuqurlashtirish
Bajardi: 102-19-guruh talabasi :Normatov O‘tkir Ilmiy rahbar: Bunyod Nosirov
Jizzax-2021
Reja
1.Kirish.
2.O‘zbekistonda ijtimoi sohaga bo’lgan e’tibor dolzarbligi.
3. O‘zbekiston Respublikasi rivojlanish strategiyasida ijtimoi sohaning tutgan o‘rni.
4.Davlat tomonidan ijtimoiy sohani rivojlantirish yo’lida qilinayotgan ishlar.
Kirish
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
Iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pul-kredit siyosati puxta o‘ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan o‘sishini, inflatsiyani prognoz ko‘rsatkichlari darajasida saqlab qolishni ta’minladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi.
Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori konyunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda. Shu maqsadda quyidagi ishlar yuzasidan harakatlar boshlandi. Ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va mehnatga haq to‘lash tizimini yanada takomillashtirishga alohida e’tibor qaratildi hamda bu aholining real daromadlarini 2017-yilga nisbatan 12 foizga oshirish imkonini berdi.
Yangi o‘quv yo‘nalishlarni ochish va qabul kvotalarini oshirish hisobiga oliy ta’lim olish imkoniyatlari salmoqli darajada kengaytirildi.
Soliq ma’muriyatchiligining mohiyatan yangi tartibi joriy etilgani sababli soliqlarning prognozdan oshirib bajarilgan qismi hisobidan mahalliy budjetlar ixtiyorida 5,5 trillion so‘m mablag‘ qoldirildi. Bu 2017-yilgi ko‘rsatkichlarga nisbatan 6 barobar, 2016-yilga nisbatan 32 barobar ko‘pdir.
Bundan tashqari, iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish, ishbilarmonlik muhiti va investitsiyaviy jozibadorlikni yaxshilash, aholi daromadlarini oshirish va biznes uchun soliq yukini kamaytirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi qabul qilindi.
Xususan, yagona ijtimoiy to‘lov stavkasining 12 foizgacha pasaytirilishi hamda yuridik shaxslarning aylanmasi (tushumi)dan davlat maqsadli jamg‘armalariga undiriladigan majburiy ajratmalarning bekor qilinishi korxonalar ixtiyorida qo‘shimcha mablag‘lar qolishi uchun shart-sharoit yaratdi.Bundan tashqari yurtimizda ijtimoiy sohada tubdan o’zgarishlar kuzatilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |