Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali “Amaliy matematika” fakulteti


Davlat tomonidan ijtimoiy sohani rivojlantirish yo’lida qilinayotgan ishlar



Yüklə 113,99 Kb.
səhifə4/4
tarix02.01.2022
ölçüsü113,99 Kb.
#41826
1   2   3   4
MustaqilIsh strategiya

Davlat tomonidan ijtimoiy sohani rivojlantirish yo’lida qilinayotgan ishlar
O’zbekistonda hozirgi kunda ijtimoiy sohada har taraflama islohotlar o’tkazilmoqda.

Ta’lim sohasi bo’ladimi, uy-joy, kamunl hizmatlar, yo’l infra tuzilmasi barcha jabhalarda rivojlantirilmoqda va isloh qilinmoqda. Bu borada ko’pgna tashkilot va muassalar bunga izchil yordam berib kelmoqda. Davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlarining Harakatlar strategiyasini samarali amalga oshirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirish bo‘yicha xatti-harakatlarining amaliy birlashuvini qayd etmoqdamiz.  Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, chuqur ma’muriy islohotlarni amalga oshirish, sud-huquq tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish, sudlarning haqiqiy mustaqilligini ta’minlash, iqtisodiyotni erkinlashtirish, qulay ishbilarmonlik va investitsiyaviy muhitni shakllantirish, millatlararo hamdo‘stlikni ta’minlash, puxta o‘ylangan, o‘zaro manfaatli  va konstruktiv tashqi siyosatni amalga oshirish bo‘yicha tizimli va o‘zaro bog‘liq, bir birini taqozo etuvchi choralar amalga oshirilmoqda.

«Islohot islohot uchun emas, inson manfaatlari uchun» tamoyilini hayotga joriy etish, aholi bandligi va real daromadlarini izchillik bilan oshirish, ijtimoiy soha, fuqarolar sog‘ligini saqlash tizimini  tubdan takomillashtirish, infrastrukturani takomillashtirish, fan va ta’lim sohasini rivojlantirish, oilani, davlat yoshlar siyosatini mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.Natijada bugungi kunga kelib O‘zbekiston dunyoning jadal rivojlanayotgan, gullab-yashnayotgan va barqaror mamlakatlaridan biri hisoblanadi. Respublikamizda hukm surayotgan do‘stlik va hamjihatlik, uyg‘unlik va o‘zaro hurmat  muhiti, rivojlangan barg‘ikenglik va insonparvarlik madaniyati, millatlarararo va fuqarolararo do‘stlik — tinchlik va barqarorlik, amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, xalqaro maydonda O‘zbekiston nufuzining o‘sishi, xalq orzu-umidlar va intilishlarini hayotga joriy etishning muhim omilidir.Harakatlar strategiyasi   mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning partiyaning VIII S’ezdida qabul qilingan Saylovoldi dasturiga asoslangan va ayni paytda, partiya uning qoidalari amalga oshirilishi uchun ma’suliyatni o‘z zimmasiga oladi, shu maqsadda o‘zining vakillik va ijro hokimiyati organlaridagi barcha imkoniyatlarini safarbar etadi. 2014-2019 yillarda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida g‘olib chiqqan  va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ilgari surgan partiya sifatida Vazirlar Mahkamasining yaqin va olis istiqbolga mo‘ljallangan harakatlar dasturining amalga oshirilishi uchun ma’suliyatni to‘liq o‘z zimmamizga olamiz.Shunigdek ta’lim sohasida juda ko’p o’zgarishlar bo’lmoqda: maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish;

umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish;

bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shug‘ullanishga, ularni musiqa hamda san’at dunyosiga jalb qilish maqsadida yangi bolalar sporti obyektlarini, bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish;

kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarini bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish;

ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich ko‘paytirish;

ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etilishi ko’zda tutilgan. Yana bir muhim yo’nalishda ham sezilarli o’zgarishlar ko’zda tutilgan:



Yani arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish: aholi, eng avvalo, yosh oilalar, eskirgan uylarda yashab kelayotgan fuqarolar va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boshqa fuqarolarning yashash sharoitini imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratish hamda shahar va qishloq joylarda arzon uylar qurish orqali yanada yaxshilash.aholining kommunal-maishiy xizmatlar bilan ta’minlanish darajasini oshirish, eng avvalo, yangi ichimlik suvi tarmoqlarini qurish, tejamkor va samarali zamonaviy texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish orqali qishloq joylarda aholining toza ichimlik suvi bilan ta’minlashni tubdan yaxshilash;

odamlarning ekologik xavfsiz muhitda yashashini ta’minlash, maishiy chiqindilarni qayta ishlash komplekslarini qurish va modernizatsiya qilish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, aholini chiqindini yo‘q qilish bo‘yicha zamonaviy obyektlar bilan ta’minlash kabi dolzarb maslalar dasturi amal qilib qo’yilgan.
Yüklə 113,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin