R E J A:1.To’plam va uning elementi. Chekli va cheksiz to’plamlar. 2.To’plamlar kesishmasi. 3.To’plamlarning birlashmasi. 4.To’plamlar kesishmasi va birlashmasi qonunlari. 5.Qism to’plamning to’ldiruvchisi. 6.To’plamlarni sinflarga ajratish tushinchasi. 7.To’plamlarning dekart ko’paytmasi. Adabiyotlar: [1], [2], [3], [5]
1. To’plam va uning elementi. Chekli va cheksiz to’plamlar. Matematikada ko’pincha biror ob’ektlar gruppalarini yagona butun deb qarashga to’g’ri keladi: 1 dan 10 gacha bo’lgan sonlar bir xonali sonlar, uchburchaklar, kvadratlar va shu kabilar. Bunday turli majmualar to’plamlar deb ataladi. To’plam tushunchasi matematikaning asosiy tushunchalaridan biridir va shuning uchun u boshqa tushunchalar orqali ta’riflanmaydi. Uni misollar yordamida tushuntirish mumkin. Jumladan biror sinfdagi o’quvchilar to’plami haqida, natural sonlar to’plami haqida gapirish mumkin. To’plamlar lotin alfavitining A, B, C…, Z harflari bilan belgilanadi. Birorta ham ob’ektni o’z ichiga olmagan to’plam bo’sh to’plam deyiladi va belgi bilan belgilanadi. To’plamni tashkil etuvchi ob’ektlar uning elementlari deyiladi. To’plam elementlarini lotin alfavitining kichik harflari a,b,c…,z bilan belgilash qabul qilingan.