2-holda to’plamlarning Dekart ko’paytmasi elementlarini sanab ko’rsatishning imkoni yo’q, chunki B to’plam cheksiz to’plamdir. Biroq bu Dekart ko’paytmani hosil qilish jarayonini namoyish qilish mumkin. Har bir juftlikda birinchi komponenta yoki 1,yoki 2,yoki 3 ikkinchi komponenta esa [3,5] oraliqdan olingan haqiqiy sonlardir. Birinchi komponentasi 1 soni bo’lgan, ikkinchi komponentasi esa 3 dan 5 gacha qiymatlarini ketma-ket qabul qilgan barcha juftliklar PM kesma nuqtalari bilan tasvirlanadi; birinchi komponentasi 2 bo’lgan, ikkinchi komponentasi [3,5] oraliqdagi hamma haqiqiy qiymatlarni qabul qiluvchi barcha juftliklar KL kesma nuqtalari bilan tasvirlanadi; birinchi komponentasi 3 soni bo’lgan, ikkinchi komponentasi [3,5] oraliqdagi ixtiyoriy xaqiqiy sonni qabul qiluvchi juftliklar esa SQ kesma nuqtalari bilan tasvirlanadi.