Inapparant(belgilarsiz) infeksiya – kasallikning klinik belgilarsiz kechadigan shaklidir. Faqat ular kasallikka xos bo‘lgan qo‘shimcha immunologik(bunda spetsifik antitelolarning oshishi kuzatiladi) va boshqa laboratoriya tahlillarining o‘zgarishlari asosidagina aniqlanishi mumkin.
4.
Autoinfeksiya (endogen) – organizmning asosiy vazifalarini boshqarib turgan fiziologik mexanizmlar (immunitet, almashinuv jarayonlari va b.)ning buzilishi natijasida rivojlanadigan kasallik.
5.
Latent infeksiya – uzoq (6 oydan ortiq) davom etadigan yuqumli kasallik bo‘lib, ko‘pincha ijobiy natija bilan yakunlanadi. Bu kuchsiz immun javobiga ega bo‘lgan kishilar organizmida uchraydi. Uzoq cho‘ziladigan kasallikning shakllanishidagi asosiy sabablardan biri– bu mikroorganizmlar o‘zgaruvchanligidir.
6.
Sust infeksiya– organizmga viruslar (virionlar, prionlar) tushishi natijasida rivojlanadigan yuqumli kasallikdir. Bu infeksiya uzoq (oylar, yillar) davom etadigan yashirin davrga egaligi, sekin rivojlanib borishi, to‘qima va a’zolarning o‘ziga xos zararlanishi, onkogen ta’siri va ko‘pincha o‘lim bilan tugashi bilan xarakterlanadi.
7.
Infeksiya tashuvchanlik– infeksiya tashib yuruvchilar (bakteriya, parazit, virus tashuvchanlik) sog‘lom bo‘lishlari mumkin (tranzitor tashuvchanlik). Bunda organizmda kasallik qo‘zg‘atuvchisining bo‘lishiga qaramay nafaqat kasallik belgilari, balki immunologik o‘zgarishlar ham kuzatilmaydi. Yuqumli kasallik yakunida 3 oygacha kasallik qo‘zg‘atuvchisining topilishi o‘tkir rekonvalessent deb yuritiladi, 3 oydan oshsa – surunkali deyiladi.
8.
Reinfeksiya– mazkur mikrobning organizmga qayta tushishi natijasida kasallikning yana rivojlanishidir.