Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Mustaqil ish



Yüklə 39,29 Kb.
səhifə1/2
tarix24.12.2023
ölçüsü39,29 Kb.
#192086
  1   2
falsafa11111



Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Mustaqil ish

Falsafa


Bajardi : Qodirov S


Qabul qildi :


Mavzu : Oila va oilaviy qadriyatlar ma'naviy madaniyatning bosh omili

Reja :


  • Kirish

  1. Oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari.

  2. Oiladagi muhit va shaxslararo munosabatlar.

  3. Oilaviy qadriyatlar.

  • Xulosa

  • Foydalanilgan adabiyotlar

Oila – nikohga yoki tug`ishganlikga asoslangan kichik guruh. Uning a`zolari ro`zg`orining birligi o`zaro yordami va ma`naviy mas`uliyati bilan bir-biriga bog`langan oilaning eng muhim ijtimoiy vazifalari – inson zotini davom ettirishdan, bolalarni tarbiyalashdan, oila a`zolarining turmush sharoitini va bo`sh vaqtini samarali uyushtirishdan iboratdir. Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa sanalsa-da, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy munosabatlar bilan belgilanadi va ular ta`sirini o`zgarib mos oila tipini, oilaviy munosabatlarni o`rnatadi.


Oila xalqning, jamiyatning hayoti, turmushiga oid urf odatlarini o`zida sinovdan o`tkazadi. Yaxshilarini o`z bag`rida asrab-avaylab kelajak avlodlarga yetkazadi. Oila o`z farzandlarini tarbiyalab, umum insoniy qadryatlarni singdirish bilan ularga boshlang`ich ijtimoiy yo`nalish beradi. O`z farzandlarini katta oqimga – jamiyatga qo`shish bilan esa oila jamiyat yo`nalishi, iqtisodiyoti, ma`daniyati va ma`rifatini ham belgilashga o`z ta`sirini ko`rsatadi. Shuning uchun ham Sharqda oila qadim-qadimdan muqaddas qo`rg`on hisoblanib kelgan. Xususan, o`zbek oilalarining serbutoqlik xususiyatlari hozir ham saqlanib turibdi. Bizning millatda oilalarning muayyan turmush tarzi shakllanib hayotiy tajriba orttirib borishi, tejamli va sarishta ro`zg`or tutishi, farzandlarni odobli ma`naviy etuk bo`lib komil topishini keksalar, ota-onaning ro`li katta. O`zbek oilalari o`zlarining mustahkamligi, saranjom-sarishtaligi, bolajonligi, qarindosh-qondoshlik rishtalarini hurmat qilishi, mehr-oqibati va boshqa qadryatlari bilan ajralib turadi.

Boy ilmiy-madaniy merosimiz, qadimiy urf-odat hamda anʼanalarimizdan ayonki, har qanday zamon va makonda ham oila biz uchun muqaddas qadriyat sanalgan. Binobarin, tarbiyaviy, maʼnaviy-maʼrifiy, ruhiy-axloqiy, iqtisodiy-huquqiy munosabatlarga asoslangan ijtimoiy birlik hisoblanmish oila qanchalik mustahkam boʻlsa, jamiyat ham shunchalik barqaror taraqqiy etishini ajdodlarimiz juda yaxshi anglashgan.


Shu bois ota-bobolarimiz oilaga juda katta eʼtibor bilan qarashgan. Buyuk allomalarimiz Mahmud Koshgʻariy, Ahmad Yugnakiy, Kaykovusdan tortib Beruniy, Ibn Sino, Forobiy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulugʻbek va boshqalargacha oʻz asarlarida oilaviy masalalar, xususan, oila aʼzolari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar, bola tarbiyasida ota-ona, bobo-buvining oʻrni, komil va vatanparvar shaxsni yetishtirishda bu muhim ijtimoiy institutning roliga alohida yondashib, ibratli hikoyatlar, rivoyatlar, farzandlarga maktublar, hikmatli soʻzlar, sheʼriy satrlar orqali pand-nasihatlar, hayotiy xulosalar yozib qoldirganlar. Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Choʻlpon, Munavvarqori Abdurashidxonov kabi maʼrifatparvarlarimiz ham odob-axloqi goʻzal, jismonan va maʼnan yetuk avlodni tarbiyalashning yagona yoʻli — barqaror oila qurish ekanini, oilani mustahkamlamasdan davlat va jamiyat taraqqiyotiga erishib boʻlmasligini taʼkidlashgan. Oila- jamiyatning tabiiy va asosiy bo’g’inidir. Har bir oila, har bir fuqoro tinch-hotirjam va tokin-sochin yashasa, davlatimiz obod, boy bo’ladi, gullab yashaydi.
Davlatimizni harakatda bir oila deb tushunish mumkin. Bundan o’zaro hurmat va tartib-intizom bo’lmasa,oiling barcha a’zolaro o’z burchlarini ado etmas, bir-birida nisbatan mehr-oqibat ba ezgulik ko’rsatmasa, hotirjam va munosib tarizda yashash mumkin emas. Oila o’zinig ko’p arslik mustahkam va ma’naviy tayanchlarga ega bo’lib, turmush vijdon qonunlari asosida quriladi. Oilada kishilarning talab-ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi. Xalqimizning aksaryat qismi o’zining shaxsiy farovonligidan jo’ra oilasining omon-esonligi to’g’risida g’amxo’rlik qilishni birinchi o’ringa qo’yadi. Bu esa oily darajadagi qadriyat, inson qalbining gavharidir.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi 1992-yil 2-iyul qonunida ham oiladagi ta’lim masalasiga alohida e’tibor berilgan. Uning 16-moddasida qayd etilganidek, ota-onalar va oilaning boshqa a’zolari shaxsning jismoniy, ma’naviy kamoloti va aql zakovato rivojlanishiga g’amxo’rlik qilshlari lozim.
Ota-onalar va ularning o’rnini bosuvchilar bolaning ma’lumotini oilada oilsh uchun imkoniyat yaratib berishga haqlidir. Bunday hollarda o’quvchilar ota-onalar yoki ularni o’rnini bosuvchi shaxslar bilan ta’lim muassasasi Ta’lim boshqaruvchi tegishli idoralar o’rtasida shartnoma tuzilib, unda bola, oila va jamiyatning manfatlarini hisobga olgan holda tomonlarnong huquqiy, iqtisodiy va boshqa majburiyatlarina belgilab qo’yiladi. Oilada ta’lim olayotgaqn shaxslar tegishli atstatsitadan o’tkach ta’limning istalgan bosqichidan boshlab ta’lim muassasasida o’qishni davom ettirishga haqlidir.
Davlat oiladagi ta’limga yordam ko’rsatsadi. Tegishli davlat muassasalari tomonidan qonunlarda belgilangan tartibda metodik deagnostik maslahat yordamlari beriladi. Qonunlarda belgilangan hollarda va tartibda oilaga koppensiyatsiya to’lanishi mumkin. Mamlakatimizda qa’bul qilingan ko’pchilik qonunchilik hujatlarida oila, farzand tarbiyasi masalalariga katta etibor beriladi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “O’zbekiston Respublikasida yoshlariga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risida”gi 1991-yil 20-noyabr 16-moddasida fuqorolar va yosh oilalarga ijtimoiy omtiozlar chunonchi:yakka tartibga uy qurush uchun yer ajratish, uy joy sotib olish,uy joy qurush, kopirativlarga a’zo bo’lish uchun pay badallari to’lash, ro’zg’or buyumlari (shu jumladan chorvo mollari), uzoq muddat foydalanadigan kundalik uy jihojlari sotib olish, tijorat sosida amal qiladigan o’quv yurtlarida ta’lom olish uchun hqa to’lash va boshqa maqsadlarga amal qiladigan uzoq muddatli kreditlar beriladi. Yoshlarga kreditlar banklar tomonidan kam foiz sharti bilan belgilab “O’zbekiston Respublikasida qonunlarida belgilangan imtiyozli tartibda tuziladi.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasinig 63-moddasida takidlanganidek, ”Oila jamiyatning asosoy bo’g’inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish huququga ega”. Asosiy qonunimizda belgilangan ijtimoiy tuzum yangi jamiyat bilan oila o’rtasida uzviy aloqodorlik mavjud. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan barcha prinsiplar va qoidalar, oila hayoti oilaviy munosabatlari ularni tartibga spladigan boshqa nornativ huquqiy hujjatlar Oila Kodeksining mazmuni va tabiatini o’rganishda katta ahamiyatga ega. Oilaning davlat muhofazasida bo’lishi haqidagi qoida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida keltirilganidek, davlatlar zimmasiga yuklatilgan muhim vazifalardan biri hisoblanib keng ma’noga ega bunda oilani jamiyatninh tabiiy va asosiy quyi bo’g’ini sifatida ulug’lanadi.Bolalarga ta’lim tarbiya berish,onalar va mehnatga layoqatsiz oila a’zolariga zarur moddiy imtiyozlar yarating hamda oilani mustahkamlash borasida muhim bo’lgan boshqa masalalar nazarda tutiladi.

Ma’lumki, mamlakatimiz rivojlanishining hozirgi yangi bosqichi oilaviy tarbiyada milliy qadriyatlardan foydalanishning zamonaviy mezonlarini o‘rtaga tashlamoqda. Oiladagi ma’naviy muhit axloqiy tarbiya o‘chog‘i sifatida milliy axloq va tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatini shakllantiradi. Oila muhiti bilan aloqaga kirishish jarayonida xulq-atvor me’yorlari, ma’naviy-ijtimoiy va madaniy tushuncha hamda tasavvurlar, yangi-yangi qiziqish va ehtiyojlar egallanib ijtimoiy muhitda rivojlanib boradi. Shaxsning ma’naviy shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar to‘g‘risida gapirilganda, birinchi navbatda, shaxsning o‘zi, ikkinchidan, mikro muhit, uchinchidan mezo muhit va to‘rtinchi navbatda, jamiyat va undagi siyosiy, ideologik, madaniy-ma’rifiy, iqtisodiy sohalarning umumiy holatini namoyon bo‘ladi.


Inson va boshqa tirik jonzotlar har birining hayot muhiti uning o‘y fazosidan boshlab ijtimoiy muhit va yashaydigan muhitigacha bo‘lgan sharoit hisoblanadi. Muhit – bu odamlarga ta’sir ko‘rsatadigan tashqi voqealarning yig‘indisi sifatida insonni o‘rab turgan, uning dunyoqarashi, kayfiyati, ruhiyati, orzu-umidlari va xulq-atvoriga bevosita ta’sir etadigan tashqi olam. Muayyan muhit turli ko‘rinish va shakllarda namoyon bo‘ladi. Shaxs qaysi jamiyatda yashasa, o‘sha jamiyat hayotida mavjud bo‘lgan va bo‘layotgan qonun qoidalarga asosan kamol topadi. Shu jamiyatdagi moddiy, ma’naviy va madaniy boyliklardan bahramand bo‘ladi, shuningdek, mazkur boyliklarni yaratishda ishtirok etadi. Jamiyatda yaratilgan moddiy, ma’naviy va madaniy boyliklar rivojlanish darajasiga ko‘ra shaxs kamolotiga o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi. O‘z-o‘zidan rivojlanish yuksak bo‘lsa, u shaxsga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi va shaxs faoliyati davomida mehnati orqali o‘z moddiy, ma’naviy va madaniy boyligini yaratish jarayonida ongini, dunyoqarashini, hayotini, turmush tarzini ham yaxshilab boradi. 
Muhit keng ma’noda (makromuhit) ijtimoiy-iqtisodiy tizimni ishlab chiqaruvchi kuchlar, ijtimoiy munosabatlar va tartib-qoidalar majmuini, jamiyatning ijtimoiy ong va madaniyatini o‘z ichiga oladi. Tor ma’nodagi (mikromuhit) bevosita insonni qurshab olgan oila, mehnat, o‘quv va boshqa guruhlardan iborat. Ijtimoiy muhit shaxsning shakllanishiga va rivojlanishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Ayni vaqtda insonning ijodiy faolligi, faoliyati ta’sirida ijtimoiy muhit o‘zgaradi, bu o‘zgarishlar jarayonida odamlarning o‘zlari ham o‘zgaradi. Shaxsning jamiyatga ta’siri maqsadsiz, rejasiz, ko‘r-ko‘rona faoliyat orqali amalga oshmaydi. Inson ijtimoiy qonunlarni, o‘z hayot sharoitlarini bilib olgandan keyin, ma’lum maqsadga qaratilgan amaliy faoliyat ko‘rsatish yo‘li bilan ijtimoiy muhitni, jamiyatni o‘zgartiruvchi kuchga (insonga) aylanadi. Shu sababli ham shaxsning xulq-atvori, intilishlari, imkoniyatlari, fikrlashi, qobiliyati, axloqiy tamoyillar (mehnatsevarligi, vatanparvarligi, insonparvarligi) asosidagi faolligi, sadoqatliligi va boshqa xislat va fazilatlari shuningdek, illatlari ular yashayotgan ijtimoiy muhitga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Insonning ta’lim-tarbiyasida uni o‘rab turgan muhit yetakchi rol o‘ynar ekan, oila, ta’lim-tarbiya muassasalaridagi muhit sog‘lom bo‘lsa, yoshlarning ijtimoiy sifati, tayyorgarlik darajasi va bilimi yuqori bo‘ladi.
Aynan oila muhiti eng avvalo, shaxsning xulq-atvorini shakllanishida jamiyatning eng kichik bo‘g‘ini sifatida muhim rol o‘ynaydi. Vaholanki, oilada ma’naviy-axloqiy muhit shaxs axloqiy ongi, xulq-atvori va faoliyatida tamal toshi, hal qiluvchi omil hisoblanadi. Dastlab aynan, oiladagi ma’naviy-axloqiy muhit shaxs imkoniyatlarini shakllantiradi, uning ijtimoiy borliq bilan munosabatlarini va muloqotini yuzaga keltiradi. Shu bois ham oilani shaxsning g‘oyaviy, siyosiy, iqtisodiy qarashlarini shakllantiruvchi, tevarak-atrofga, dunyoga munosabatlari tizimini, ya’ni dunyoqarashi, e’tiqodi, ehtiyojlari, qiziqishlari, ideallari, motivlari, hayotiy maqsadi yo‘nalishini belgilovchi mikromuhit sifatida tadqiq etiladi. Shu bois ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Shu munosabat bilan odamlar, birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkurini ma’rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifadir” deb qayd etar ekanlar yoshlar axloqi ularning ma’naviy kamoloti masalasi nafaqat bugungi kun, balki ertangi porloq kelajak garovi ekanligiga urg‘u beradi. Yoshlar tarbiyasi bilan bog‘liq mahalliy va global muammolar yechimi esa, aynan oila muhiti va ungdagi ma’naviy-ma’rifiy daraja bilan bevosita va bilvosita bog‘liq masala hisoblanadi.
Sharqda qadim-qadimdan oila muqaddas vatan sanalgan. Agar oilalar muhiti sog‘lom va mustahkam bo‘lsa, mahallada tinchlik va hamjihatlikka erishiladi. Binobarin, mahalla, yurt mustahkam bo‘lsagina, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi. Zero, oila farovonligi milliy farovonlik asosidir. Shu bois ham jamiyatda oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilining to‘laqonli va samarali joriy etish, oila institutini mustahkamlash bo‘yicha, eng avvalo, “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” g‘oyasini hayotga tatbiq etishga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini yuritish doirasida qaralmoqda. 
Oila muhitida shakllantirilgan onglilik va xulqlilik shaxsni illatlardan saqlaydi. Shu ma’noda, oila ma’naviy-axloqiy muhitini o‘rganishda fikr yangiligi va ma’naviy yetuklik paradigmasi asosli bo‘lib, o‘ziga xos ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Ma’naviy yetuklikka intilish bu jamiyat hayoti va inson faoliyatida shaxsning o‘z insoniy pozisiyasiga mustahkam ega bo‘lishi bo‘lib, u ijtimoiy-axloqiy mezonlar asosida xulq-atvorga muvofiq yashashidir. 
Inson ma’naviyatini shakllantirishning eng maqbul maskani oiladir. Oila qaysi millatga mansub bo‘lsa, o‘sha xalqning ma’naviyatini o‘zida mujassamlashtirib, bir necha asrlik tarixga ega bo‘lgan an’analarni, ma’naviyatni avloddan-avlodga yetkazadi. Zero, shaxs ma’naviyati, uning dunyoqarashi, e’tiqodi, hayotiy tamoyillari, ideallari, qadriyatlari, ko‘nikmalar majmui asosan oilada shakllanadi. Shu ma’noda, oila ma’naviyat qo‘rg‘oni hisoblanib, oila qaysi millatga taalluqli bo‘lsa, o‘sha millatning ma’naviyatini o‘zida aks ettiradi. Demak, o‘zbek oilasining o‘ziga xos milliy xarakteri, oiladagi shaxslararo munosabatlarda namoyon bo‘lishi, turli oilaviy marosimlar, urf-odatlar, an’analar, milliy-ma’naviy qadriyatlarimiz oila orqali namoyon bo‘ladi. O‘zbek oilalaridagi o‘zaro hurmat, ehtirom, ota-onaga e’zoz, farzandlarga mehr-shafqat va kichiklarga izzat-ikrom bu kishini barkamol inson, mukammal shaxs sifatida shakllantiradigan, axloqiy va ma’naviy jihatdan go‘zal hamda yetuk qiladigan, insoniy fazilatlarni rivojlantiradigan qadriyatlar bo‘lib hisoblanadi.
Oilaviy qadriyatlar - hayotning, oila a'zolari munosabatlarining va xatti-harakatlarining yo'lidir.Ushbu fikrlar oilaviy munosabatlar, oilaviy maqsadlar, bolalarni tarbiyalash usullari va usullari , oila a'zolarining hayotiy faoliyatiga ta'sir qiladi.Afsuski, bugungi kunda "oila" tushunchasi bosqichma-bosqich ma'nosini o'zgartiradi. Ko'pincha siz fuqarolik, noqonuniy nikohlar, poligamiya, bir xil jinsdagi uyushmalar bilan uchrashishingiz mumkin. Ular oila deb hisoblanishi mumkinmi? Fikrlar farq qiladi.Shuni ta'kidlash joizki, an'anaviy oilaviy qadriyatlar oilani qurish jamiyatning madaniyatiga bog'liq. Misol uchun, G'arb jamiyatining aksariyati faqat yadro oilasini tan oladi . Turmushning boshqa barcha turlarini axloqiy deb hisoblashadi.
Diniy etakchilar, o'zlarining umumiy e'tirof etilgan, oilaviy qadriyatlaridan farqli ravishda o'zlari va'z qiladilar, masalan, jinsiy ozchiliklarning vakillari, o'zlari bor. Bunga yaqqol misol bo'la oladi: bir jinsdagilarning farzandlariga ega bo'lishga ruxsat berish to'g'risidagi qonun Frantsiyada qabul qilish uchun tayyorlanmoqda. Bir oilaviy qadriyatlar yo'qligi ayon bo'ladimi? Bu unday emas. Har qanday madaniyatda har qanday odamlar oldingi avlodlar, qarindoshlik, sevgi, ishonch, tug'ilish va bolalarni tarbiyalash bilan bog'liqligini doimo muhim deb bilishadi . Agar bola bolalikdan oilaviy qadriyatlarni bilsa, ota-onasi bir-biriga va farzandlariga mehr-muhabbat va hurmat bilan muomala qilsa, kelajakda bolaning mustahkam oila qurishi mumkinligiga ishonch hosil qilish mumkin.
Shunga qaramay, faqat hikoyalar va axloqiy qadriyatlar yaxshi oilani tarbiyalay olmaydi. Farzandlar qanday yashash kerakligini, qanday taqdirlanishlarini eshitishlari mumkin emas. U buni ota-onasining misolida ko'rishi kerak. Ota-onalar uchun yolg'on, ikkiyuzlamachilik va e'tiborsizlik nafaqat odamlarga, balki umuman, oilaviy qadriyatlarga nisbatan ishonchsizlikni keltirib chiqaradi. Shunisi e'tiborga molikki, mamlakatimizda oilaviy qadriyatlarni e'lon qiluvchi va jamiyatni rivojlantirishda oilaning rolini belgilaydigan qonunlar mavjud. Biroq, qonunning ta'rifi ta'riflarni bermaydi. Ammo oilaviy qadriyatlarni inkor qilib, ota-onaga yoki qarindoshlariga nafrat uyg'otadigan ma'lumotlarni tarqatadigan odamlar jazolanadilar.


Xulosa
Bu – oilada insonga xos va mos sharoitlarni yaratish, oilaning vazifalarini to‘la bajarish, oilaviy turmush tarzini to‘g‘ri shakllantirish, oila a’zolarining xulq-odobi, dunyoqarashi, mafkurasini, oilaviy hayotning davomiyligini ta’minlashdir. Mustahkam oila mustahkam jamiyatning asosidir. Shunday ekan jamiyat oilalarni mustahkamlash, oilaviy munosabatlarda shaxsning umummadaniy dunyoqarashini shakllantirib, takomillashtirishga alohida e’tibor berib kelmoqda. Oila va oilaviy munosabatlarda shaxsning umummadaniy dunyoqarashini ilmiy tadqiq etishni uning jamiyat taraqqiyoti qonunlariga muvofiq rivojlanishini ifodalashdan boshlamog‘imiz lozim. Oilaning rivojlanishi jamiyatning moddiy ishlab chiqarishi va ma’naviy hayoti bilan bog‘liqdir. Oila shakllarining o‘zgarishi, ibtidoiy jamiyat davridan boshlab barcha tarixiy bosqichlarda moddiy ishlab chiqarish ma’naviyatidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq ekanligi ilmiy adabiyotlarda keng tahlil etilgan.Xulosa qilib aytganda, oilaning zimmasiga ulkan va zarur ijtimoiy missiya yuklangandir. Bola tarbiyasi eng og‘ir ijtimoiy vazifa ekanligi ayondir. Ota va onaning shaxsiy va ijobiy namunasi solih va soliha farzandlarning kamolga yetishi uchun garovdir. Ostona hatlab tashqi dunyoga qadam qo‘yilganida esa bolaga atrof-muhit va jamoatchilikning ta’siri sezilarli bo‘ladi. Ta’lim muassasalari va mahalla-kuy, umuman, ijtimoiy sfera muhiti inson farzandini to hayotining so‘ngi daqiqasigacha ta’qib qilib boradi. Shu boisdan, oilaviy munosabatlarda shaxsning umummadaniy dunyoqarashini shakllantirishga erishish, nafaqat shaxsiy hayotda, balki, mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar va ularning taraqqiyoti jamiyatning ruhiy va ma’naviy takomilida ham muhim o‘rin tutadi.Xulosa qilib aytganda, oilaning zimmasiga ulkan va zarur ijtimoiy missiya yuklangandir. Bola tarbiyasi eng og‘ir ijtimoiy vazifa ekanligi ayondir. Ota va onaning shaxsiy va ijobiy namunasi solih va soliha farzandlarning kamolga yetishi uchun garovdir. Ostona hatlab tashqi dunyoga qadam qo‘yilganida esa bolaga atrof-muhit va jamoatchilikning ta’siri sezilarli bo‘ladi. Ta’lim muassasalari va mahalla-kuy, umuman, ijtimoiy sfera muhiti inson farzandini to hayotining so‘ngi daqiqasigacha ta’qib qilib boradi.

Yüklə 39,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin