Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Somoniylar davri olimlar tomonidan o‘rganilishi



Yüklə 348,5 Kb.
səhifə2/3
tarix07.04.2023
ölçüsü348,5 Kb.
#94395
1   2   3
JUMANIYAZOVA D. O\'rta Osiyo VIII-X asrlar tarixi tarixshunosligi

Somoniylar davri olimlar tomonidan o‘rganilishi
  • Somoniylar davri olimlar tomonidan o‘rganilishi
  • Somoniylar davrida qudratli markazlashgan davlatning vujudga kelishi natijasida Movaraunnahr va Xurosonda ma’lum barqarorlik qaror topdi. Bu holat mamlakat iqtisodiy hayotiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi. Movaraunnahr va Xuroson bu vaqtda Sharqning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan o‘lkalaridan hisoblangan. Tarixchilar va geograflar bu borada juda yaxshi ta’riflar yozib qoldirganlar. Ular, bu yerlar juda serhosil, tabiiy boyliklarga boy, unda ko‘plab qishloq va shaharlar borligini, aholi uchun kerakli hamma narsalar mavjudligini zo‘r ehtiros bilan bitganlar.
  • Xuroson va ayniqsa,Movaraunnahr dehqonchilik o‘lkalari qatoriga kirgan.Bu yerlarda dehqonchilik asosan sun’iy sug‘gorishga asoslangan. Ko‘plab soy va daryolardan chiqarilgan katta-kichik kanallar mavjud bo‘lgan. Buxoro vohasida Shopurkon,Shohrud,Karmana,Poykand,
  • Samarqand vohasida Barj (Darg’om),Barmsish, Buzmadisoy, Ishtixon kabi kanallar shahar va qishloqlarni suv bilan ta’minlagan. Bundan tashqari bunday kanallar Xorazm, Qashqadaryo,Farg‘ona va Shoshda ham bo‘lgan.
  • Manbalarga qaraganda Shosh aholisi xalifa Mutasimga (833- 842) murojaat qilib vohada suv yetishmasligi tufayli kanal qurilishiga yordam so’ragan. Sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilikdan tashqari lalmikor dehqonchilik ham yaxshi yo’lga qo’yilgan. Tarixchi Abu Mansur as-Saolobiyning Somoniylar Buxorosiga bergan ta’rifi butun O‘rta Osiyo davlatlarining IX-XIII asrlardagi ahvoliga tegishlidir: “...shon-shuhrat makoni, saltanat ka’basi va zamonasining ilg’or kishilari jamlangan, yer yuzi adiblarining
  • Somoniylar davri olimlar tomonidan o‘rganilishi
  • yulduzlari porlagan hamda o’z davrining fozillari yig’ilgan (joy) edi”. O’rta Osiyo hukmdorlari ilm ahli bilan yaqinlashdilar. Mamlakatni boshqarishda ularning bilimi va maslahatlaridan foydalandilar. Hukmdorlarning aksariyati bu davrda o’z saroylarida olim, shoir va usta san’atkorlar, turli sohalar bo’yicha qimmatbaho kitoblarni to’plashga odatlandilar. Saroyga jalb etilgan olim va shoirlar, kutubxonalardagi nodir qo‘lyozma asarlar bilan mag‘rurlanardilar.
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin