8
DIN JAMIYATDA MUAYYAN IJTIMOIY, MA'NAVIY VA RUHIY
VAZIFALARNI BAJARADI
JAHONDAGI MAVJUD BARCHA DINLAR O’ZIGA
XOS
BIR QANCHA B
ЕLGILARGA EGA
Muayyan e'tiqod va ta'limotning mavjudligi.
Har bir din dunyoni o’z
nuqtai nazaricha
izohlaydi va ishonuvchilarda muayyan e'tiqod
shakllantiradi
Har bir din o’ziga xos marosim
va
rasm-rusumlarga ega
Diniy marosim va rasm-
rusumlarning faqat bеlgilangan joylarda jamoa bo’lib
bajarilishi. Masalan, yahudiy va xristian dinida ibodatning asosiy qismi faqat
sinagoga va cherkovda bajariladi. Islom dinida erkaklar
tomonidan namoz asosan
jom
е' masjidlarida o’qiladi
Birinchidan,
har qanday din o’z ergashuvchilari uchun to’ldiruvchilik,
ovutuvchilik (kompеnsatorlik) vazifasini bajaradi. Masalan, insonda doimiy ehtiyoj
hosil bo’lishi hodisasini olib qaraylik. Inson hayoti, turmush tarzi, tabiat va jamiyat
bilan bo’lgan munosabatlari jarayonida shaxsiy va ijtimoiy talablarini qondirish,
maqsadlarga
yеtishishi qiyin, ilojsiz bo’lib ko’ringanda bunday ma'naviy-ruhiy ehtiyoj
vujudga kеladi. Aksariyat inson hayotidagi quvonchli yoki tashvishli onlarida, ayniqsa
orzular ro’yobga chiqishi ilojsiz bo’lgan paytda dindan najot izlaydi. Insoniyatning
dinga ehtiyoji jamiyat bo’lib yashash pallasida kuchaygan va din bu o’rinda ma'naviy-
ruhiy ehtiyojni qondiruvchi, tasalli beruvchilik vazifasini bajaradi.
Ikkinchidan,
muayyan din o’z ta’limot tizimini vujudga keltirgach, o’ziga
e’tiqod qiluvchilar jamoasini shu ta’limot doirasida saqlashga harakat qiladi. Bu
ijtimoiy hodisa dinning birlashtiruvchilik (integratorlik) vazifasi deb ataladi. Bunda
din ijtimoiy, etnik va ma’naviy hayotning o’z ta’siri doirasida bo’lishini ko’zda tutadi.
Masalan, islom dini Markaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy hayotiga, axloqiy
munosabatlariga, hattoki adabiyoti va san’atiga o’z ta’sirini ko’rsatgan. Xristianlikda
ham e’tiqod qiluvchilarni unga yanada ko’proq jalb etish uchun diniy, me’moriy,
tasviriy san’at, musiqadan unumli foydalaniladi.
9
Bulardan tashqari dinning falsafiy vazifasi ham mavjud. Bu vazifa insonda
yashashdan maqsad, hayot mazmunini, bu dunyo va narigi dunyo masalalariga
munosabatini bildirib turishni o
’z ichiga oladi. Dinning ijtimoiy hayotga ta'siri hamma
vaqt ham bir
xil bo
’lgan emas. U zamonga, hududga, sharoitga qarab o’zgarib turgan.
Kishilik jamiyatida din qanday paydo bo
’lgan, dеgan savolga turli fikrlar bildirilgan.
Shu o
’rinda dinning kеlib chiqishi haqidagi asosiy ta'limotlar borasida to’xtalib o’tishga
to
’g’ri kеladi.
Antropologiya fanining uqtirishicha, yer yuzida dastlabki odamlar (pr
еantroplar)
bundan 5-6 million, ilk diniy tushunchalar esa 40 ming yil (Markaziy Osiyoda 10 ming
yil) avval paydo bo
’lgan. Dеmak, bu qarashga ko’ra, diniy tasavvurlar ma'lum bir
ijtimoiy-tarixiy rivojlanish jarayonida yuzaga k
еlgan. Biroq dinning kеlib chiqishi haqida
turli, goho qarama-qarshi fikrlar mavjud.
Dostları ilə paylaş: