Mirzo ulug`bek nomidagi o`zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/190
tarix29.12.2021
ölçüsü1,54 Mb.
#48454
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   190
Bibliya  (yunon. 
“kitoblar”)  –  yahudiylik  va  xristianlikda  muqaddas  hisoblangan 
diniy  kitoblar va  risolalar  majmuasi. Bibliya  ikki  asosiy  qism 
– Qadimgi Ahd va Yangi 
Ahdga  bo
’linadi.  “Ahd”  so’zi  Xudoning  insonlar  bilan  maxsus  aloqasini  ifodalaydi. 
Qadimgi  Ahd  yahudiylikda  ham,  xristianlikda  ham  muqaddas  sanaladigan  va  eng 
qadimiy  davrlarda  yaratilgan  diniy  adabiyotlardan,  Yangi  Ahd  esa,  faqat  xristianlar 
muqaddas  d
еb  biladigan,  ular  diniy  shaklanishiga  aloqador  diniy  asarlardan  iborat. 
Mazkur  dinlarning  aqidalariga  binoan,  Bibliya 
–  Xudoning  kalomi,  barcha  insonlarga 
yo
’llangan,  dunyo  va  odamzodning  paydo  bo’lishi  va  “oxirat”  sirini  ochib  beruvchi 
muqaddas  kitobdir.  Uning  asosiy  mavzusi 
–  yagona  Xudoning  fazilatlari  va  insoniyat 
bilan  munosabati  haqidadir.  Bibliya  miloddan  avvalgi  VIII  asr  va  milodiy  II  asrlar 
oralig
’ida oromiy hamda yunon tillarida yozilgan. Bibliya matnlari tadqiq etilganda shu 
narsa tasdiqlandiki, ular qariyb ming yil davomida xilma-xil joylarda yaratilgan. 
Bibliya  eng  qadimiy  adabiy  yodgorliklardan  biri  bo
’lib,  diniy  pand-nasihatlar, 
aqidalar, bashoratlar,  duolar, solnomalar, masallar, ishqiy  va  falsafiy  dostonlar, hikoyat, 
rivoyat  va  maktublardan  iborat.  Bibliyada,  bir  yoqdan,  odamzodning  gunohkor  bo
’lib, 
Xudo  tomonidan  rad  etilishi,  abadiy  halokatga  mahkum  qilinishi  to
’g’risida  gap  kеtsa, 
ikkinchi  yoqdan  Xudo  insonni  qutqarish  uchun  qanday  r
еjalar  tuzgani  haqida  hikoya 
qilinadi. Ayniqsa, odamlarga najot yo
’lini ochgan Iso Masih  to’g’risida to’laqonli xabar 
beriladi. 
Vahhobiylik 
–  islom  dinining  Hanbaliya  mazhabidagi  oqim.  Arabiston  yarim 
orolining markaziy qismida XVIII asr o
’rtalarida paydo bo’lgan. Asoschisi – Muhammad 
ibn Abdulvahhob. U 1703 yili Najd o
’lkasida, qozi oilasida tug’ilgan. Dastlabki ta'limni 
o
’z otasidan olgach, o’spirinlik yillari Arabiston va qo’shni o’lkalar bo’ylab ko’p safar 
qilgan. Ibn Abdulvahhob aqoidda ibn Taymiya, Ibn al-Kayyim va ibn Kasirga ergashdi. 
Muhammad  ibn  Abdulvahhob  diniy  targ
’ibotni  taxminan  1730  yilda  boshlagan,  o’z 
otasining vafotidan (1740) so
’ng uni faollashtirgan, chunki ota-o’g’il o’rtasida da'vatning 
uslubi  xususida  ixtilof  bo
’lgan. Turk tilidagi tadqiqotlarda ibn Abdulvahhob uzoq yillar 
ingliz  josusi  bilan  hamkorlik  qilgani  haqida  dalillar  mavjud.  Vahhobiylik  tarafdorlari 


 
136 
fikricha, faqat Alloh ma'bud va islomning manbai faqat  Qur
’on va Sunnadir. Muqaddas 
joylarni  ziyorat  qilish,  aziz-avliyolardan,  duolardan  shafoat,  yordam  tilash  shirk 
hisoblanadi.  Musiqa,  qo
’shiq  va  umuman  ma'naviy  taraqqiyotning  boshqa  ko’p 
ko
’rinishlari  “bid'at”  (kеyin  kirib  kеlgan  yangilik)  dеb  sanaladi.  Vahhobiylar  “dinni 
tozalashga, Muhammad davridagi asl holiga k
еltirish” ga harakat qiladi. 
Vahhobiylikda  g
’ayridinlarga, “ilk islom ahkomlaridan chеkingan” musulmonlarga 
qarshi kurash alohida o
’rin tutadi.  

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin