Diniy o ’quv yurtlari – ilohiyotni o’qitib, ruhoniylar tayyorlovchi maktablar. Islom
dinida madrasalar ilk diniy o
’quv yurtlari hisoblanib, ular diniy va tarixiy asarlarda IX
asrdan tilga olina boshlagan. Ularda ko
’p asrlar mobaynida ilohiyot, til va shariat darslari
bilan bir qatorda falsafa, amaliy fanlar ham o
’qitilgan. Kеyinchalik madrasalarda, asosan,
diniy ta'lim beriladigan bo
’ldi. Faqat ayrim musulmon dorilfununlarida ta'lim
avvalgisicha qoldi.
Hozir jahondagi ko
’p mamlakatlarda oliy, o’rta va boshlang’ich ma'lumot beruvchi
ko
’plab diniy o’quv yurtlari mavjud. Islom mamlakatlarida hozir ham madrasalar asosiy
diniy o
’quv yurtlari hisoblanadi. Misr Arab Rеspublikasida al-Azhar, Tunisda Zaytuna,
Hindistonda Aligarx, Pokistonda Panjob, Turkiyada Anqara diniy dorilfununlari va
boshqalar mavjud. O
’zbеkistonda 12 ta diniy o’quv yurti faoliyat ko’rsatadi. Bular:
Toshk
еntdagi Imom al-Buxoriy nomli islom instituti, “Ko’kaldosh”, Buxorodagi “Mir
Arab
” madrasalari, shuningdеk, Toshkеntdagi “Hadichai Kubro”, Buxorodagi “Jo’ybori
Kalon
”, ayol-qizlar islom o’rta maxsus bilim yurtlari, Namangandagi “Mulla qirg’iz”,
Urganchdagi
“Faxriddin ar-Roziy”, Nukusdagi “Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy”,
Andijondagi
“Said Muhiddin Mahdum” islom o’rta maxsus bilim yurtlari va boshqalar.
O
’zbеkistonda din davlatdan ajratilgani uchun diniy o’quv yurtlari davlat xalq ta'limi
tizimiga kirmaydi.
Yevropa Islom K еngashi – Yevropadagi 12 mamlakatda ish ko’ruvchi 30 dan ortiq
islom markazlari va tashkilotlarining faoliyatini boshqarib turuvchi organ. 1973 yilda
Londonda tuzilgan. K
еngash islom tarixi muammolari, dolzarb siyosiy masalalar
bo
’yicha anjumanlar o’tkazadi, faol targ’ibot ishlari bilan shug’ullanadi, bir qancha vaqtli
matbuot nashrlarini chiqarib turadi.