Adventistlar harakati. Adventistlar harakati (lotincha
“kelish”) Amerikada XIX
asrning 30-yillari og
’ir iqtisodiy buhron, umumiy ishsizlik davrida vujudga keldi.
Asoschisi Vilyam Miller (1782-1849). Adventistlar bir necha mustaqil cherkovlarga
bo
’lingan bo’lib, ularning eng kattasi “Yettinchi kun adventistlari” sanaladi. Ularning
asosiy g
’oyasi Isoning ikkinchi bor yerga tushishi va insoniyatni shayton hamda uning tarafdorlaridan mutlaq xalos etishidir. Ular odamlarni Isoni kutib olish uchun hushaxloq
bo
’lishga chaqiradilar. Dindorlardan mablag’larining o’ndan birini cherkov hisobiga
o
’tkazishlari va targibot ishlarini uzluksiz olib borishlarini talab qiladilar. Iso
paygambarning ikkinchi marta yerga qaytishi haqidagi bashorat
“najot yo’li” deb
hisoblanadi.