Dinshunoslik fanining vazifasi nafaqat islom dini, balki jahondagi turli xalqlar
e'tiqod qiladigan mavjud dinlarni ham o
’rganishdan iborat. Chunki dunyodagi turli
xalqlar bilan muloqot qilishda ularning dunyoqarashi, urf-odatlari va qadriyatlarini bilish
katta ahamiyat kasb etadi. Buning uchun esa, avvalo, mazkur xalqlarning qadimgi va
hozirgi diniy e'tiqodlarini o
’rganish zarur. Bundan tashqari Markaziy Osiyoga islom dini
kirib
kеlguniga qadar bu yerda buddaviylik, zardushtiylik, moniylik, xristianlik kabi
dinlar mavjud bo
’lgan. Bu dinlar islom kirib kеlganidan kеyin ham bir qism saqlanib
qolgan va kishilar hayoti, dunyoqarashiga o
’z ta'sirini o’tkazgan. Shuning uchun islom
dini bilan birga mazkur dinlarning ham tarixi, ta'limoti va hayotdagi o
’rnini bilish muhim
masalalar qatoriga kiradi.