Olimlarning dinshunoslik sohasidagi izlanishi muxim xulosalar chiqarishga olib
kеlgan. Birinchidan, har qanday din ijtimoiy hodisa hisoblanib, ijtimoiy ong shakllaridan
biridir; ikkinchidan, diniy tasavvur va e'tiqodlar jamiyat taraqqiyotining muayyan
ijtimoiy sharoitlari ta'sirida turli-tuman shakl va ko
’rinish kasb etgan; uchinchidan,
ibtidoiy diniy tasavvurlardan tortib jahon dinlarigacha bo
’lgan dinlar rivojlanishi
evolyutsiyasini e'tirof etish dinshunoslik haqida to
’g’ri ilmiy xulosa chiqarish
imkoniyatini beradi.