ESHITILDI: Kun tartibidagi ““Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish” kafedra assistenti Irgasheva Umida Abdimital kizi tomonidan yaratilgan 60610100 - Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yoʻnalishlar boʻyicha), 60610200 - Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va soxalar boʻyicha) 60610300 - Axborot xavfsizligi (soxalar boʻyicha) yoʻnalishlar talabalari uchun moʻljallangan “Axborot xavfsizligi asoslari” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni bajarish uchun “Axborot xavfsizligi asoslari” nomli o‘quv qo‘llanmani muhokama qilish va nashrga tavsiya etish to‘g‘risida” kengash raisi R.Abduraxmanov ma’lumot berdi.
Yaratilayotgan o‘quv qo‘llanma 60610100 - Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yoʻnalishlar boʻyicha), 60610200 - Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha), 60610300 - Axborot xavfsizligi (sohalar boʻyicha), 60610300 – Axborot xavfsizligi (sohalar boʻyicha) yoʻnalishlar talabalari uchun moʻljallangan bo‘lib, u “Axborot xavfsizligi asoslari” fanini o‘rganishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
O‘quv qo‘llanmada axborot xavfsizligi tushunchasi, axborotlarga tahdid solishi mumkin bo‘lgan jismoniy va kiber hujumlar va ularni oldini olish, axborotlarni himoyalashning texnik, fizik hamda dasturiy vositalari haqida ma’lumotlar misollar tariqasida aniq bayon etilgan.
O‘quv qo‘llanmaga Jizzax Politexnika instituti “Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi mudiri, dotsent Sh.U.Eshonqulov, O‘zMU Jizzax filiali “Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish” kafedrasi dotsenti A.Abdumalikovlar tomonidan ijobiy taqrizlar berilgan.
R.Abduraxmanov yig‘ilish a’zolarini o‘quv qo‘llanmaning mazmuni, tarkibiy qismlari va foydalanish o‘rni bilan batafsil tanishtirdi.
Ushbu o‘quv qo‘llanma kengash a’zolari oʻrtasida muhokamaga qoʻyildi va ularning fikrlari tinglandi.
SO‘ZGA CHIQDILAR: “Amaliy matematika” fakulteti dekani S.X.Aliboyev, “Axborot tizimlari va texnologiyalari” kafedrasi mudiri A.Karshiyev, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i U.Mingboev hamda o‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i A.Ko‘chimovlar ushbu masala yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Kengash raisi va kengash a’zolarining fikrlarini eshitgan holda ilmiy-uslubiy kengash
QAROR QILADI: 1. ““Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish” kafedra assistenti Irgasheva Umida Abdimital kizi tomonidan yaratilgan 60610100 - Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yoʻnalishlar boʻyicha), 60610200 - Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va soxalar boʻyicha) 60610300 - Axborot xavfsizligi (soxalar boʻyicha) yoʻnalishlar talabalari uchun moʻljallangan “Axborot xavfsizligi asoslari” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni bajarish uchun “Axborot xavfsizligi asoslari” nomli o‘quv qo‘llanmani muhokama qilish va nashrga tavsiya etish” masalasi yuzasidan kengash raisi R.Abduraxmanovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. “Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish” kafedra assistenti Irgasheva Umida Abdimital kizi tomonidan yaratilgan 60610100 - Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yoʻnalishlar boʻyicha), 60610200 - Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va soxalar boʻyicha) 60610300 - Axborot xavfsizligi (soxalar boʻyicha) yoʻnalishlar talabalari uchun moʻljallangan “Axborot xavfsizligi asoslari” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni bajarish uchun “Axborot xavfsizligi asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma ilmiy-uslubiy kengashda ko‘rildi deb hisoblansin va filial Kengashiga tavsiya etilsin.