MIRZO ULUGʻBEK NOMIDАGI OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZАX FILIАLI ILMIY-USLUBIY KENGАSHINING 2-SON YIGʻILISHI BАYONNOMАSIDAN
K Oʻ CH I R M A №9
Jizzax shahri. 20.09.2023 y. Kengash aʼzolari: 25 nafar
Qatnashdi: 22 nafar
KUN TARTIBI: 4. Turli masalalar.
4.9. “Oila psixologiyasi” kafedrasi o‘qituvchisi R.U.Otamuratov tomonidan yaratilgan “Oila psixoterapiyasi nazariyalari” nomli darslikni muhokama qilish va nashrga tavsiya etish to‘g‘risida.
ESHITILDI: Kun tartibidagi ““Oila psixologiyasi” kafedrasi o‘qituvchisi R.U.Otamuratov tomonidan yaratilgan “Oila psixoterapiyasi nazariyalari” nomli darslikni muhokama qilish va nashrga tavsiya etish to‘g‘risida” kengash raisi R.Abduraxmanov ma’lumot berdi.
Yaratilayotgan darslikda oila va uning shakllanishi, shaxsiy va oilaviy munosabatlar psixoterapiyasi, oila psixoterapiyasining turlari va shakllari, psixoterapiya yo‘nalishlarining hozirgi kundagi texnikalari va amaliyotda foydalaniladigan mashq, trening va diagnostika usullari nazariy tomondan yoritilgan.
Darslik fanga oid asosiy ilmiy tushuncha va nazariyalar mazmunini tegishli fan dasturi hajmida taʼlim vazifalari hamda talabalarga mos tarzda ochib beradi. Darslik bilimning muntazam, mustahkam va ongli oʻzlashtirilishiga, talabalarda ushbu fanga qiziqish uygʻotishga, ularda ilmiy tafakkurning tarkib topishiga yordam beradi.
Darslikka JDPU, Umumiy psixologiya kafedrasi ps.f.b.f.d. (PHD) dotsent G.A. Qarshiboyeva, O‘zMU Jizzax filiali “Yoshlar psixologiyasi” kafedrasi mudiri, dotsent B.Sh.Norbekovalar tomonidan ijobiy taqrizlar berilgan.
R.Abduraxmanov yig‘ilish a’zolarini darslikning mazmuni, tarkibiy qismlari va foydalanish o‘rni bilan batafsil tanishtirdi.
Ushbu darslik kengash a’zolari oʻrtasida muhokamaga qoʻyildi va ularning fikrlari tinglandi.