Mirzo ulugʻbek nomidаgi oʻzbekiston milliy universitetining jizzаx filiаli ilmiy-uslubiy kengаshining



Yüklə 179,5 Kb.
səhifə13/16
tarix28.09.2023
ölçüsü179,5 Kb.
#150237
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
bayondan kuchirma 2

SO‘ZGA CHIQDILAR:
“Psixologiya” fakulteti dekani N.N.Alimov, “Yoshlar psixologiyasi” kafedrasi mudiri B.Norbekova, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i U.Mingboev hamda o‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i A.Ko‘chimovlar ushbu masala yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Kengash raisi va kengash a’zolarining fikrlarini eshitgan holda ilmiy-uslubiy kengash


QAROR QILADI:
1. ““Oila psixologiyasi” kafedrasi o‘qituvchisi R.U.Otamuratov tomonidan yaratilgan “Oila psixoterapiyasi nazariyalari” nomli darslikni muhokama qilish va nashrga tavsiya etish to‘g‘risida” masalasi yuzasidan kengash raisi R.Abduraxmanovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. “Oila psixologiyasi” kafedrasi o‘qituvchisi R.U.Otamuratov tomonidan yaratilgan “Oila psixoterapiyasi nazariyalari” nomli darslik ilmiy-uslubiy kengashda ko‘rildi deb hisoblansin va filial Kengashiga tavsiya etilsin.
Ilmiy-uslubiy kengash raisi: R.Abduraxmanov


Ilmiy-uslubiy kengash kotibi: S.Sharipova


MIRZO ULUGʻBEK NOMIDАGI OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZАX FILIАLI ILMIY-USLUBIY KENGАSHINING
2-SON YIGʻILISHI BАYONNOMАSIDAN


K Oʻ CH I R M A №10


Jizzax shahri. 20.09.2023 y.
Kengash aʼzolari: 25 nafar
Qatnashdi: 22 nafar


KUN TARTIBI:
4. Turli masalalar.
4.10. “Axborot tizimlari va texnologiyalari” kafedra o‘qituvchisi Salimov Jamshid Obid o‘g‘li tomonidan yaratilgan “Sun’iy intellekt va neyronto‘rli texnologiyalar” fanidan o‘quv qo‘llanmani muhokama qilish va nashrga tavsiya etish to‘g‘risida.


ESHITILDI: Kun tartibidagi ““Axborot tizimlari va texnologiyalari” kafedra o‘qituvchisi Salimov Jamshid Obid o‘g‘li tomonidan yaratilgan “Sun’iy intellekt va neyronto‘rli texnologiyalar” fanidan o‘quv qo‘llanmani muhokama qilish va nashrga tavsiya etish to‘g‘risida” kengash raisi R.Abduraxmanov ma’lumot berdi.
Yaratilayotgan o‘quv qo‘llanma 60610200 - Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) yoʻnalish talabalari uchun moʻljallangan bo‘lib, u “Sun’iy intellekt va neyronto‘rli texnologiyalar” fanini o‘rganishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
O‘quv qo‘llanma fanga oid asosiy ilmiy tushuncha va nazariyalar mazmunini tegishli fan dasturi hajmida taʼlim vazifalari hamda talabalarga mos tarzda ochib beradi. O‘quv qo‘llanma bilimning muntazam, mustahkam va ongli oʻzlashtirilishiga, talabalarda ushbu fanga qiziqish uygʻotishga, ularda ilmiy tafakkurning tarkib topishiga yordam beradi.
O‘quv qo‘llanmaga Jizzax Davlat Pedagogika universiteti “Informatika va raqamli ta’lim texnologiyalari” kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori A.E.Begbo‘tayev, O‘zMU Jizzax filiali “Axborot tizimlari va texnologiyalari” kafedrasi dotsenti A.A.Karshiyevlar tomonidan ijobiy taqrizlar berilgan.
R.Abduraxmanov yig‘ilish a’zolarini o‘quv qo‘llanmaning mazmuni, tarkibiy qismlari va foydalanish o‘rni bilan batafsil tanishtirdi.
Ushbu o‘quv qo‘llanma kengash a’zolari oʻrtasida muhokamaga qoʻyildi va ularning fikrlari tinglandi.



Yüklə 179,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin