ESHITILDI: Kun tartibidagi ““Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish” kafedrasi assistentlari J.R.Baratov, M.R.Tojiyev, A.H. Tojiyev, Sh.S.Mahkamov, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat universiteti “Matematik modellashtirish” kafedrasi tayanch doktoranti I.Q.Ximmatov tomonidan yaratilgan 5330300 – Axborot xavfsizligi (sohalar boʻyicha) yoʻnalishi talabalari uchun moʻljallangan “Kiberxavfsizlik asoslari 1-qism” nomli darslikni muhokama qilish va nashrga tavsiya etish to‘g‘risida” kengash raisi R.Abduraxmanov ma’lumot berdi.
Muallif tomonidan tavsiya etilayotgan mazkur darslik oliy o‘quv yurtlarning “5330300 – Axborot xavfsizligi (sohalar boʻyicha)” yo‘nalishida ta’lim olayotgan bakalavriat talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u shaxsiy ma’lumotlar, moliyaviy yozuvlar va qattiq qo‘riqlanadigan tijorat sirlari kabi muhim ma’lumotlarni himoya qilish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kiberxavfsizlik bo‘yicha batafsil bilimlar berilgan.
Darslik fanga oid asosiy ilmiy tushuncha va nazariyalar mazmunini tegishli fan dasturi hajmida taʼlim vazifalari hamda talabalarga mos tarzda ochib beradi. Darslik bilimning muntazam, mustahkam va ongli oʻzlashtirilishiga, talabalarda ushbu fanga qiziqish uygʻotishga, ularda ilmiy tafakkurning tarkib topishiga yordam beradi.
Darslikka Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti “Kompyuter ilmlari va texnologiya fanlari” kafedrasi dotsenti, f.m.f.d S.Axadqulov, O‘zMU Jizzax filiali “Axborot tizimlari va texnologiyalari” kafedrasi p.f.f.d. X.A.Umarovlar tomonidan ijobiy taqrizlar berilgan.
R.Abduraxmanov yig‘ilish a’zolarini darslikning mazmuni, tarkibiy qismlari va foydalanish o‘rni bilan batafsil tanishtirdi.
Ushbu darslik kengash a’zolari oʻrtasida muhokamaga qoʻyildi va ularning fikrlari tinglandi.
SO‘ZGA CHIQDILAR: “Amaliy matematika” fakulteti dekani S.X.Aliboyev, “Axborot tizimlari va texnologiyalari” kafedrasi mudiri A.Karshiyev, “Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish” kafedrasi mudiri O.Kayumov, hamda o‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i A.Ko‘chimovlar ushbu masala yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Kengash raisi va kengash a’zolarining fikrlarini eshitgan holda ilmiy-uslubiy kengash
QAROR QILADI: 1. ““Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish” kafedrasi assistentlari J.R.Baratov, M.R.Tojiyev, A.H. Tojiyev, Sh.S.Mahkamov, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat universiteti “Matematik modellashtirish” kafedrasi tayanch doktoranti I.Q.Ximmatov tomonidan yaratilgan 5330300 – Axborot xavfsizligi (sohalar boʻyicha) yoʻnalishi talabalari uchun moʻljallangan “Kiberxavfsizlik asoslari 1-qism” nomli darslikni muhokama qilish va nashrga tavsiya etish” masalasi yuzasidan kengash raisi R.Abduraxmanovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. “Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish” kafedrasi assistentlari J.R.Baratov, M.R.Tojiyev, A.H. Tojiyev, Sh.S.Mahkamov, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat universiteti “Matematik modellashtirish” kafedrasi tayanch doktoranti I.Q.Ximmatov tomonidan yaratilgan 5330300 – Axborot xavfsizligi (sohalar boʻyicha) yoʻnalishi talabalari uchun moʻljallangan “Kiberxavfsizlik asoslari 1-qism” nomli darslik ilmiy-uslubiy kengashda ko‘rildi deb hisoblansin va filial Kengashiga tavsiya etilsin.