Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universitetining Jizzax filiali “Amaliy psixologiya” yo’nalishi 937-20 guruh talabasi Djumabekova Charosning “Yuzlashtirish va so’roq qilish



Yüklə 13,8 Kb.
tarix08.11.2022
ölçüsü13,8 Kb.
#67930
Taqriz. Charos


Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universitetining Jizzax filiali “Amaliy psixologiya” yo’nalishi 937-20 guruh talabasi Djumabekova Charosning “Yuzlashtirish va so’roq qilish, qo’lga ushlash psixologiyasi” mavzusiga yozgan kurs ishiga
Taqriz.
Yuzlashtirish psixologiyasi, yuzlashtirish natijasiga taʼsir ko‘rsatuvchi omillar, so‘roq qilishning psixologik xususiyatlari,guvohlantirish psixologiyasi.
1.Yuzlashtirish psixologiyasi.
Ikki odamlarning ko‘rsatmalaridagi qarama-qarshiliklarni aniqlash uchun tergovchi yuzlashtirsh tergov harakatini o‘tkazadi. Bu holat kuchli nizoliy vaziyat va yuqori hayajon taʼsiri ostida bo‘lib o‘tadi.
2.Yuzlashtirish natijasiga taʼsir ko‘rsatuvchi omillar.
Yuzlashtirishning natijasiga 2 guruhdagi omillar taʼsir ko‘rsatadi.
1 guruh – ijtimoiy-psixologik tavsifiga ega bo‘lgan qarama-qarshiliklarning sabablariga oid omillar,
2 guruh – tergovchining yuzlashtirishni tashkilashtiruvchi harakatlariga oid omillar.
3.So‘roq qilishning psixologik xususiyatlari
So‘roq paytida tergovchi va ayiblanuvchi o‘rtasida tortishuv, munozara suhbat va boshqa qarama-qarshi fikr yuritishlar nomaѐn bo‘ladi. Shuning uchun so‘roqni o‘zaro suhbat tarzida o‘tkazilishi ko‘proq bir-birlarini tushinishga, hamkorlik o‘rnatilishiga olib keladi.
Talaba Djumabekova Charosning “Yuzlashtirish va so’roq qilish, qo’lga ushlash psixologiyasi” mavzusida yozgan kurs ishi, kurs ishi 2 Bob, 7 bo’lim, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Kurs ishining kirish qismida mavzuning bugungi kundagi dolzarbligi, predmeti, maqsadi, vazifalari va tuzilishi imkon darajasida yoritib berilgan.
Kurs ishining birinchi bobida Yuzlashtirish jarayoni va unga ta’sir etuvchi omillar va qarama-qarshiliklar haqida bayon etilgan.
Kurs ishining ikkinchi bobida So’roq qilish, guvohlantirish va qo’lga olish psixologiyasining xususiyatlari haqida batafsil bayon etilgan. Kurs ishining xulosa qismida har ikkala bobdan kelib chiqib umumiy xulosa berilgan.
Talaba Djumabekova Charosning kurs ishi yuzasidan tanlangan mavzu nazariy jihatdan aniq yoritib berilgan. Kurs ishida ayrim juz’iy kamchiliklar mavjud. Kamchiliklar kurs ishining mazmuniga ta’sir etmaganligi uchun himoyaga tavsiya etaman.
Taqrizchi: A.Sharafitdinov
Yüklə 13,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin