2.Elam hujjatlari Suza arxivi. Fransuz arxeologlari tomonidan Suzadagi akropolda qazish ishlari davrida elam xo‘jalik hujjatlari arxivi topilgan (300 ta taxtachadan ortiq). 33 Matnlar sanasi yo‘q, lekin mazmuniga ko‘ra, ularni ilk ahmoniylar davriga (Kir II podsholigi davriga) taalluqli bo‘lishi mumkin deb hisoblanadi. Biroq, bu hujjatlarni so‘nggi Elam podsholigi yillari bilan belgilash mumkin, (650-630 yy.) yoki bobilliklarning Suzani bosib olish davri (600-560 yy.) bilan bog‘lash mumkin. Elam hujjatlari qadimgi eronliklar haqida muhim ma’lumotlar beradi. Masalan, bir hujjat ahmoniylar davri Doro I yoki Artakserks I podsholigi davri bilan belgilangan. Hozircha bu taxtacha (табличка)ning boshqa taxtachalar bilan bog‘liqligi aniqlanmagan. Hujjatlar V.Sheyl tomonidan nashr qilingan, rus tiliga tarjimasi Yu.B.Yusufov tomonidan amalga oshirilgan. Yu.Yusufov 1-298 matnlar VI asrning ikkinchi choragiga to‘g‘ri kelishini, 301-307 matnlar VI asrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri kelishini taxmin qiladi. 1950 yil R.Girshman Suzada uchta elam xo‘jalik hujjatlarini topgan, bular ham Suza taxtachalari kabi o‘sha davrga taalluqli bo‘lgan.
Persepol arxivi 1933-1934-y. Chikago universiteti Sharqshunoslik instituti arxeologik ekspeditsiyasi E.Xersfeld rahbarligida Persepolning shimoli-g‘arbiy burchagida qal’a devorini qazib ochgan. U yerdan ko‘plab elam yozuvidagi mixxat matnlarini topgan. Ular shartli ravishda “qal’a devori taxtachalari” 4 (“Таблички крепостной стены) nomini olgan. 1969yilda R.Xollog mazkur matnlardan 2087 hujjatni nashr qilgan. Minglab matnlar chop qilinmay qolgan. Dastlab topilmalar 30000 atrofida deb e’lon qilingan, ammo nashr qilishga yaraydiganlari soni 8000 tani tashkil etgan. Ba’zilari hanuzgacha o‘qib chiqilmagan va tarjima qilinmagan. Qal’a devori hujjatlari mil.avv. 509-494yillar, ya’ni Doro I ning 37 yil davom etgan hukmronligi davrining 13-28yillari bilan belgilanmoqda. Ular garchi barchasi Persepoldan topilsa ham ko‘proq Eronning Pars viloyati va qadimgi Elam hududida (shu bilan birga ba’zi matnlar Suzada) yozilgan. Taxtachalarni ikki katta guruhga bo‘lish mumkin: 4 Tablichki so’zi xumdonda pishirilgan g’isht ko’rinishidagi yozma yodgorlik bo’lib, yuzasiga o’yib xat bitilgan loy taxtacha.
1) Xo‘jalik talablari va davlat zahiralari uchun bir joydan ikkinchi joyga turli xil oziq-ovqatlarni tashish bilan bog‘liq yirik operatsiyalarni ro‘yxatga olish hujjatalari;
2) Shoh xo‘jalik xodimlari va amaldorlar uchun oziq-ovqat tarqatganligi to‘g‘risidagi vedomost-qaydnomalardan iborat. Matnlar orasida har xil hajmdagi hujjatlar, ya’ni bir va bir necha qatordan iborat yozuvli yorliqlardan tortib, 80-90 va undan ham ortiq qatorli yozuv bitilgan oziq-ovqatlar xarajatlarining yig‘ma qaydnomalari uchraydi. Mazkur yig‘ma vedomostlarda ma’lum joyda ma’lum qaydnoma asosida oziq-ovqatlarning sarf qilinganligi aks ettirilgan. Bu qaydnomalar ba’zan bir necha yillik xarajatlardan iborat bo‘lgan.
Oziq-ovqatlarni aniq maqsadda sarflanganligi to‘g‘risida yozma ma’lumot - tilxatlar ham bor. Matnlarda oziq-ovqatlarni tashish va hayvonlarni joydan joyga haydash, soliq olish, ishchilar uchun oziq-ovqat berish va davlat amaldorlariga maosh berish va boshqalar haqida ma’lumotlar bor. Ular orasida uy hayvonlarining terilarini omborga topshirganlik haqida hujjatlar, oziq-ovqatlar (don, un, o‘simlik yog‘i, may, bo‘za, xurmo va mevalar) nimalarga sarf qilinganligini ko‘rsatib qilingan hisobotlari bor. Qal’a devorlaridagi taxtachalar orasida yuqori martabali shoh amaldorlarining yozishmalari saqlanib qolgan. Hozircha 78 ta xat nashr
Is’hoqov M.M., Alimova R.R. Arxivshunoslik. O‘quv qo‘llanma. –T., 2017
qilingan. Qal’a devor matnlari mazmuniga ko‘ra, 1936-1938yillarda Persepol shoh yo‘lining janubi-g‘arbiy burchagida qazib olingan xazinaning bir xonasida topilgan qimmatbaho buyumlar haqidagi hujjatlar deb nomlanuvchi hujjatlar bilan o‘xshashligi bor. Jami 753 ta yaxlit taxtachalar va 200 hujjatning parchalari topilgan. Shulardan 140 qa yaqini Kamerun tomonidan nashr qilingan. Bo‘laklarning aksariyatidagi matnlarni bir-biriga bog‘lab bo‘lmaganligi sababli nashr qilishning iloji bo‘lmagan. Qimmatbaho buyumlar xazinasi hujjatlari 492-458yillar (Doro I ning 30yillaridan to Artakserks I ning 7yil hukmronligigacha bo‘lgan davr) bilan sanalashtirilgan va Persepol saroy xo‘jaligi hamda uning viloyatlari xo‘jaliklariga kumush va natural oziq-ovqatlar berilishini qayd etgan. Bu matnlar saroy xazinasi 35 bilan saroy ombori o‘rtasidagi oziq-ovqatlarni sarf qilish to‘g‘risidagi hisobkitoblardir. Formulyarlarga ko‘ra 5 , hujjatlar xatlar va esdalik yozuvlari (“memorial notes”)ga bo‘linadi.
Xatlar har xil amaldorlardan Persepoldagi xazina mudiriga jo‘natilgan. Xatlarda ma’lum miqdordagi pul qaysidir bajargan ishi uchun ma’lum kishilarga berilishi ko‘rsatilgan. Esdalik yozuvlarida bajarilgan ish, u qachon boshlanib, qachon tugaganligi, ishga mas’ul shaxs va ishchilarga ularning malakasiga ko‘ra turlicha (kategoriya) toifaga asosan ish haqi miqdori to‘lanishi (ko‘rsatilgan) aks etgan. Xazina va qal’a devorlarining ba’zi matnlari shohning shaxsiy farmonlaridan iborat. Hujjatlar muhrlar bilan tasdiqlangan, muhrlar g‘o‘lakcha (silindr) va to‘rtburchak shaklida (shtempel-tug‘ro ko‘rinishida) bo‘lgan. Xazina taxtachalarida 199 muhr saqlangan (loy bullalar) . Kamerun muhrlardan 114 tasini nashr qilgan. Qal’a devorlaridagi matnlarda juda ko‘p muhrlar bo‘lib, hali ular to‘liq nashr qilinmagan. Bu turkum yuzdan ortiq muhrlarda yozuvlar mixxat yoki ba’zan oramiy xatida yozilgan. Aytish mumkinki, qal’a devori matnlarining birida (№1853) Ashpazan ismli amaldorning muhri aniqlangan. Bu ism o‘yilgan muhr xazinaning yana to‘rtta taxtachasida ham bor. Persepoldagi elam taxtachalari tashqi ko‘rinishiga ko‘ra mixxat yozuvli loy taxtachalar guruhiga mansub. Bobilning ayni shu davrga oid (sinxron) tablichakalaridan farqli o‘laroq o‘ng qirg‘og‘i dumaloq, chap qirg‘og‘i esa yapasqi silliq ko‘rinishga ega, sababi u joyga muhr tushirilishi kerak edi. Bundan tashqari bobil hujjatlaridan farqli ravishda Persepol hujjatlari oramiycha ko‘chirmalariga bog‘lab qo‘yilgan. Bunga taxtachalarning silliq burchagidagi teshik va tizimchalar guvohlik beradi. Aksariyat taxtachalarning o‘lchami - uzunligi 6 sm, eni 3 sm bo‘lgan. 5Formulyar – hujjatning boshlov va tugallash qismlaridagi an’anaviy jumlalardir. Bu o‘rinda sarfiyot haqida xotirot yozuvlarining ikki xili haqida so‘z bormoqda. Ularning biri maktub, ikkinchisi eslatma shakli. 6Bulla so‘zi hujjat o‘ramining tizimcha bog‘ichi ustiga yopishtirilgan loyga tushirilgan muhr izi ma’nosini bildiruvchi atama. 36 Persepol hujjatlari barchasi biror istisnosiz juda muhim. Binobarin, o‘sha davrga oid ko‘plab manbalar mavjudligiga qaramay, axmoniylar davri arxivining topilishi katta ahamiyat kasb etadi. Vaholanki, xususiy arxivlar va ibodatxona xo‘jalik arxivlari Persepol hujjatlari Erondagi shoh xo‘jaligi to‘g‘risida favqulodda ko‘p ma’lumot berdi. Hujjatlar qadimgi eron leksikasini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi, chunki ularda elamliklar o‘zlashtirib olgan ko‘plab qadimgi eroniy so‘zlar, 200 tacha fors ismlari tilga olingan. Ismlar jamiyatning mafkuraviy g‘oyasi, turmush tarzi, madaniyati, ijtimoiy munosabatlariga ishorat qiluvchi materialdir.