Misr Usmoniylar imperiyasi tarkibida (XVII-XVIII) Mavzu: Misr Usmoniylar imperiyasi tarkibida (XVII-XVIII) Reja: Kirish i-bob. Misrning Usmoniylar bosqini arafasida va undan keyingi davr tarixi



Yüklə 75,02 Kb.
səhifə5/6
tarix14.06.2023
ölçüsü75,02 Kb.
#130212
1   2   3   4   5   6
Misr Usmoniylar imperiyasi tarkibida (XVII-XVIII) Mavzu Misr Us

Muhammad Alining hukumatga kelishi.

Fransuz qo’shinlarini Misrdan chiqib ketishi bilanoq – inglizlar, mamlyuklar va


turklar o’rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqa boshladi. 1803 yili Fransiya bosimi
ostida ingliz armiyasi ham olib chiqib ketildi. Amen tinchlik shartnomasiga ko’ra
Misr turk sultoniga qaytarib berildi. Shunga qaramasdan inglizlar va fransuzlar
Misrda mamlyuklardan foydalangan holda o’z mavqe’larini saqlab qolmoqchi edilar. 1802 va 1804 yillarda mamlyuk beylari va Turkiya o’rtasida taxt uchun kurash davom etdi. Misr tarixida yangi davr turk armiyasidan ajralib chiqqan alban korpusi boshlig’i Muhammad Ali (1769 – 1849) nomi bilan bog’liq. Muhammad Ali
frakiyaning Kavalla shahrida tug’ilgan. Muhammad Ali shahsiga ta’rif beradigan
bo’lsak u uddaburon, mansabga intiluvchan shaxs bo’lgani ko’zga tashlanadi.
Muhammad Ali aslida savodsiz odam bo’lgan, u savodini 40 yoshida chiqaradi. U
alban tilidan boshqa tillarda erkin gapalasha olmagan. Lekin u davlat boshqaruvida
juda ham uddaburon bo’lgan. U Misrni deyarli Mustaqil davlatga aylantirdi va Misr
kelajagi uchun bir nechta islohotlar o’tkazdi. Muhammad Ali aslida Albaniyalaik
tamaki savdosi bilan shug’ullanuvchi savdogar bo’lgan. U keyinchalik turk armiyasi
safiga kelib qo’shiladi. Alban korpusi 1803 yili Misrga Napaleon qo’shinlariga qarshi yuborilgan edi. Keyinroq Muhammad Ali Usmonlilar Sultoni tomonidan tayinlangan gubernatorlarga qarshi harakat olib bordi va uni Qohirani tark etib chiqib ketishga majbur qildi. 1804 yili mamlyuklar eski tuzumni tiklash maqsadida harakatlar boshladilar, ularga qarshi Muhammad Ali boshchiligida xalq bosh ko’tardi va mamlyuklarni sahroga haydab yubordi. U Al – Azxar masjidi shayxi bilan birga ish olib bordi. Qo’zg’alonchilar mamlyuk beyi Usmon Bardisini saroyini egallab, mamlyukalarni shahardan haydab yubordilar. Qohira shayxlari Misr podshosi etib Aleksandriya viloyati boshlig’i Xurshidni tayinlashdi, uning o’rinbosari etib Muhammad Ali tayinlandi. To’rt oylik qamaldan so’ng Muhammad Ali yuqori Misrdan mamlyuklarni haydab yubordi. Xurshid ham eski tuzumda ish olib bordi; uning askarlari qohiraliklrni talashdi. 1805 yili Muhammad Ali boshchiligida Xurshidga qarshi qo’zg’alon ko’tarildi. Xurshidni xaydab chiqargandan so’ng, qohira shayxlari Muhammad Alini Podsho etib tayinlaydilar, bu qarorni turk hukumati ham qo’llab - quvvatlashga majbur bo’ldilar. 1808 yili Muhammad Ali mamlyuklarni barcha yerlarini tortib oladi. 1811 yili Muhammad Ali mamlakatni absalyut hukmdoriga aylanadi. U mamlakatni Usmonlilar sultonligining vassali deb hisoblar va har yili Istambulga yillik soliq yig’imlarini yuborar edi. Tez orada uning hukumati cheklanmagan hukumatga aylandi. Muhammad Ali hukmronligi 1849-yilga qadar davom etdi. Misrliklar uni zamonaviy Misr davlati asoschisi deb hisoblaydilar. Muhammad Ali mamlyuklarga qarshi kurashni to’xtatmadi.


XULOSA
Kurs ishimizda ko’rib chiqilgan Misr tarixini o’rganar ekanmiz, eng avvalo
Misr bu davrga kelib ancha ayanchli ahvolga tushib qolganinin ko’rishimiz mumkin.
So’zimizning isboti sifatida, mamlyuklar davrida aholining soliqlar, yig’imlar va turli xil ishlarga ommaviy safarbar etilishi natijasida og’ir ahvolda qolaganini ko’rishimiz mumkin. Lekin shunga qaramasdan mamlyuklar aholiga yengillik yaratish o’rniga ularga doimo zulm o’tkazar edilar. Bu holat dehqonlarni mamlyuklar tomonidan shavfqatsiz eksplutatsiya qilinishida ko’rinadi. Bu ham yetmaganday dehqonlar yeb – ichishiga ham yetmaydigan bo’lib qolgan edilar. Yana bu davrda multazimlarning kuchayishi natijasida oddiy xalqning ezilishi yaqqol namoyon bo’ladi. Mana shu holatdan ezilgan xalq chet ellik bosqinchilarni ba’zi paytlarda ochiq chehra bilan ham kutib oladilar. Bu holat mamlyuklar davlat boshqaruvidan ketgandan so’ng, ya’ni Usmonlilar davrida ham davom etdi. Bu holat nafaqat Misrda balki Usmonlilar imperiyasi tarkibidagi barcha davlatlarada kuzatiladi, lekin eng og’ir yuk Misr zimmasiga tushdi. Usmonlilar imperiyasining g’aznasiga kelib tushadigan to’lovlarning 3/2 qismi Misr zimmasida edi. Misrning qulay geografik joylashuvi boshqa davlatlarda ham qiziqish uyg’otdi. Misr Hindistonga olib boradigan tranzit yo’l yoqasida joylashgan bo’lib undan juda ko’plab savdo karvonlari o’tgan. Bu davrga kelib Yevropa davlatlari mustamlakachilik siyosatini boshlab yuborgan edilar. Misrni zabt etish mana shu siyosatni olib borayotgan barcha davlatlarning azaliy orzusi edi. Avval Misrni egallashga fransuzlar Napoleon Bonapart boshchiliugida urinib ko’radilar va ular qisman bo’lsada Misrni egallashga muvaffaq bo’ladilar. Misrni egallanishiga sabab yana xalqning ezilganligida deb bilsak bo’ladi, chunki fransuzlarni ular o’zlarining xaloskori sifatida qabul qiladilar, lekin ularning o’y – hayollari puch bo’lib chiqadi. Napoleon Bonapart davrida ham ular og’ir ahvolga tushib qolganliklarini ko’rishimiz mumkin. Shundan so’ng inglizlar Misrni egallashga harakat qilib ko’radilar, lekin taxtga alban ko’rpusi boshlig’i Muhammad Ali kelishi bilan bu holatlarning barchasiga nuqta qo’yilgani ko’ramiz va Misrni rasman bo’lmasada tashqi va ichki siyosatda mustaqilligi ko’zga tashlanadi Muhammad Ali Misrda bir necha islohotlar o’tkazib rivojlantirib yuboradi. Lekin shunday bo’lsa ham inglizlar Misrni turli xil yo’llar bilan o’z mustamlakasiga aylantirib oladilar. Bu davrni o’rganib shunday xulosa qilsa bo’ladiki davlatchilik paydo bo’lgan ilk o’lka Misr yirik davlatlar o’rtasida kurash maydoniga aylanib taraqqiyotdan orqadan qolib ketgan edi.

Yüklə 75,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin