Missonerlik nima ? Missionerlikning geosiyosiy maqsadlari



Yüklə 26,38 Kb.
səhifə1/5
tarix20.11.2023
ölçüsü26,38 Kb.
#162565
  1   2   3   4   5
Elektir energiya


Reja:


  1. Missonerlik nima ?

  2. Missionerlikning geosiyosiy maqsadlari

  3. O’zbekistonda missionerlik harakatlari oqibatlari

  4. Missionerlik harakatlariga qarshi kurashish

Globallashuv sharoitida mafkura poligonlarida inson qalbi va ongini zabt etishga bo`lgan harakatlar tobora kuchaymoqda. Zero, global miqyosda g`oyaviy - mafkuraviy tahdid sifatida namoyon bo`layotgan missionerlikning kuchayishi dunyo jamoatchiligi ongi, ruhiyati va ma`naviyatiga jiddiy ta`sir o`tkazmoqda. Bu haqda fikr yuritganda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev qayd etganidek: “Barchamizga yaxshi ma`lumki, hozirgi kunda dunyo shiddat bilan o`zgarmoqda. Insoniyatning taqdiri va kelajagiga tahdid solayotgan xavf-xatarlar tobora kuchayib bormoqda”,-deya ta`kidlagani bejiz emas. Zero, bugungi kunda missionerlik zamirida taraqqiyot sari intilayotgan mamlakatlarning davlat suvereniteti, konstitusion tuzumga qilinayotgan tajovuzlarni mafkuraviy qo`llab quvvatlash, mafkura poligonlarida olib borilayotgan kurash uchun juda katta sarmoyalarni safarbar etishayotganligi kuzatish mumkin.Keng ma`noda missionerlik (lot. yuborish, topshirish) biror dinni o`z yurtidagi yoki o`zga yurtlardagi g`ayridinlar o`rtasida tarqatish sohasidagi cherkov tashkilotlarining faoliyati hisoblanadi. Missionerlik - biror dinga e`tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ`ib qilish. Buddizmda miloddan avvalgi 3-asrdan boshlab yoyilgan, Xristianlikda missionerlik 4-asrdan paydo bo`lgan. XIII-XVI asrlarda xristian missionerligi Hindiston, Xitoy, Yaponiyaga kirib bordi. Katolik cherkovi missionerlik Ispaniya va Portugaliya mustamlaka imperiyalari tashkil topgach (XV-XVIasrlar), o`z faoliyatini kuchaytirdi. Missionerlik Yangi erlarni zabt etishda mustamlakachilarga yordam berdi. Katolik missionerlariga rahbarlik qilish uchun papa Grigoriy XV 1662 yilda Diniy targ`ibot kongregasiyasini ta`sis etdi. Missionerlik 19-asrning uchinchi choragida, imperialistik davlatlar dunyoni bo`lib olish uchun kurash olib borgan davrda ayniqsa aktivlashdi. Xristian missionerlari Afrikada o`z faoliyatlarini kuchaytirdilar. Missionerlik muassasalari yirik kapital va erlarni tasarruflariga olib, o`z mamlakatlari siyosatini o`tkazishga katta yordam beradilar.


Missionerlikning geosiyosiy maqsadlari
Shu o`rinda, missionerlik aniq belgilangan siyosiy maqsadlarni amalga oshirishda aksariyat holatlarda yovuz va buzg`unchi g`oyalarini ko`zlayotgani oydinlashmoqda. Mazkur harakatlar oqibatida iqtisodiy taraqqiyotdan orqada qolgan davlatlarga “beg`araz” yordamning ko`rsatish niqobi ostida ayrim mustaqil davlatlarning ichki ishlariga ochiqdan ochiq aralashuvining yashirin ko`rinishi sifatida namoyon bo`lmoqda. Bugungi kunda u yoki bu dinni bayroq qilib dunyoviy tartibotga qarshi yo`naltirilgan radikal harakatlarga qarshi kurash olib borish ko`p qirrali benihoya ziddiyatli fenomen ekanligini inobatga olish zarur. Zero, jahondagi etakchi davlatlar missionerlik harakatlarini yo`naltirish orqali iqtisodiy yordam berish bahonasida aksariyat holatlarda o`zlarining siyosiy shartlarini bajarishga majbur qilish holatlari kuzatilmoqda. Ayniqsa, iqtisodiy jihatdan zaif davlatlarga “beg`araz” yordam ko`rsatish orqali o`z siyosiy ta`sir doirasiga olish holatlari tobora oydinlashmoqda. Xususan, diniy vositalar orqali o`zga davlatlarning ichki ishlarga aralashish bilan bir qatorda, kuchli davlatlarning kuchsiz davlatlarga nisbatan siyosiy bosimini tajovuzkorlik harakatlarini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, jahondagi etakchi davlatlarning dunyo zaxiralarining egallash va nazorat qilishda mafkuraviy hujum quroli sifatida missionerlikdan foydalanayotganligi kuzatilmoqda. Bugungi kunda missionerlik natijasida ayrim mamlakatlardagi davlat suvereniteti, konstitusion tuzumga qilinayotgan tajovuzlarni mafkuraviy qo`llab quvvatlash va ta`minlash holatlari namoyon bo`lmoqda. Dunyoda miqyosida tahlikali vaziyatini tobora avj olishi missionerlik borasida jiddiy fikrlashni taqozo etayotir. Missionerlik oqibatida muayyan hudud va mintaqada katta ma`naviy yo`qotishlar yuz berayotganligi mamlakat miqyosida hukumat boshqaruvida o`zaro qarama qarshi kuchlarning shakllanishiga zamin yaratmoqda. Mazkur holat, eng avvalo, millatning asriy qadriyatlariga raxna solish orqali xalq va millatning turmush darajasini izdan chiqarish orqali davlat boshqaruvida separatizmning kuchayishi muayyan mamlakat suverenitetiga nisbatan jiddiy xavf solmoqda.

Yüklə 26,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin