Mm50-guruh talabasi musurmonova charosning


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI



Yüklə 215,8 Kb.
səhifə2/9
tarix29.04.2022
ölçüsü215,8 Kb.
#56686
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2 5427120344513122568

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI..............................................30

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi.Ma’lumki, bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida korporativ tuzilmalarning o’rni benihoya yuqoriligi ko’pchilik iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar tajribasida allaqachon o’z tasdig’ini topgan. Xususan, O’zbekiston Respublikasida aksiyadorlik jamiyatlarida samarali boshqarish tizimini tashkil etishda korporativ moliyaviy boshqaruvni takomillashtirish yo’llari va korporativ boshqaruv standartlarini kiritishda rag’batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tarkibiy o’zgarishlar va yuksak texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korporativ tuzilmalarni yanada rivojlantirish dasturidagi vazifalaridan kelib chiqqan holda aksiyadorlik jamiyatlariga zamonaviy tehnologiyalarni keng joriy etish, investitsiyalarni jalb etish, innovatsion jarayonlarni rivojlantirish korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish zarurligini ko’rsatmoqda.Shu asnoda, bugungi kun yurtboshimiz bo’lgan Sh.Mirziyoyevning ’’O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida’’gi farmoniga asosan, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo’naltirilgan1 makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori o’sish sur’atlarini saqlab qolish,davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish, korporativ tuzilmalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini oshirish, chet el investitsiyalarni jalb etish, xorijiy hamkorlar bilan tashqi aloqalarni kengaytirish, ayrim milliy korporativ tuzilmalarning aksiyalarini (IPO) nufuzli xorijiy fond birjalariga dastlabki tarzda joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi tadbirlarga firma, korporativ tuzilmalarni tayyorlash, moliyaviy faoliyat yo’nalishlarini barqarorlashtirish muhim ekanligini aytib o’tmog’imiz darkor.

Shunday ekan, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korporativ tuzilmalarda korporativ boshqaruv tizimini tashkil etish hamda moliyaviy

boshqaruv sohasini takomillashtirish yo’llarini o’rganish muhim vazifalardan biri sanaladi. Binobarin, birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: “Korporativ boshqaruv tizimidagi prinsip va yondashuvlarni tubdan o’zgartirishimiz uning haqiqiy bozor xususiyatlariga ega bo’lishini ta’minlash va konservativ qarashlardan xalos bo’lishida katta hissa bo’ldi”2.

Shulardan kelib chiqqan holda, korporativ tuzilmalarda moliyaviy boshqaruv tizimini samarali tashkil etish iqtisodiy subyekt moliyaviy barqarorligini oshirish orqali mulkdorlar moddiy farovonligining o'sishiga xizmat qiladi. Korporativ tuzilmalarning moliyaviy barqarorligi o‘z navbatida, mamalakat moliya tizimi barqarorligi hamda aholining moddiy farovonligiga xizmat qiladi.

Shu asnoda, rivojlanayotgan mamlakatlarda, xususan, respublikamizda ham korporativ tuzilmalarda moliyaviy boshqaruv tizimini samarali tashkil etish va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Chunki, mamlakatimizda hali to’la – to’kis tadqiq etilmagan mazkur sohani iqtisodiyotda keng targ’ib etish, mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirishda korporativ tuzilmalarning roli va ahamiyatini oshirish borasida hali ko’plab vazifalarni amalga oshirish lozim. Bu esa istiqbolda mazkur boshqaruv shaklidan samarali foydalanish maqsadida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida amal qilib kelayotgan korporativ boshqaruv usullarini teran tahlil etish lozimligini ko’rsatadi.




Yüklə 215,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin