1.1.Moliyaviy boshqaruvning xususiyatlari va uning korporativ
tuzilmalardagi ahamiyati
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir tijorat tashkilotining asosiy vazifasi sifatida yuqori foyda olish va mulkdorlar manfaatlarini qanoatlantirish maqsadida moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tashkil etish belgilanadi. Erkin bozor munosabatlarida bozorning har qanday subyekti sotuvchi va xaridor sifatida qatnashishi mumkin. Bu jarayonda bozor munosabatlarini rivojlantirish moliyaviy boshqaruvning jamiyatdagi rolini kuchaytirishni talab qiladi.
Shu o’rinda, ushbu moliyaviy boshqaruv jarayonida moliyaviy oqimlar har qanday korporativ tuzilmalarda boshqaruv obyekti hisoblanadi, shu sababli har bir moliyaviy qaror pul oqimlari harakati bilan o’zaro bog’liq. Shuning uchun ham aksariyat boshqaruvchilar o’z funksional vazifalarini amalga oshirish jarayonida moliya xizmati bilan o’zaro bog’liqlikda faoliyatni tashkil etadi.
Bu mutanosiblik har bir boshqaruvchidan moliyaviy boshqaruv haqida yuqori dunyoqarashga va bilimga ega bo’lishini,tashkilot oldida turgan muammolarni to’g’ri baholay bilishini va o‘z faoliyatini yuqoridagilardan kelib chiqqan holda tashkil etishi taqozo etadi.
Ma’lumki, moliya bu – turli darajadagi pul fondlarini tashkil etish, taqsimlash (qayta taqsimlash) va foydalanish bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar yoki boshqacha aytganda, pul munosabatlari ustidagi amallar majmuidir.
Pul moliyaviy munosabatlarning moddiy asosi sifatida bozor iqtisodiyotida tomonlarning manfaatlarini ifodalashda va o'zaro muvofiqlashtirishda, shuningdek, umumiy qiymat ekvivalenti sifatida muhim rol o’ynaydi hamda moliyaviy resurslar tashkil etishning tayanch asosi hisoblanadi.
Yuqorida keltirib o’tilganidek, hozirgi kunda moliyaviy resurslarni boshqarish har bir korporativ tuzilma oldida turgan eng asosiy va strategik vazifalardan biri hisoblanadi. Bu yo'nalishning korporativ tuzilmani boshqarish tizimida strategik ahamiyatga egaligi moliyaviy resurslar va boshqa resurslar (moddiy resurslar, mehnat resurslari va boshqalar)ni jalb qilishning o’zaro bog’liqligi bilan izohlanadi. Bunday o'zaro bog’liqlikning maqsadga muvofiq va samarali tashkil etilishi ko'p jihatdan korporativ tuzilma iqtisodiy barqarorligini belgilab beradi, shuningdek, hodimlar, davlat va jamiyat moddiy farovonligi o’sishiga xizmat qiladi.
Korporativ tuzilmalarda moliyaviy resurslarning muhim ahamiyatga egaligi ularni boshqarishning funksiyalarini belgilab beruvchi mustaqil faoliyat sifatida moliyaviy boshqaruvni tashkil etish zaruriyatini keltirib chiqargan.
Ba’zi iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodchilar olimlar tomonidan moliyaviy boshqaruvga oid turli fikrlar keltirilgan. Amerikalik iqtisodchi olim E.F.Brigham fikriga ko’ra, moliyaviy boshqaruv - aktivlarni qancha miqdorda va qanday tartibda jalb qilish, hamda firma qiymatini maksimallashtirish uchun firma faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq qarorlar qabul qilishga qaratilgan boshqaruv faoliyati3 deb e’tirof etiladi. I.A. Blank tomonidan moliyaviy boshqaruv korporativ tuzilmalarda moliyaviy resurslami shakllantirish, taqsimlash va foydalanish hamda pul mablag’lari oboroti bilan bog‘liq boshqaruv qarorlarini qabul qilish va amalga oshirish prinsiplari va metodlari tizimi4 sifatida izohlanadi.
Shulardan kelib chiqib umumlashma fikr aytadigan bo’lsak, moliyaviy boshqaruv korporativ tuzilmaning strategik va joriy maqsadlarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan moliyaviy resurslami va moliyaviy faoliyatni boshqarishiga aytiladi.
Mazkur boshqaruv bugungi kunga kelib korporativ tuzilmalar faoliyatida asosiy richag bo’lib xizmat qilmoqda va shu asnoda korporativ moliyaviy boshqarishning muhim nazariy asoslari yaratib bo’lingan5: - erkin pul oqimlari konsepsiyasi;
pul mablag’larining vaqt bo'yicha qiymati konsepsiyasi;
risk va daromadlilik konsepsiyasi;
bozor samaradorligi haqida gipoteza;
portfel nazariyasi va moliyaviy aktivlar daromadliligi modeli;
kapital tarkibi va dividend siyosati nazariyasi;
agentlik munosabatlari nazariyalari va boshqalar.
Mazkur nazariy asoslar xususida muhtasar holda to’xtalib o’tamiz:
Erkin pul oqimlari konsepsiyasi (concept of free cash flow) - firma faoliyat yuritishiga ziyon yetkazmaydigan va kelgusi pul oqimlarining ijobiyligini ta’minlaydigan naqd pul oqimlarini ta’minlashni nazarda tutadigan konsepsiyadir.
Наг qanday korporativ tuzilma faoliyat ko’lami va turidan qat’i nazar o‘z moliyaviy munosabatlarini aniq tizim asosida tashkil etadi va bu tizim pul mablag‘lari harakati asosida ishlaydi. Pul oqimlarini tashkil etishda e’tibor qaratiladigan asosiy jihat bu pul mablag‘larining kirib kelishi va chiqib ketishidagi o‘zaro mutanosiblikka erishish hisoblanadi. Bunda vaqt va miqdor omili birlamchi e’tibor talab qiladi. Ya’ni moliyaviy- xo’jalik faoliyati natijasi korporativ tuzilma ixtiyoriga kelib tushayotgan pul mablag‘lari miqdori korporativ tuzilmadan chiqib ketayotgan pul miqdoridan ortiqni tashkil etishi lozim. Boshqa tomondan esa korporativ tuzilma tomonidan olinadigan pul mablag‘lanning kelib tushish vaqti pul mablag‘larining chiqib ketish vaqtidan qisqaroq bo‘lishi talab etiladi. Keltirilayotgan bu ikki jihat har qanday korporativ tuzilma uchun moliyaviy barqarorlik va toiovga layoqatlilikni ta’minlashdan tashqari faoliyat samaradorligiga erishishga ham xizmat qiladi.
Pul mablag’larining vaqt bo’yicha qiymati konsepsiyasi- Pul mablag‘larining vaqt bo'yicha qiymati (time value of money) konsepsiyasi korporativ moliyaviy boshqaruvning fundamental asoslaridan biri hisoblanadi. Mazkur konsepsiyaga muvofiq biz turli vaqtlarda egalik qiladigan pul mablag‘lari bir hil bo‘lmagan qiymatga egalik qiladi. Ustiga-ustak biznesda va kundalik hayotimizda pulga egalik qilish vaqti pul mablag‘larining miqdoriga nisbatan katta ahamiyatga ega. Masalan, milliy pul birligining bugungi qimmati bir qancha vaqt o‘tgandagiga nisbatan qadrliroq. Ya’ni u ayni paytda joriy iste’molni qanoatlantirishga sarflanishi yoki kelajakda qo‘shimcha daromad olish uchun investitsiya sifatida qo‘yilishi mumkin.
Ma’lum vaqtdan so‘ng zarur miqdordagi pul mablaglariga egalik qilish uchun korporativ tuzilma ma’muriyati mavjud pul mablag‘ini hozirning o‘zida yo‘naltirishi lozim bo‘ladi. Bunda qaror qabul qilishda kelgusidagi pul oqimlari pul mablag‘larining joriy vaqtdagi qiymati ( present value - PV)dan kelib chiqqan holda baholashni amalga oshirish lozim.
Risk va daromadiilik konsepsiyasi-bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik faoliyati risk bilan chambarchas bog‘liq. Biror bir operatsiya bo‘yicha yuqori riskning mayjudligi yuqori foyda olish imkoniyati bo‘lsada nafaqat ijobiy balki salbiy natijaga ham sabab bo‘lishi mumkin.
Risk va daromadlilik konsepsiyasi- moliyaviy menejerdan nafaqat moliyaviy- xo’jalik operatsiyalaridan olinishi mumkin bo’lgan natijalarni baholash, shu bilan bir vaqtda natijaga erishish bilan bog‘liq risklarga ham diqqatini qaratishi lozimligiga urg‘u beradi. Mazkur konsepsiyaga muvofiq, agar riskning yuzaga kelishi natijasida kutilgan daromadning pasayishi biznes uchun salbiy oqibatlarga olib kelmasa risklari qabul qilish mumkin. Shunday qilib, ma’lum bir natijaga erishish, biznesning kelgusi taraqqiyotini ta’minlash uchun risklami to‘g‘ri baholash, ulami kamaytirish bo‘yicha o‘z vaqtida va mos chora-tadbirlami qo‘llash talab etiladi.
Bozor samaradorligi haqida gipoteza - bozordagi holat haqida doimiy ahborotga ega boiish va ulami tahlil qilish doimiy ravishda e’tibor talab qiladigan masala hisoblanadi. Chunki bozordagi holatdan kelib chiqqan holda samarali moliviy qarorlar qabul qilish bevosita korporativ tuzilma moliyaviy barqarorligi o‘sishiga xizmat qiladi.
Portfel nazariyasi va moliyaviy aktivlar daromadliligi modeli - investitsion portfel nazariyasining mohiyati mashhur kundalik prinsipda yetarlicha aniq aks ettirilgan: “Barcha tuxumni bitta savatga solma!” Bu prinsipning biznes sohasida yuzaga kelishi mablag’larni turli hil aktivlar, korporativ tuzilmalar va faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlash lozimligi bilan ifodalanadi, ya’ni investitsion portfelni ulardan shakllantirish qoidaga ko‘ra qandaydir bitta yo‘nalishdagi risklami taqqoslaganda jamlangan risklarning pastligi bilan bog‘liq. Masalan, pul mablag‘larini bir vaqtning o'zida bir nechta sohaga joylashtirish natijasidagi risklar pul mablag’larini faqat bitta sohaga joylashtirishdagi risklarga qaraganda kamroq.
Kapital tarkibi va dividend siyosati nazariyasi -“Qayerdan mablag‘ olish kerak va uni qanday taqsimlash lozim?” - bu savol barcha davrlarda insoniyatni tashvishga solgan. Moliyaviy menejer ham muhim muammolar tarkibida mazkur muammodan holi tarzda faoliyat ko‘rsata olmaydi. Ya’ni “faoliyatni tashkil etish yoki davom ettirish uchun zarur kapitalni qaysi manbalardan jalb qilish zarur?”, degan savol moliyaviy menejer oldidagi doimiy muammolardan biri hisoblanadi. Bunda qarz mablag‘lari jalb qihsh yoki o‘z moliyaviy resurslari bilan cheklanish lozimligiga aniqlik kiritiladi. Mazkur oddiy bolmagan savollarga har tomonlama asoslangan javob topish kapital tarkibi nazariyasining tadqiqot predmetini tashkil etadi. Kapital tarkibi nazariyasining fundamental asoslarini o‘rganish korporativ tuzilma faoliyatini moliyalashtirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish jarayonida hisobga olinishi lozim bo‘lgan omillami a’lo darajada tushunish imkonini beradi.
Dividend siyosati doirasida ko‘rib chiqiladigan, olingan foydani taqsimlash yuqoridagi muammo bilan bevosita bogiiq va muhimhgi bo‘yicha kam bo‘lmagan muammo hisoblanadi. Dividend siyosatidagi asosiy muammo olingan foydaning ta’sischilarga dividendlar ko’rinishida to'lanadigan qismi va foydaning biznesni yanada rivojlantirish uchun yo'naltiriladigan qismi o‘rtasidagi optimal nisbatni belgilashni nazarda tutadi.
Agentlik munosabatlari nazariyasi ham ushbu o’rinda muhim hisoblanadi.
Iqtisodiy munosabatlarda har bir subyekt doimo o‘z manfaatlarini qanoatlantirish uchun intiladi va bu manfaatlar biznes yuritish jarayonida har doim ham mos kelavermaydi. Agentlik tushunchasi ikki ishtirokchi o’rtasidagi munosabatda ulardan birining (buyurtmachi, prinsipal) o‘z funksiyalarini boshqa shaxsga, ya’ni agentga o‘tkazishini anglatadi. Korporativ moliyani boshqarish nuqtayi nazardan eng muhim agentlik munosabatlari sifatida mulkdorlar va menejerlar o‘rtasidagi munosabatlar, shuningdek, kreditorlar va aksiyadorlar o‘rtasidagi munosabatlami keltirish mumkin. “Prinsipal - agent” munosabatlarida yuzaga keladigan nizolarni iqtisodchilar agentlik muammolari, agentlik nizolari yoki manfaatlar to‘qnashuvi natijasidagi muammolar, deya ataydilar. Agentlik munosabatlari nazariyasi agentlik munosabatlarida yuzaga keladigan muammolarning mohiyati va yuzaga kelish sabablarini o‘rganadi, shuningdek, ularning oldini olish yoki salbiy oqibatlarini kamaytirish imkonini beruvchi metodlar va instrumentlami ishlab chiqadi.
Har qanday boshqarish tizimi kabi moliyaviy boshqaruv ham obyekt va subyektga, ya’ni boshqariluvchi va boshqaruvchi tizimostlariga ega.
Bunda korporativ tuzilmalaming pul mablag‘lari va ulaming manbalari, shuningdek, korporativ tuzilmalar, xo’jalik faoliyatining boshqa ishtirokchilari, moliya tizimining turli bo‘g‘inlari o‘rtasida yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlar boshqarish obyekti hisoblanadi.
Mulkdorlar, moliyaviy menejerlar, mos tashkiliy tuzilmalar moliyaviy boshqaruv tizimida boshqarish subyektlar sifatida qatnashadi, bo’limlarning tarkibiy qismlari esa boshqariluvchi tizimostilari sifatida yuzaga chiqadi. Bunda eng asosiy boshqaruv subyekti korporativ tuzilmaning mulkdorlari hisoblanadi.
Iqtisodiyotda har qanday boshqaruv tizimining faoliyat yuritishi amaldagi huquqiy ta’minot doirasida amalga oshiriladi. Bunda huquqiy ta’minotga 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Kodekslari, qonunlari, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, hukumat qarorlari, vazirlik va tarmoqlarning me’yoriy hujjatlari, litsenziyalar, shuningdek, aniq bir korporativ tuzilmaning ish faoliyatini tartibga soluvchi ta’sis hujjatlari, yo’riqnomalar va nizomlar kiradi.
Moliyaviy boshqaruvning mohiyati uning bajaradigan funksiyalarida namoyon bo‘ladi.
Moliyaviy boshqaruvning kompleks mazmunidan kelib chiqqan holda uning bajaradigan fimksiyalarini ikkita asosiy guruhga bo‘lish mumkin:
-boshqaruv subyektining funksiyalari; -maxsus funksiyalar.
Ushbu funksiyalarning har biri tarkibiy tuzilishga hisoblanadi.
Moliyaviy boshqaruvning funksiyasi samarali sifatida tashkil etishning asosiy maqsad - boshqaruvchi sohasini va boshqariluvchi tizimlarni, shuningdеk, ularning o’zaro aloqa va munosabatlarini shakllantirishdir.
Korporativ tuzilmalarda moliyaviy bosharuvni samarali tashkil etishni rag’batlantirilishi ko’p jihatdan tahlil ishlarini aniq va to’g’ri yo’lga qo’yilganligiga bog’liq bo’ladi, uning yordamida korporativ tuzilmalarning to’lov qobiliyati, likvidliligi va moliyaviy barqarorligini, barcha moliyaviy-xo’jalik jarayonlarining sodir bo’lishi va hodisalarni davriy ko’zatish, umuman moliyaviy- iqtisodiy holatini baholash sifati imkoniyatiga ega bo’lish mumkin. Tahlil yordamida korporativ tuzilmaning barqaror rivojlanishiga to’sqinlik qilayotgan kamchiliklar aniqlanadi va ushbu kamchilikla bartaraf etiladi, xo’jalik subyеktini yanada rivojlantirish yo’llari bеlgilanadi. Rеjalashtirish funksiyasi mavjud rеsurslar hamda ularning chеgaralanganligini inobatga olgan holda korporativ tuzilmaning maqsadlariga erishish yo’llarini bеlgilashdan iborat. Ishlab chiqarishni bozordagi holatga mos kеlishini o’rganish, barcha turdagi rеsurslar va kapitaldan samarali foydalanishni eng maqbul yo’llarini tanlash, qo’shimcha moliyaviy mablag’lar jalb qilish yo’llarini izlab topish va shu kabilar rеjalashtirish funksiyasiga misol bula oladi. Rеjalashtirish funksiyasining muhim jihati shundaki, bunda korporativ tuzilmalar xo’jalik faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari bozordagi holatdan kеlib chiqqan holda, mazkur tovar va xizmatga bo’lgan talab va taklifning qay holatda ekanligi, raqobatning darajasi va shu kabi omillarga bog’lik holda bеlgilanadi.
Korporativ tuzilmalar o’z oldiga qo’yilgan maqsadlarini samarali amalga oshirish, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasini yanada rivojlantirishda ushbu korporativ tuzilma, firma va kompaniyalarida faoliyat yuritayotgan ishchi xodimlarning roli va xizmati muhim ahamiyat kasb etadi. Korporativ tuzilmalarda rag’batlantirish funksiyani amalga oshirish jarayonida, korporativ tuzilma boshqaruv tizimining turli bo’limlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning korporativ tuzilma tomonidan bеlgilangan moliyaviy rеjalarni, vazifalar va yuklamalarni to’liq bajarganligi, xizmat ko’rsatish va sеrvis sohasini rivojlantirishda o’z hissasini qo’shgan hamda mavjud moddiy rеsurslardan tеjamkorlik bilan foydalangan holda ishlab chikarish hajmini oshirganliklari uchun ushbu xodimlarni rag’batlantirish va mukofotlash yoki aksincha, ushbu vazifalarni amalga oshirishda sustkashlikka yo’l qo’ygan va bеfarqlik bilan yondashgan xodimlarga nisbatan ma'lum bir choralar ko’rish tizimi yaratiladi. Moliyaviy boshqaruvning ragbatlantirish funktsiya to’g’ri tashkil etilishi, korporativ tuzilmada mahsulot va xizmatlar sifatini yaxshilanishiga, xodimlar malakasini oshishiga olib kеladi, bu esa o’z navbatida, bеvosita korporativ tuzilma, xo’jalik faoliyatining rivojlanishiga ta'sir ko’rsatadi.
Nazorat funksiyasining mohiyatini quyidagicha ifodalash mumkin: korporativ tuzilmada bеlgilangan rеja ko’rsatkichlarini haqiqatda qay darajada amalga oshirilayotganligi yoki bajarilmayotgan bo’lsa bunday holatlarni o’z vaqtida aniqlash hamda ushbu holatlarni paydo bo’lish sabablarini batafsil o’rganish asosida bunday kamchiliklarni bartaraf etishda tеzkor choralar ko’rishdan iborat.
Moliyaviy boshqaruvning maxsus funksiyalari guruhi boshqaruv faoliyatming alohida turi sifatida moliyaviy boshqaruvning o'ziga xos xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Ularga quyidagilar kiradi:
investitsiyalami boshqarish;
pul oqimlarini boshqarish;
moliyaviy risklami boshqarish.
Aktivlarni boshqarish funksiyasi mohiyati korporativ tuzilma moliyaviy xo’jalik faoliyati bo’yicha belgilab qo'yilgan ko'rsatkichlardan kelib chiqqan holda turli hil aktivlarga real talabni belgilash bilan ifodalanadi. Buda yuqori darajada samarali foydalanish nuqtayi nazaridan aktivlar tarkibini optimallashtirish, likvidlilikni ta’minlash, samarali amortizatsiya siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, aktivlami moliyalashtirishning korporativ tuzilma uchun qulay bo‘lgan bo’lishi mumkin. Uzoq muddatli istiqbolda ular korporativ tuzilmani rivojlantirishning umumiy strategiyasiga mos kelishi, uni amalga oshirishni ta’minlashi kerak bo’ladi.
Amaliyotda keng tarqalgan va an’anaviy boshqaruv maqsadlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
-foydani maksimallashtirish;
- moliyaviy barqarorlikni ta’minlash;
-realizatsiyasi miqdorini maksimallashtirish va boshqalar.
Shular xususida gapiradigan bo’lsak,har bir xo’jalik yurituvchi subyektning bosh maqsadi olingan tushumlarning sarflangan harajatlardan yuqori bo’lishiga erishish hisoblanadi. Tushumlar va harajatlar o'rtasidagi farq foyda sifatida aks ettiriladi. Shunday qilib, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi har qanday tashkilotning eng asosiy maqsadi o’z faoliyati bo‘yicha foyda miqdorini maksimallashtirib borish hisoblanadi. Bunda foyda miqdorini buhgalteriya hisobi ko'rsatkichlari asosida aniqlashning osonligi va har qanday boshqaruvchi yoki mulkdor uchun tushunarli ekanligi mazkur yondashuvning ommaviyligida muhim rol o'ynaydi.
Biznesni boshqarishda nisbatan oddiy va keng tarqalgan maqsadlardan biri sifatida realizatsiyasi miqdorini maksimallashtirish ko‘rsatiladi. Bu maqsadning keng tarqalishi ko‘plab boshqaruvchilaming o‘z mavqeyini (ish haqi, diplomatik statusi, jamiyatdagi o‘rni) ko‘riladigan foydada emas, balki firmaning yuqori darajasida ko‘rishida mujassamlanganligi bilan izohlanadi. Aksariyat korporativ tuzilma rahbarlari uchun tovar ishlab chiqarish va savdo hajmini oshirib borish va bu bo'yicha keng imkoniyatlar muvaffaqiyat o’lchovi va tahlilchilar hamda investorlar uchun o’rganish obyekti boiib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |