Мобил алоқа тизимларда ахборот хавфсизлиги


bob. bulutli Hisoblashlarda axborotni himoyalash usullari



Yüklə 2,64 Mb.
səhifə40/47
tarix24.08.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#140368
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   47
tarmoq

10 bob. bulutli Hisoblashlarda
axborotni himoyalash usullari




10.1. Mobil ilovalar va bulutli hisoblash tizimlarining
o’zaro ta’sir arxitekturasi

Bulutli hisoblashlar - Internet ("bulut") orqali serverlar, axborot saqlagichlari, ma’lumotlar bazasi, tarmoqlar, dasturiy ta’minot va h. xizmatlarini taqdim etish. Bulutli hisoblashlarni soddalashtirilgan holda masofadagi serverda joylashgan brauzer asosidagi ilova sifatida tasavvur etish mumkin. Boshqacha aytganda, "bulutli hisoblashlar" - provayder tomonidan iste’molchi so’rovi bo’yicha masofadagi hisoblash resurslarini taqdim etish. Bu oddiy foydalanuvchi uchun, uning bulutli hisoblashlar xususida bilishiga yetarli. Ammo, aslida, bulutli hisoblashlarning imkoniyatlari g’oyat katta.


Bulutli hisoblashlarning eng katta afzalliklaridan biri axborot saqlagichidir. Misol tariqasida Internetdagi elektron pochta xizmatlarini ko’rsatish mumkin. Pochta xizmatlari ko’pincha bulutdagi bo’lishi mumkin bo’lgan makondan foydalanib foydalanuvchilarga xotiraning katta hajmini taqdim etadi, chunki ular uchun bu arzon. Natijada ma’lumotlar yo’qolishini bartaraf etish imkoniyati yaratiladi. Oxirgi yillarda ko’pgina yirik banklarda mijoz xususidagi muhim axborotning yo’qolishi haqida gaplar ko’paygan edi. Agar ushbu axborot bulutli muhitda saqlanganida, ma’lumotlarning yo’qolishi ehtimolligi aytarlicha kamaygan bo’lar edi.
Mobil qo’rilmalardan foydalanuvchi bulutli texnologiyaning rivojida muhim omil hisoblanadi. Bulutli texnologiyadan foydalanuvchi apparat vositalariga va dasturiy ta’minotga kapital xarajatisiz axborot va ilovarni almashishlari mumkin. Barcha hisoblash amallari bulut ichida amalga oshirilishi sababli, yuqori texnologiyali apparat vositalariga ehtiyoj qolmaydi. Natijada foydalanuvchilar uchun mobil qurilmalar narxi pasayadi.
10.1-rasmda OpenMobster (Open Source Mobile Cloud Platform) ochiq platforma misolida mobil ilovalar va bulutli hisoblash tizimlarining o’zaro ta’sir arxitekturasi keltirilgan.

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin