XMLHttpRequest obyekti kiritilgan (built-in) brauzer (serverga ma’lumotni yubora olish uchun)
JavaScript va HTML DOM (serverdan olingan ma’lumotlarni sahifada tasvirlash uchun)
AJAX – chalg'ituvchi nom. AJAX ilovalari ma'lumotlarni tashish uchun XML dan foydalanishi mumkin, lekin ma'lumotlarni oddiy matn yoki JSON matn sifatida tashish xam keng darajada tarqalgan.
AJAX imkoniyotlari
Sahifa yuklangandan keyin veb-serverdan ma'lumotlarni o’qish ;
Sahifani qayta yuklamasdan veb-sahifani yangilash;
AJAX veb-sahifalarni sahna ortidagi veb-server bilan ma'lumotlarni almashish orqali asinxron ravishda yangilanishiga imkon beradi. Bu shuni anglatadiki, butun sahifani qayta yuklamasdan, veb-sahifaning qismlarini yangilash mumkin.
AJAX ishlash bosqichlari
1. Veb-sahifada voqea sodir bo'ladi (sahifa yuklanadi, tugma bosiladi);
Callback funktsiyasi boshqa funktsiyaga parametr sifatida uzatiladigan funktsiyadir.
Bu holda, callback funktsiyasi javob tayyor bo'lganda bajarilishi kerak bo'lgan kodni o'z ichiga olishi kerak.
xhttp.onload = function() { // Javob tor bulganda bajariladigan kodlar }
So’rovni yuborish
Serverga so‘rov yuborish uchun XMLHttpRequest obyektining open() va send() metodlaridan foydalanamiz:
xhttp.open("GET", “malumot.txt"); xhttp.send();
Domenlararo murojaat
Xavfsizlik nuqtai nazaridan zamonaviy brauzerlar domenlar bo'ylab kirishga ruxsat bermaydi.
Bu shuni bildiradiki, veb-sahifa ham, u yuklamoqchi bo'lgan XML fayli ham bitta serverda joylashgan bo'lishi kerak.
Yuqoridagi misolni o'zingizning veb-sahifalaringizdan birida ishlatmoqchi bo'lsangiz, yuklagan XML fayllaringiz o'z serveringizda joylashgan bo'lishi kerak.
XMLHttpRequest Obyekt Xususiyatlari
Xususiyat
Izoh
onload
So’rov qabul qilinganda chaqiriladigan funksiyani tasvirlash
XMLHttpRequest holatlardan birida bo’ladi. 0: so’rov yuklanmadi 1: serverga ulanish amalga oshdi 2: so’rov qabul qilindi 3: so’rov jarayonda 4: so’rov tugallandi va javob tayyor