Mobil aloqani amalga oshirish usullari, yo’llari va vositalari bu mobil texnologiya deb yuritiladi. Mobil texnologiya bu – harakatlanuvchi yoki olib yurishga qulay (ko’chib yuruvchi) texnologiyadir. Olib yurishga qulay bo’lgan barcha texnik va zamonaviy qurilmalarni mobil texnologiya o„z ichiga qamrab oladi. Bu texnologiyadan foydalanish qulay, ishlash oson va bir necha vazifalardan foydalanish mumkin.Mobil texnologiya shartli ravishda ikki qismdan tashkil topgan: asbob-uskunalar, qurilmalar, jihozlar (Hardware) va dasturiy ta’minot (Software).
Mobil texnologiya qurilmalari dasturiy ta‟minotsiz bu – ma‟nisiz, temirning bir bo„lagi boʼlib qoladi. Dasturiy ta‟minot kabel va mikrosxemalarni yagona, samarali ishlaydigan tizimga birlashtiradi. Bu tizimni normal ishlashini operatsion sistema (OS) amalga oshiradi. Operatsion sistema qurilma va foydalanuvchi o„rtasida muloqot qilishga imkoniyat yaratadi. Operatsion sistema yordamida foydala- nuqurilmalarning ishini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo„ladi.
Mobil texnologiya uchun quyidagi dasturiy ta‟minotlar mavjud. Mobil texnologiya uchun quyidagi dasturiy ta‟minotlar mavjud:
Masalan, ofis ilovalar matn va jadvallar bilan ishlashda, hujjatlarni boshqarishda, ma‟lumotlarni tartiblashda va axborotni har jihatdan qulay jo„natishni ta‟minlaydi. Antivirus dasturlar qurilmani va ilovalarni zararli viruslardan himoya qiladi va h.k. Mobil texnologiya uchun eng ko„p tarqalgan ilovalar bu – o„yinlar, pleerlar va navigatorlarni tashkil etadi.