Foydalanilgan adabiyotlar 1.Parpiyev N.A, Rahimov H.R, Muftaxov A.G. Anorganik kimyo nazariy asoslari. 2.Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar. . 3.Abdullaeva M.M, Mardonov O’.M -Akademik litsey va kasb hunar kollejlari. 4. M.Nishonov, Sh.Mamajonov, B.Xo`jayev “Kimyo o`qitish metodikasi. 5.Asqarov I, Qayumova M, Rahimov X. Anorganik va umumiy kimyodan masalalar yechish. 6. Toshev, R.R. Ro’ziyev, I.I.Ismoilov “Anorganik kimyo” . Kirish Kimyo tabiatdagi barcha mavjudotlar turli ko‘rinishdagi kimyoviy moddalardan tarkib topganligiga asoslangan holda, ularning bir turdan boshqa turga o‘zgarish qonuniyatlarini, shuningdek, moddalaming xossalarinio‘rganuvchi fan hisoblanadi. Kimyo fanining predmeti barcha tabiiy va sintetik moddalardir. Tabiatdagi yer, suv, havo, osmon jismlari, jonli va jonsiz barcha mavjudotlar, kundalik turmushda foydalaniladigan uy-ro‘zg‘or buyumlari, oziq-ovqat mahsulotlari, umuman, atrofimizdagi butun borliq kimyoviy moddalardan tarkib topgan. Moddalar esa hozirgi vaqtda ma’lum bo‘lgan 118 ta kimyoviy elementning u yoki bu tarzda o‘zaro birikishi natijasida hosil bo‘lgan birikmalardir. Kimyo fani butun borliqdagi kimyoviy o‘zgarishlar natijasida hosil bo‘ladigan moddalarning xossalarini o‘rganadi, ulardan foydalanish yo‘llarini aniqlaydi va insoniyat uchun muhim bo‘lgan moddalami topishda bevosita ishtirok etadi. Tabiatda mavjud bo‘lmagan, sintetik yo‘llar bilan hosil qilingan polietilen, plastmassalar, dori vositalari, kapron, neylon kabi tolalar, avtomobil va boshqa texnik vositalaming ko‘plab ehtiyot qismlari sintetik kimyoviy moddalardir. Tabiiy va sintetik kimyoviy moddalardan kimyoviy usullar yordamida inson organizmi uchun sun’iy organlar, dori-darmonlar, oziq-ovqat